Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

3.2 
 
XIV-XIX asr qo’lyozmalarga xos kitobat san’ati va tarixi 
Insoniyat kitobat madaniyatining ko'p аsrlik tarixi kitob va kitobat ishining 
tarixiy rivojlanish jarayonida namoyon bo'luvchi ma'lum qonuniyatlarni aniqlash 
imkonini beradi. Hamonki kitob tarixi tarixiy fan, madaniyat tarixining tarkibiy 
qismlaridan biri ekan. tarixiy fanlarga xos bo’lgan barcha qonuniyatlar kitob tarixiga 
ham xosdir. Jamiyat
28
tarixidagi o'zgarishlar doim kitobat ishi sohasida tub 
o'zgarishlarga sabab bo’lgan. Masalan, Turkiston arablar tomonidan istilo qilinishi, 
quldorlik 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlariga 
qaraganda 
ilgariroq 
feodal 
munosabatlarga o'tilishi, Turkiston xalqlari islom madaniy dunyosiga va arab tili va 
vozuvidan fovdalangan mamlakatlarning ilmiy, siyosiy va madaniy, vorisiylik 
jarayoniga qo'shilishi bilan bu katta mintaqa kitobat ishidagi muhim o'zgarishlar 
bog'liq. Umumiy qonuniyatlar bilan bir qatorda, faqat kitob tarixiga xos bo’lgan 
qonuniyatlar ham mavjud. Masalan, qo'lyozma kitob shakli va tashqi ko'rinishining 
yozuv asarlarini yaratishda foydalanilgan ishlab chiqarish kuchlari, qurollari va 
materiallarining rivojlanish darajasiga bog’liqligi aniq-ravshan ko'rinib turadi (sopol 
boMaklari, toshlardagi bitiklar. papirus va pergament o'ramlari, «taxtachalar». 
qog'oz kitobkodeks (qo'lyozma va bosma) va nihoyat, bugungi kunda elektron 
kitob). Kitob mavzusi va mazmuni ijtimoiy tafakkur, fan, madaniyat, texnika, 
hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivojlanish darajasi va ijtimoiy ehtiyojlar 
bilan ham belgilanadi. Kitob rivojlanishining asar janri va kitob tipining o'zaro 
aloqasi, kitob tipining asar janriga bog'liqligi kabi qonuniyatlari ham bo'rtib 
ko'rinadi. Kitob tarixida shunday bir tarixiy qonuniyat - bilim va adabiybadiiy 
28
Temur Tuzuklari. - Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-yil. 344 b. 


40 
kitobning turli tarmoqlarida kitobning notekis rivojlanishi kuzatiladi. Bu holat bilim 
tarmoqlari, ishlab chiqarish, tabiiy, texnika va ijtimoiy fanlar, jamiyatning notekis 
rivojlanishi bilan belgilanadi. Masalan, X-XIII asrlarda Turkistonda kitobat ishining 
yuksalish davrida o'sha davrda muomalada bo’lgan kitoblarning umumiy miqdorida 
ko'p ko'paytirilishi va ulushiga ko'ra diniy va ilohiyotga doir adabiyotlar va 
musulmonlarning muqaddas kitobi – Qu’ron birinchi o'rinda, tabiiy ilmiy va ijtimoiy 
kitob ikkinchi o'rinda, adabiy-badiiy kitob uchinchi o'rinda turgan. XIV—XIX 
asrlarda vaziyat o'zgaradi - diniy va ilohiyotga doir adabiyotlardan keyin ikkinchi 
o'ringa adabiy-badiiy kitobning rangbarang turlari chiqadi, tabiiy ilmiy va ijtimoiy 
kitoblar esa uchinchi va to'rtinchi o'rinlarga tushadi. Sho'ro davrida kitobning ichki 
bezagi va tashqi ko'rinishi. matn tuzilishi va ruknlarga ajratish, noshirlik-tahrir 
jarayonlari, universal va ixtisoslashgan nashriyotlar, kutubxonalar, kitob savdosi 
korxonalari tizimi, bibliografiya faoliyati jarayonlarini yo'lga qo'yishda jahon 
andozalariga o'tilishi muhim qonuniyat hisoblanadi. Qadimiyatdan o'rta asrlarga. 
zardushtiylik madaniyat tipidan islom madaniyat tipiga o'tish tarixiy jarayonida 
yozuv madaniyati va kitobat ishi an’analarining vorisiyligi Turon-Turkiston kitobi 
tarixining o'ziga xos qonuniyatlaridan biridir. Milliy kitob tarixining yana bir 
qonuniyati - kitobat ishida arab, fors va turkiy tillardagi qo'lyozma kitoblarning 
birgalikda mavjudligi va muvoziy rivojlanishi. shuningdek Turkiston milliy kitobat 
ishining tarixiy tadrijiy rivojlanishi jarayonida arab, fors va turkiy kitobat 
madaniyatlari elementlarining integratsiyalashuvi va tabaqalanishi ham aniq-
ravshan ko'zga tashlanadiki, bu Turkiston milliy madaniyati bo'lingunga qadar uch 
o’zakli asosga ega bo'lgan. degan xulosaga kelish imkonini beradi. Savollar va 
topshiriqlar: U kitob va kitobat ishining tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini sanab 
bering. Kitob va kitobat ishi tarixini tadqiq qilish printsiplari va metodlari Fanda 
metod tadqiqot maqsadiga bo'ysundirilgan harakatlar va mushohadalar majmui, 
ulaming ketma-ketligidir. Metodlar tadqiqotchining umumiy dunyoqarashini. uning 
mavjud borliqni bilish darajasini, nihoyat, o'rganish predmetining o'ziga xos 
xususiyatlarini aks ettiradi. Nazariyalar, gipotezalar, maktab va ta’limotlar son-
sanoqsiz bo’lganidek, metodlar soni cheksizdir. Shunday bir metodlar ierarxiyasi 


41 
vujudga keldiki, ulaming zamirida bilishning umumiy metodi, so'ngra fundamental 
fanlaming metodlari va nihoyat, maxsus fanlarning muayyan maxsus metodlari 
yotadi. “Kitob - Kitobat ishi” tizimi tarixiy rivojlanish jarayonlarini, kitob va kitobat 
ishining barcha hodisalarini bevosita mavjud holda ham, kitob tarixi. kitobshunoslik 
va boshqa ijtimoiy va filologik fanlar, kitobshunoslik faoliyatining barcha turlari 
(noshirlik-tahrir, kitob savdosi. bibliografiya, kutubxonachilik) jamlagan tayyor 
bilim yoki uning elementlari ko'rinishida ham ilmiy o'rganish, ijtimoiy borliqning 
murakkab hodisasi - kitob kitobat ishi bilan dialektik birlikda va «Kitob tarixi» 
fanining ob’ektlar sohasi sifatidagi “kitobat ishida kitob” tizimli hodisasining 
shakllanish va tadrijiy rivojlanish tarixining ko'p darajaliligi va ko'p tarkibliligi 
tadqiqotchidan muqarrar tarzda maxsus kitobshunoslik va kitob tarixi metodlari 
majmuidan ham, boshqa. kitobshunoslik va kitob tarixi bilan turdosh fanlar 
metodologiyasida yaratilgan metodlardan ham foydalanish va ularni kitob tarixi 
ob’ekti va predmetiga nisbatan tatbiq etishni taqozo qiladi. Kitob tarixi va kitobat 
ishi hodisalariga nisbatan yondashishda, tarixiy faktlami anglab etish va talqin 
qilishda, ularni analiz va sintez qilishda ilmiy ob'ektivlik, tarixiylik va tizimlilik 
muhim printsiplar hisoblanadi. Kitob tarixini o’rganishda empirik bilishning 
kuzatish va taqqoslash kabi metodlari. empirik va nazariy darajalarda 
foydalaniladigan metodlar: analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, 
modellashtirish, abstraktlashtirish, bavosita ifodalash, umumlashtirish hamda 
nazariy tadqiqot metodlari: abstraktdan muayyanga sari yuksalish, ideallashtirish - 
ideal ob’ektlarni fikran gavdalantirish qo'llaniladi. Dialektika borliq va bilishning 
shakllanishi, rivojlanishi va umumiy qonuniy aloqalari haqidagi ta’limot sifatida, 
bilishning tabiati, bilim va borliqning munosabatlari, bilishning umumiy omillari 
muammolarini o ‘rganadi, har qanday tadqiqotchining tafakkurini bilishning 
umumiy falsafiy usuli va printsiplari, ya’ni dialektika metodi bilan boyitadi. Ilmiy 
bilishning umumiy metodlari, maxsus ilmiy metodlar tizimi va ayrim fan metodlari 
zamirida bilishning falsafiy usuli va printsiplarini tushunish va qo'llash yotadi. Bizni 
qiziqtirayotgan bilim sohasi, ya’ni kitob tarixi predmetida dialektika metodi, 
shuningdek tarixiy fan universal metodlari tizimining talablari va printsiplari 


42 
kitobning mavjudlik, harakatlanish va rivojlanish tabiati, mohiyati, jarayonlari va 
oraliq shakllari, fan sifatidagi kitob tarixining ob'ekti va predmeti bilan bog'lanadi 
va o’z ko'rinishini o’zgartirib, kitob tarixi va kitobat ishini o'rganish metodlarining 
talablari va printsiplariga aylanadi. Kitob tarixi va kitobat ishi hodisalariga nisbatan 
tatbiq etish nuqtai nazaridan kitobshunoslik metodologiyasida ishlab chiqilgan 
tipologik metod yoki tiplashtirish metodi nazariyasi va tizimi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Tiplashtirish jarayoni yoki tipologik metod bu “o'rganilayotgan hodisani aniq 
aks ettirish maqsadida fikrlashning asosiy taomillari (abstraktlashtirish, bavosita 
ifodalash. umumlashtirish)dan foydalanuvchi ilmiy fikrlashning ko’p bosqichli 
usuli” Ob’ektni tashkil etishning umumiy, maxsus va ayrim darajalariga va bilimni 
tashkil etishning shunga o'xshash darajalariga muvofiq kitobshunoslikning tipologik 
metodi o'z mavjudligining umumiy kitobshunoslik tipologik, maxsus kitobshunoslik 
tipologik (kitob noshirligi tipologik. kitob savdosi tipologik. kutubxonachilik 
tipologik. bibliografiya tipologik) metodi. ayrim fan tipologik (tarixiy-kitob 
noshirlikshunoslik, tarixiybibliopolistik tipologik. tarixiy-kutubxonashunoslik 
tipologik. tarixiybibliografivashunoslik tipologik) metodlari kabi darajalarining 
dialektik birligida mavjud bo'ladi. Biroq kitobshunoslik tipologik metodi mavjudlik 
darajalarining bu ierarxiyasi bilan uning tizimi va bilish imkoniyatlari 
cheklanmavdi. Tadqiqotchi qo'yilgan maqsadga muvofiq olishni ko'zlagan 
bilimlami tipologik metodning o’zi uning yuqorida aytib o’tilgan mavjudlik 
darajalarining har birida yana bir jihatdan tiplashtiradi. Tipologik metod o’z 
mavjudligining tarixiy-tipologik kitobshunoslik metodi va mantiqiy-tipologik metod 
kabi umumiy shakllarining dialektik birligi hisoblanadi. Ulaming o’xshashligi va 
farqlari ilmiy bilishda tarixiylik va mantiqiylikning dialektikasini aks ettiradi. Uning 
mohiyati tarixiylik va mantiqiylikning birligi printsipida ifodalanadi: “Tarixiy 
yondashuv nafaqat o'rganilayotgan hodisani bilishda aks ettirishni, balki bir-birining 
o'rniga keluvchi hodisalar. ob'ekt shakllanishi va rivojlanishining bir bosqichidan 
boshqa bosqichiga o’tishni belgilovchi qonunlar o'rtasidagi muhim aloqalarni 
aniqlashni ham nazarda tutadi; shu sababli dialektik metoddagi tarixiylik 
mantiqiylikni istisno etmaydi. balki u bilan uyg'un aloqada bo'ladi. Bu erda tarixiylik 


43 
tasodiflardan xoli. tarixiy jarayon qonuniga muvofiq to'g'rilangan o'rinishda amal 
qiladi. U o'rganilayotgan ob’ektning shakllanish va rivojlanish jarayonida namoyon 
bo’lgan muhim aloqalar va munosabatlami aks ettiruvchi mantiqivlik harakatining 
shakli hisoblanadi”. Tipologik metodning tarixiy-tipologik va mantiqiytipologik 
kichik tizimlari o'z navbatida tiplashtirish jarayonining izchilligiga qarab o'z turlari 
ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin: “komponent-tipologik metod. funktsional-
tipologik metod. Ularning har biri kitobshunoslik hodisasi tarkibi, tuzilishi va 
funktsiyalarining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi o’rganilgan va bayon etilgan 
holda o'zining tarixiy jihatida amal qiladi, kitobshunoslik hodisasining mavjudlik 
mohiyati, usuli va shakllari, uning tarkibi,tuzilishi va funktsiyalarining nazariyasi 
ishlab chiqilgan va bayon etilgan taqdirda esa o z mantiqiy jihatidan amal qiladi. Har 
qanday muayyan va yaxlit kitobshunoslik tadqiqotida tipologik metodning tarixiy 
va mantiqiy jihatlaridan odatda parallel foydalaniladi...” Kitob (qo'lyozma va bosma 
kitob) tarixi va kitobat ishini o'rganishda tadqiqotlaming ayrim fan darajalarida kitob 
tarixi bilan turdosh fanlaming metodlaridan foydalaniladi. Ular faktologik materialni 
qidirib topish,qayd etish, yig'ish va dastlabki tarzda qayta ishlash, kelgusida 
tarixivkitobshunoslik sikli mazkur fanining predmetida va uning vositalari bilan 
anglab etish. umumlashtirish, analiz va sintez qilish uchun oraliq xulosalami 
tayyorlash uchun jalb qilinadi. Bular adabiyotshunoslik, matnshunoslik, lingvistika. 
grammatologiya 
(yozuv tarixi 
va 
nazariyasi). adabiyot tarixi, adabiy 
manbashunoslik, 
madaniyat 
tarixi. 
madaniyatshunoslik, 
san'atshunoslik, 
fanshunoslik, fan va texnika tarixi, kodikologiya. tahrir nazariyasi va amaliyoti kabi 
barqaror fanlar, shuningdek yordamchi tarixiy fanlar: manbashunoslik, paleografiya, 
tarixiy dastxatshunoslik. statistika metodlaridir. Kitob tarixi ob’ekti va predmetiga 
qokshilish va uning tarkibiy qismiga aylanish uchun turdosh fanlaming “begona 
metod” bilan topilgan “begona faktlari”, shuningdek ilmiy ma’lumotlar va tayyor 
fragmentlar tadqiqotchining tafakkurida umumiy kitobshunoslik nuqtai nazaridan va 
kitob tarixi nuqtai nazaridan qayta anglab etish, analiz va sintez, abstraktlashtirish, 
bevosita ifodalash va umumlashtirishning barcha izchil bosqichlaridan oktishi, ya'ni 
tarixiy-kitobshunoslik metodi tizimining vositalari yordamida tiplashtirilishi lozim. 


44 
Masalan, paleografik. kodikologik, manbashunoslik. san’atshunoslik va 
dastxatshunoslik analiz metodlari yordamida muayyan kitoblar guruhi yoki 
kollektsiyasini tekshirish amalga oshiriladi, kitoblar guruhi va har bir kitobning kelib 
chiqish holatlari va tarixiy tafsilotlari aniqlanadi, kollektsiya egalari, kitob 
mualliflari, ularni yaratishga hissa qo'shgan xattotlar. musavvirlar va boshqa ustalar 
haqidagi maiumotlar qidiriladi. Kitob haqida umumiy tasavvur hosil qilishga uning 
tashqi bezagi. dastxat uslubi va shrift uslubi xususiyatlari, kitob belgilari, muhrlar, 
kitob egasining bitik va belgilari (ekslibrislar) yordam beradi. Tarixiy-
kitobshunoslik analizi jarayonida adabiyot va san’at, fan va texnika tarixi, 
shuningdek paleografiya, matnshunoslik, tarixiy dastxatshunoslik, arxeografiya, 
bibliografiya usullari va metodlaridan foydalaniladi. Ma’lum davr kitoblarining 
repertuarini tashkil etuvchi qo’lyozma va bosma nashrlar haqidagi bibliografik 
maiumotlami yig'ish, tizimga solish va taqqoslashga asoslangan bibliografik metod 
kitoblarning miqdor ko'rsatkichlarini ham, ularning tematik va tipologik belgisi, 
hajmi, bichimi, tashqi ko'rinishi, tiraji va hokazolar bo'yicha o'zaro nisbatining 
tavsifini ham tahlil qilish imkonini beradi. Kitob va kitobat
29
ishi tarixini faqat 
madaniyat tarixi, shu jumladan adabiyot tarixi, fan tarixi, texnika tarixi, san’at tarixi 
kabi fanlar bilan uzviy aloqada o'rganish mumkin. Kitob tarixini o’rganishda bu 
fanlaming yutuqlari va tadqiqot metodlaridan foydalanish amalda haqiqiy ilmiy 
kitob tarixini yaratishga yordam beradi. Tarixiy fan sifatida. kitob tarixi umumiy 
tarixiy ahamiyatga molik bo'lgan evristik, qiyosiy-tarixiy metodlardan va statistik 
guruhlash metodidan foydalanadi. Tarixiy materialga bu metodlar yordamida ishlov 
berishda avvalo faktlarni topish va tizimga solish, ularni tavsiflash va tasniflash, 
so'ngra hodisalar va faktlarni solishtirish va taqqoslash, kitob tarixi asosiy 
jarayonlarini madaniyat, fan, adabiyot, ijtimoiy tafakkuming umumiy rivojlanishi 
bilan uzviy aloqada gavdalantirishga erishiladi va nihoyat. umumiy kitobshunoslik 
nuqtai nazaridan umumlashtirish, analiz va sintez amalga oshiriladi. Evristik metod 
tarixiy faktlarni qidirib topish va baholash tizimi sifatida muhimdir. Bunda ayrim 
29
Andreev G.V. Sartovskaya literaturaG' G' Turkestanskiy kurer, 1908, № 38. 


45 
faktlarni emas, balki ko'rib chiqilayotgan masalaga doir faktlar majmuini toialigicha 
olish lozim. Faktlar majmui manbalardan izchil qidirish va topilgan faktlarni 
tasniflash, guruhlash. muhim faktlarni ikkinchi darajali faktlardan, isbotlangan 
faktlarni taxminiy faktlardan ajratish yo'li bilan yaratiladi. Bunda axborot 
ifodalangan manbaning isbotlanish darajasi uning ishonchlilik darajasiga to'g'ri 
proportsionaldir. Jahon fani va milliy fan uchun an’anaviy bo'lgan qiyosiytarixiy 
metod nafaqat tarix fanida. balki sotsiologiya, siyosatshunoslik. iqtisodiy nazariya. 
fiolologiya va boshqa fundamental fanlarda ham keng qo'llaniladi. Uning barcha 
mulohazalari va xulosalari zamirida fakt yotadi. Tarixchi faktlar (voqealar. 
hodisalar, tarjimai hollar, jarayonlar)ni ulaming dialektik bog'lanishi nuqtai 
nazaridan o’rganar ekan, ulaming oldingi yoki muvoziy hodisalarga muvofiqligini 
qidiradi, eng umumiy belgilari, ularda jarayon qonuniyatlarining aks etish darajasiga 
ko‘ra guruhlashni amalga oshiradi. Qiyosiy-tarixiy metod kitobning madaniyai. 
iqtisodiyot, texnika, sanoat umumiy rivojlanishi bilan bog'liq o'tmishini tiklash 
uchun ham bosh mezon ekanligi kitob tarixchisi uchun muhimdir. Iqtisodiy fanda 
qo'llaniladigan statistik guruhlash metodi kitob tarixini o'rganish uchun ham 
samaralidir. Tadqiqotga iqtisodiy ma’lumotlar (tovar aylanishi, narxlar, umumiy 
xo'jalik ko'rsatkichlari) ham, sotsiologiya (aholi demografiyasi, madaniy va 
iqtisodiy daraja, etnik tarkib) va kitobshunoslik (kitoblar hajmi. tiraji, turlari, 
mavzulari) ma'lumotlari ham kiritiladi. Statistik guruhlash metodining predmetini 
tarixiy fakt sifatida qaraladigan miqdor ko'rsatkichlari tashkil etadi. ularga statistik-
matematik ishlov berish esa jarayonning sifati haqida xulosa chiqarish uchun asos 
bo'ladi. Analitik tadqiqotda nafaqat tarixiy fanlar, balki tabiiy fanlar. shuningdek 
yordamchi tarixiy fanlaming metodlari va xulosalaridan ham foydalaniladi. Kitob 
tarixidagi muhim voqealar, jarayonlar va hodisalar haqidagi materialni o'zida 
mujassamlashtirgan manbalarni topish, tanqidiy baholash va qayta ishlash uchun 
umumiy tarixiy yordamchi ilmiy fan manbashunoslik metodlari va ma’lumotlaridan 
foydalaniladi. Paleografiya, kitob geraldikasi, tarixiy dastxatshunoslik materiallari 
va metodlaridan kitob tarixida yozuv tarixini rekonstruktsiya qilish, qo'lyozmalar 
yaratilgan sanani aniqlash, ulami atributlash (asar muallifini, uni ko'chirgan hattot 


46 
yoki chop etgan noshimi, kitobning ma‘lum kitobxona repertuari, bosmaxona yoki 
kutubxona fondiga mansubligini aniqlash), kitoblami tarqatish geografiyasi va 
doirasini, u yoki bu tarixiy davrdagi kitob repertuarini aniqlash uchun foydalanilishi 
mumkin. Kitob tarixi muammolarini o'rganishda mafkuraviy, tarixiymadaniy, 
ijtimoiy yondashuvlaming zarurligi “Madaniyat”. “Mafkura” kabi tizimlarning 
tarkibiy qismi bo’lgan “Kitob-Kitobat ishi” tizimining tabiati bilan belgilanadi. Ayni 
vaqtda, kitob tarixini о ‘rganishda «Kitob»ga uning kitobat ishi bilan dialektik birligi 
nuqtai nazaridan yondashish, ya’ni “Kitob”ni uning jamiyatda mavjudlik va amal 
qilish jarayoniga bogiab tadqiq etish lozim. Boshqacha aytganda, muammoga 
nisbatan tarixiy-madaniy. ijtimoiy. mafkuraviy yondashuv ijtimoiy borliqning 
ob’ektiv hodisasi boigan “Kitob-Kitobat ishi” tizimining o'ziga xos xususiyatlaridan 
kelib chiqib muayyanlashtirilishi darkor. Bu o'ziga xoslikni quyidagicha tushunish 
o’rinli bo’lsa kerak. “Kitob” ijtimoiy muomala usuli. Shu bois “Kitob - Kitobat ishi” 
tizimini o‘rganishda dialektika metodi. tarixiy fanlaming metodlari va metodologiya 
sifatidagi tipologik kitobshunoslik metodi tizimidan foydalanish lozim. Ayni vaqtda 
“Kitob” belgilar, til bilan bogiiq hodisa, shu sababli uni tarixiy-kitobshunoslik 
nuqtai nazaridan o'rganishda adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, lingvistika, 
grammatologiya, adabiyot tarixi, madaniyat, fan va texnika tarixi. binobarin, 
manbashunoslik, 
arxeografiya, 
paleografiya, 
kodikologiya, 
tekstologiya, 
bibliografiya. kutubxonashunoslik, tahrir nazariyasi va amaliyoti, noshirlik, kitob 
savdosi, axborot ishi tarixi kabi maxsus fanlaming metodlaridan ham foylalanilishi 
muqarrardir. Yuqorida ta’kidlab oiganimizdek, matbaachilik vujudga kelgunga 
qadar kitob qo'lyozma tarzida mavjud bo'lgan. Kitob nashri “Kitob”ning jamiyatda 
moddiy mavjudlik shakli, kitob ishlab chiqarish, kitobni taqsimlash jarayonlari esa, 
“Kitobat ishi”ning moddiy mavjudlik shakllari hisoblanadi. Kitob, ya’ni kitob nashri 
yoki qo’lyozma kitobning jamiyatda mavjudligi va harakatining mazkur shakllari 
ushbu harakat jarayonlari texnologiyasining mohiyatlarini, so’zning keng 
ma'nosidagi texnologiyani o'rganishni taqozo etadi. O’z-o‘zidan ravshanki, bu 
masalalami o'rganish qo’lyozma kitoblar ishlab chiqarish, noshirlik, kitob savdosi, 
kutubxonachilik ishining iqtisodiy muammolari (masalan, narx belgilash)ni, 


47 
shuningdek ularni tashkil etish va boshqarish shakllari. ularning m aium tarixiy 
davrlardagi tashkiliy-xo'jalik holati va faoliyati, kitob marketingi va menejmenti 
muammolarini tadqiq etishni o'z ichiga oladi. Turli fanlaming sanab o'tilgan 
metodlari o'z izchil birligida kitob tarixidagi analiz metodlari hisoblanadi. Ularning 
yordamida kitob va kitobat ishi tarixidagi muhim voqealami rekonstruktsiya qilish. 
kitob tarixining yaxlit manzarasini yaratish, kitobning tarixiy rivojlanishi va 
jamiyatda amal qilishi jarayonlarini tavsiflash uchun muayyan empirik faktlar 
yig’indisini aniqlash mumkin va lozim. Biroq bu faktlarni faqat umumiy 
kitobshunoslik nuqtai nazaridan, ya’ni “Kitob”ning “Madaniyat” tizimidagi haqiqiy 
o'rnini “Asar”ni “Nashr”ga uyushtirish usuli shaklida muayyanlashtirilgan va kitob 
nashri yoki qo'lyozma kitob shaklida moddiylashtirilgan ijtimoiy muloqot usuli 
sifatida tushunish nuqtai nazaridan ilmiy umumlashtirish lozim. “Nashrlar”, 
jarayonlar. shakllar va ulaming rivojlanish qonuniyatlari darajasida umumlashtirish 
borliqning ob’ektiv hodisasi sifatidagi kitobning mohiyatini to'la aniqlash va 
o'rganish uchun imkoniyat yaratadigan haqiqiy ilmiy xulosalar chiqarish imkonini 
bermaydi, chunki namoyon bo'lish shakli – “Nashr” va mazmun – “Kitob” mos 
kelmaydi. Biroq kitob tarixini. shu jumladan qo'lyozma kitob tarixini o'rganish yo'li 
faqat bitta boMishi mumkin: “Nashr” yoki qo’lyozma kitobning rivojlanish 
jarayonlari. shakllari va qonuniyatlarini o'rganish va so'ngra ulaming rivojlanish 
faktlari va qonuniyatlarini “Kitob”ni ijtimoiy muloqot usuli sifatida tushunish, uning 
falsafiy ma’nosi nuqtai nazaridan umumlashtirish. Zero, “...materiya va harakatni 
faqat ayrim moddalar hamda harakatning ayrim shakllarini o'rganish yo’li bilan 
bilish mumkin”. Biroq bunda shuni ham unutmaslik kerakki, “...narsalarning 
namoyon bo’lish shakli va mazmuni bir-biriga bevosita mos kelganida, har qanday 
fan ortiqcha bo’lur edi” Binobarin, kitob tarixini “Nashr”, jarayonlar, shakllar va 
ularning rivojlanish qonuniyatlari darajasida o'rganar ekanmiz, biz “Kitob”ning 
namoyon bo'lish shakllari bilan ish ko'ramiz, kitobat madaniyati hodisalarini har bir 
muayyan holda umumiy kitobshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilib, kitob tarixidan 
olingan tarixiy faktlarning jami уig’indisini tarixiy-nazariy madaniy nuqtai nazardan 
umumlashtirar ekanmiz, biz kitob tarixining haqiqiy ilmiy manzarasini yaratamiz. 


48 
Shunday qilib, kitob tarixiga nisbatan tarixiy-kitobshunoslik va tarixiy-tipologik 
yondashuvi va tadqiqot metodi har xil kitobshunoslik fanlari va kitobshunoslik bilan 
turdosh fanlaming metodlarini shunchaki birlashtirish emas. balki ularning dialektik 
birligi, tizimidir. Biroq bu tizim harakatchan, faol bo'lib, tadqiqotning muayyan 
vazifalariga muvofiq О‘zbekistonda kitob va kitobat ishi tarixi muammolarini 
analitik o'rganish muqarrar tarzda asosiy tarixiy bosqichlami aniqlash va milliy 
madaniyatning bu muhim tarkibiy qismining rivojlanish tarixini ilmiy asosda 
davrlarga ajratish masalasini ko'ndalang qilib qo'yadi. Bunda vazifa hozirgi zamon 
tarix fanining O'zbekiston, umuman Turon va Turkistondagi ayrim davlatlarning 
tarixini davriylashtirish masalalaridagi yutuqlariga va tarixiy-kutubxonashunoslik 
tipologik metodiga asoslanib, kutubxonachilik ishi tarixining xususiyatlariga va 
sodir bo'lgan tarixiy jarayonga mos keladigan davriylashtirish sxemasini taklif qilish 
hamda tarixiy bosqichlar chegaralarini belgilashdan iborat. Bunda mamlakatlar va 
xalqlarning hayotidagi muayyan tarixiy davrni ulaming sivilizatsion, etnogenetik. 
iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlanishidagi etakchi tendentsiyalar, mazkur 
rivojlanishning asosiy yo'nalishlari, mazmuni va xususiyatlariga qarab belgilash 
muhim metodologik talab hisoblanadi. Tarixiy bosqichlarning mustaqil metodologik 
ahamiyatga ega bo'lgan chegaralarini to'g'ri belgilash muayyan tadqiqot predmeti 
rivojlanishining asosiy bosqichlarini aniqlashda muhim o'rin tutadi. Mazkur 
chegaralar, odatda, mutlaq emas, balki shartli, nisbiy xususiyatga ega boiadi, 
shuning uchun ham ulaming sanasini to'g'ri aniqlash ancha mushkul ish. Turli 
sivilizatsiyalar shakllarining almashishi va jamiyatda moddiy ne’matlarni 
taqsimlash usullarining o'zgarishi bilan bog’liq tabiiy tarixiy jarayon kitob va kitobat 
ishi tarixini ilmiy davriylashtirishning bosh mezonidir. Kitob ishlab chiqarish 
usullari (qo’lyozma. bosma). davlat siyosati, turli diniy konfessiyalar, alohida 
shaxslar, noshirlar, kitobfurushlar, kutubxonachilarning kitob ishlab chiqarish, 
taqsimlash va takror ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati, kitob repertuari va 
kutubxona fondining tuzilishi singari omillar har bir tuzum doirasida hal qiluvchi rol 
o'ynaydi. Bunga muvofiq biz O'zbekistonda kitob va kitobat ishi tarixini unda 


49 
tadqiqotning muayyan metodlari birinchi o'ringa chiqishi mumkin.Besh asosiy 
tarixiy davrga bo‘lamiz: 
30
1. Qadimgi va ilk o'rta asrlar davri miloddan awalgi V asr - milodiy VIII asr.
2. Rivojlangan va so'nggi o'rta asrlar davri IX asr - XIX asrning birinchi yarmi.
3. Rossiya mustamlakasi ostida rivojlanish davri 1867-1917 yillar.
31
4. Sho'ro mustabid tuzumi ostida rivojlanish davri 1917-1991 yillar.
5. Mustaqil suveren O'zbekistonning rivojlanish davri 1991 yil 1 sentyabrdan. 
Birinchi tarixiy davrda O'zbekiston va butun Turonzamin hududi sivilizatsion va 
ijtimoiy-madaniy jihatdan zardushtiylik, aniqrog’i Avesto madaniyati yoki avesto 
sivilizatsiyasining etakchi bo’g’ini va muhim tarkibiy qismi bo'lgan. Mazkur 
bosqich miloddan oldingi V asrdan Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlar o'z 
xorazmiy,parfiyoniy,so’g’diy, bohtariy, qadimgi turkiy va boshqa yozuv tizimlarini 
qo’llay boshlagan. ularda dastlabki yozma hujjatlar, kitoblar va dastlabki kitob 
maxzanlari paydo bo’lgan davrdan milodiy VIII asrning birinchi o’n yilliklari - 
arablar istilosi va Turonzamin xalqlari arab grafikasiga asoslangan yozuvga o'tgan 
davrgacha bo'lgan katta tarixiy davmi qamrab oladi. Mazkur tarixiy davr doirasida 
shakli va tayyorlash usullariga qarab tosh, yog’och, teri, qog'oz kitoblar, o’rama 
kitob, kitob-majmua (ya’ni kitob-kodeks) farqlanadi; turli yozuv tizimlari - 
xorazmiy. parfiyoniy. bohtariy, sug’d, qadimgi turkiy va boshqa yozuvlarga mansub 
yozma yodgorliklar, shuningdek kitob maxzanlarining quyidagi turlari: a) podsho 
saroylari qoshidagi kitob maxzanlari; b) turli diniy konfessiyalar (zardushtivlar, 
moniychilar, buddaviylar. yahudiylar. Xristian nasroniylarning ibodatxonalari 
qoshidagi kitob maxzanlari; v) shaxsiy kutubxonalar o'ziga xos xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. Turli tarixiy viloyatlar va davlat tuzilmalari Xorazm, Parfiya. 
Baqtriya, So’g'd. Farg'ona, Choch, Qang’, Yunon-baqtriya. Kushon podsholiklari va 
Turon xoqonligidagi kitob maxzanlarining rivojlanish jarayonlari ham o4ziga xos 
30
Andreev G.V. Sartovskaya literaturaG' G' Turkestanskiy kurer, 1908, № 38. 
31
Andreev G.V. Sartovskaya literaturaG' G' Turkestanskiy kurer, 1908, № 38. 


50 
xususiyatlarga ega. Keyingi tarixiy bosqich VIII asrdan XIX asrning o'rtalarigacha 
bo’lgan davri - Turonzamin xalqlari sivilizatsion. ijtimoiy-madaniy va etnik-
konfessional jihatdan musulmon madaniy dunyosi yoki islom sivilizatsiyasining 
tarkibiy qismi bo'lgan davrni qamrab oladiki. bu kitobat ishi tarixining shakllari, 
mazmuni va o'ziga xosligini belgilaydi. Mazkur uzoq davr mobaynida 
O‘zbekistonning rivojlanishida sodir bo’lgan siyosiy, davlat-hududiy va tarixiy-
madaniy jarayonlar. shuningdek qo'lyozma kitob ishlab chiqarish. taqsimlash, 
takror ishlab chiqarish va uning repertuaridagi o'zgarishlar davriylashtirishning 
yanada mufassal sxemasini tuzishni va ushbu tarixiy davr doirasida mustaqil 
bosqichlami ajratishni talab etadi. O'rta asrlar kitobat ishi tarixida, mazkur katta 
madaniy-tarixiy davr doirasida, har bir asrning o’ziga xos xususiyatlari mavjudligiga 
qaramay. quyidagi uch muhim tarixiy bosqichni ajratish mumkin: ilk mumtoz davr 
(IX asr XIII asrning boshi, 1220 yildagi mo'g'ullar istilosiga qadar); mumtoz davr 
(XIII asrning ikkinchi yarmi XVII asr); so'nggi mumtoz davr (XVIII asr XIX 
asrning birinchi yarmi). Yuqorida qayd etilgan davrlarning birinchisi, ya’ni ilk 
mumtoz davr diniy mutaassiblik va aqidalar bilan chegaralanmagan inson bilimining 
har xil tarmoqlari erkin rivojlangan. ma’naviy qadriyatlar arab tilidagi kitob 
vositasida xalqaro miqyosda keng tarqalgan, arabiyzabon fan va madaniyatga ulkan 
hissa qo'shgan Turon,Turkiston olimlarining qudratli ijodiy ruhi namoyon bo'lgan, 
yuzlab boshqa forsiygo'y va turkiygo'y olimlar, shoirlar, faylasuflar va 
tarixchilaming ilmiy va badiiy dahosi yuksalgan davr. Yaqin va O‘rta Sharq 
xalqlarining ijtimoiy-madaniy hayoti hodisalariga o'z mezon va andozalari bilan 
yondashuvchi G’arbiy Yevropa maktabi olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bu davrga 
“Musulmon Renessansi”, “Sharq Renessansi” deb berilgan ta’riflarga ko'p duch 
kelish mumkin. Turkistonning mustaqil feodal davlatlarida ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishi, qadimiyat va ilk o'rta asrlarda to'plangan o'ziga xos 
madaniyatning ijodiy salohiyati va an’analari yangi tarixiy davrda Turkiston xalqlari 
adabiyoti, fani va madaniyatining uygkonishi va rivojlanishi uchun zarur zamin 
yaratdi. Shaharlarning o'sishi va shahar hayotining jonlanishi, shahar va qishloq 
aholisining ma’lum tabaqalari orasida savodxonlikning tarqalishi yuqorida zikr 


51 
etilgan jarayonlarga turtki bergan muhim omillardan biri bo’ldi. Maxsus ta’lim 
muassasasi madrasa musulmon madaniy dunvosida birinchi bo'lib aynan 
Turonzamin shaharlarida vujudga keldi va keyinchalik boshqa musulmon 
mamlakatlariga tarqaldi. “Madrasa o'quv yurti sifatida hatto musulmon dunyosining 
poytaxti – Bag’dodda ham faqat XI asrning ikkinchi yarmida paydo bo'lgan..., 
vaholanki, Movarounnahrda madrasalar bu vaqtga kelib ko'pdan beri faoliyat 
ko'rsatar edi”, deb yozadi atoqli sharqshunos, akademik V.V. Bartold. Boshqa bir 
joyda u madrasa ilk bor Narshaxiy (899-959)ning “Buxoro tarixi” asarida 937 yilgi 
Buxoro yong'ini munosabati bilan tilga olinganligini qayd etadi. Tarixchi Narshaxiy 
bergan ma’lumotga qaraganda, o’sha yong'inda katta Farjak madrasasi o'zining 
noyob qo'lyozmalar kutubxonasi bilan birga yonib ketgan. O'sha davrdagi 
urbanizatsiya jarayonlarining sur'ati qay darajada yuqori bo’lganligidan taniqli olim 
prof. S.P. Tolstov tomonidan keltirilgan quyidagi ma’lumotlar dalolat beradi: X 
asrning boshida Xorazmda 12 ta shahar ma’lum bo'lsa, mazkur asr oxiriga kelib 
ularning soni 40 taga etgan. Buxoro, Xiva, Samarqand, Gurganj, Termiz, Marv, 
Hirot Balx, Kesh, Xo'jand, Shosh (Toshkent), Hobqand (Qo'qon),Andijon, 
Marg'ilon va boshqa o'nlab shaharlar bir necha asrlar davomida dam ravnaq topib, 
dam inqirozga uchrab , so'ng yana ilmiy va badiiy tafakkur hamda intellektual hayot 
markazlari sifatida nom chiqarib keldi. Shaharlarda o'nlab madrasalar va maktablar, 
xonaqolar va shifoxonalar, kutubxonalar, bozorlar, sahhoflar (muqovasozlar) va 
kitobfurushlarning do'konlari faoliyat ko'rsatar, ular olimlar va adabiyotchilar
shoirlar va mohir xattotlar, tabiblar, hunarmandlar va oddiy xalqning savodxon va 
o'qimishli vakillarini o'zida jamlagan edi. Ibn Sino va Beruniy, Forobiy va Hakim 
Termiziy. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy va al-Farg'oniy, Rudakiy va 
Firdavsiy, al-Buxoriy va at-Termiziy, Umar Xayyom va Nizomiy Aruziy 
Samarqandiy, Mahmud Koshg'ariy va Yusuf Xos Hojib kabi buyuk allomalar, arab, 
fors va turkiy tillarda ijod qilgan yuzlab olimlar, shoirlar, faylasuflar, tilshunoslar, 
tarixchilar, tibbiyotchilar, badiiy ijod bilimdonlari va muxlislari hamda 
kitobsevarlarning ilmiy va badiiy dahosi va ko'nikmalari Buxoro va Samarqand, 
Termiz va Hirot, Marv va Balx, Xorazm va Farg‘ona shaharlarining yuksak tafakkur 


52 
va madaniy muhiti sharoitida shakllandi. Turkistonda yashaydigan barcha xalqlar va 
elatlarning, bu erda tarixan shakllangan barcha madaniy viloyatlarning vakillari 
jahon fan va adabiyoti xazinasiga o'zining betakror hissasini qo'shdi. Turkiston fani 
va madaniyatining yirik tadqiqotchisi akademik P.G.Bulgakov ta'biri bilan 
aytganda, “...faoliyati tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarda chuqur iz qoldirgan O'rta 
Osiyo olimlarining nomlari ro'yxati juda uzun... Mazkur olimlar faoliyatining 
qamrovi O'rta Osiyo doirasidan ancha chetga chiqadi. Fan oldidagi shaxsiy 
xizmatlari nisbatan katta bo'lmagan, ammo birgalikda ilm-fanni taraqqiyot yoiidan 
harakatiantirgan ulkan kuchni hosil qiluvchi O'rta Osiyo olimlari nomlarining 
ro'yxati bir necha sahifani band etgan bo'lur edi”. 1219-1222 yillarda Turkistonga 
ko'chmanchi mo'g'ullar qo'shinlari bostirib kirdi. Asrlar mobaynida to'plangan ko'p 
sonli moddiy va madaniy boyliklar. ko'plab kutubxonalar va qo’lyozma kitoblar 
yongin va bosqin olovida nobud bo’ldi, olimlar, adabiyotchilar, kitob ustalari va 
muxlislari qilichdan o'tkazildi. Mo'g'ullar istilosi oqibatida milliy madaniyat ko’rgan 
talafot shundan iborat ediki, aholi ommaviy qirg‘in qilinishi natijasida barcha 
zamonlarda har qanday xalqning o'zagini tashkil etuvchi aqliy mehnat vakillarining 
asosiy qismi halok boigandi. Shu tariqa Turkistonda X-XII asrlarda yuksalgan 
dunyoviy fanlaming ildiziga bolta urildi, obqimishlilik, bilimlilik va kitobat 
madaniyati an’analariga putur etkazildi. Mo'g'ullar istilosidan keyingi davrda asta-
sekin bir yarim asr mobaynida Turkistonning an’anaviy madaniy markazlari 
kultepalar orasidan qad rostladi, hunarmandchilik, qo’lyozma kitoblar yaratish 
san’ati tiklandi. Kitobat faoliyati sezilarli darajada o'zgardi va maydon jihatidan 
avvalgidan ham kengroq hududlarni qamrab oldi. Muhim o'zgarishlardan biri 
shundan iborat ediki, arab tilidagi kitoblar XIII asrdan keyin kitob bozori, kutubxona 
va qo’lyozma kitoblar repertuarida o'zining ustun mavqeini yo'qotdi. Shunga 
qaramay, XIV-XVI asrlarda arab tilidagi kitoblar miqdor jihatidan muomalada 
mavjud barcha kitoblarning kamida yarmini tashkil etardi. Turkiston kitobat 
madaniyati tarixidagi ikkinchi - mumtoz davr bu Temur va Temuriy, Shavboniy va 
Ashtarxoniylar sulolalarining oldinma-ketin bir-birining o'rniga kelgan davlatlari 
davri. Feodal ichki urushlar olovi qisqa vaqt vonib o'chib turgan ma’lum darajadagi 


53 
barqarorlik va ichki osoyishtalik sharoitida Turkiston umumiy bozorining 
shakllanish jarayoni yuz berdi, muayyan mamlakatlar bilan savdo va madaniy 
aloqalar tiklandi, bolalar uchun an’anaviy majburiy boshlang'ich ta’lim ishlari qayta 
yo’lga qo'yildi, yangi madrasalar. kutubxonalar ochildi, badiiy adabiyot va fanda 
yangi asarlar yaratildi va qoiyozm a kitob ko'rinishida tarqatildi. Davrning yuksak 
madaniyat darajasi qayta tiklangan shaharlar, bog'-rog’lar va go'zal me’morlik 
majmualari qiyofasida, xalq xunarmandchiligi, amaliy san'at buyumlarida, adabiyot. 
ayniqsa she’riyat asarlarida, fan va san’atning ayrim tarmoqlari yutuqlarida o'z 
aksini topdi. Bu tarixiy bosqichni to ia asos bilan kitobat san’ati o'z cho'qqisiga 
ko'tarilgan va gullab-yashnagan davr deb nomlash mumkin. Bu tarixiy davr bizga 
hattotlik san’ati, miniatyurachilik, sahhoflik ishining tengi yo'q namunalarini 
qoldirdi. Fors va turkiy tillardagi adabiy-badiiy kitoblar qoiyozmalarining eng ko'p 
miqdori ayni shu tarixiy davrda muomaiaga chiqarildi va aholi qoiida jamlandi. Q 
oiyozm a kitob va kitobat ishi tarixidagi uchinchi, so'nggi mumtoz davr XVIII 
asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi va Turkistondagi Qo‘qon, Buxoro va Xiva 
xonliklari davrida kechadi. Qariyb bir yarim asr (XIX asrning birinchi choragi 
oxirigacha bo'lgan davr) Movarounnahrda
32
sillani quritadigan feodal nifoqlar, 
xonliklarning chet el bosqinchilari bilan va o'zaro urushlarida o'tdi. Bu xalqlarni 
ishlab chiqarish kuchlari, tabiiy va moddiy boyliklar shafqatsizlik bilan behuda yo'q 
qilinishiga, kuchli iqtisodiy va madaniy inqirozga yo’liqtirdi. XIX asrning 30-
yillariga kelibgina tinch hayot o‘z mevasini bera boshladi: qishloq xo‘jalik va 
hunarmandchilik ishlab chiqarishi jonlandi, shahar hayoti va kitobat madaniyati 
rivojlandi. Ayni vaqtda qo'shni mamlakatlar bilan odatdagi xo'jalik aloqalarining 
uzilishi, Turkiston xonliklari iqtisodiy va ijtimoiymadaniy jihatdan bir-biridan 
uzoqlashishi, shuningdek madaniyat va rasmiy mafkurada islom jaholatparastligi, 
ta’lim va ilmiy faoliyatda mutaassiblik va aqidaparastlikning yakka hukmronligi 
yaratilayotgan qo’lyozma kitoblarning mazmuni va tematik rang-barangligi sezilarli 
32
Temur Tuzuklari. - Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-yil. 344 b. 


54 
darajada qashshoqlashuviga olib keldi. XVIII-XIX asr qoiyozmalarida badiiy bezash 
umumiy darajasining pasayishi kuzatiladi, uning tashqi qiyofasining standartlashuvi 
va bir xillashuvi yuz beradi, uning ichki tuzilishi, muqovalami bezash soddalashadi 
va bir qolipga solinadi, nisbatan arzon materiallar ishlatila boshlanadi. XIX asrning 
70-yillaridan bosma kitob bilan birga rivojlanib, qolyozma kitob asta-sekin unga 
kitob bozoridagi o'z mavqeini boy berib bordi. Gap faqat qo’lyozma kitob bosma 
kitobga qaraganda ancha qimmatligi tufayli unga bo’lgan talab pasayganida emas. 
Qo’lyozma kitob tarix sahnasidan ketishida doim betakror muallif nusxasi va 
alohida kitobat san’ati asari sifatida yaratiladigan bu kitobat ishining mahsuli XX 
asr boshiga kelib o'zgargan ijtimoiy shart-sharoitlarda awalgi asrlarda keng 
miqyosda mavjud bo’lgan o'zining haqiqiy muxlisini yo'qotganligi ham muhim rol 
o'ynadi. Turonzamin davlatlarini chor Rossiyasi istilo qilganidan so'ng ulaming 
davlat-huquqiy maqomi. siyosat va madaniyat sohalarida sodir boigan chuqur 
o'zgarishlar. shuningdek ishlab chiqarishning kapitalistik usuliga. milliy 
matbaachilikka hamda kutubxonachilik, kitob savdosi va bibliografiya ishi 
sohalarida yangi burjua shakllariga asta-sekin o ‘tilishi Turkiston chor Rossiyasining 
hukm ostida bo’lgan davr - 1865-1917 yillarni kitob va kitobat ishi tarixida alohida 
yarim asrlik bosqichga ajratishni talab etadi. Rus chorizmining ag'darilishi. 
markazda va joylarda hokimiyatning bolsheviklar partiyasi qoiiga o‘tishi, milliy 
demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi Turkiston Muxtoriyatining 
tugatilishi. sovetlar “andozasi” asosida Turkiston Avtonom Respublikasining tashkil 
etilishi, fuqarolar urushi. “harbiy kommunizm” siyosati va yangi iqtisodiy siyosat - 
bulaming hammasi Turkiston ASSR davri - 1918 yilning aprelidan 1924 yil 
oktyabrgacha boigan davri kitob va kitobat ishi tarixi rivojlanishining alohida 
bosqichiga ajratishni talab etadi. 1920-1930 yillarda hukmron bolsheviklar partiyasi 
diktatorlik rahbariyati tomonidan Turonzaminda milliy-hududiy chegaralanish 
o'tkaziladi. Bolsheviklarning asosiy maqsadlaridan biri milliy,etnik jihatdan yagona 
boigan turonzamin xalqini qismlarga ajratish va bepoyon Turon-Turkiston hududida 
yagona markazga bo'ysundirilgan, sovetlar andozasiga asoslangan nosuveren va 
huquqsiz ma’muriy-davlat tuzilmalarini tashkil etish edi. Bu “davlat qurilish” 


55 
jarayoni 1920 yil 26 avgust kuni Qirg'iziston avtonom respublikasi tashkil etilishi 
bilan boshlandi. Tuzilma 1925 yil 19 aprelida Qozog'iston avtonom respublikasi deb 
qayta nomlandi. O‘n bir yarim yildan keyin 1936 yil 5 dekabrida bu avtonom 
respublika Qozog’iston sovet respublikasi deb nomlandi va sovet ittifoqi tarkibiga 
kiritiladi. 1924 yil 10 oktvabrida Rossiya Federatsiyasi tarkibida QoraQirg‘iz 
avtonom oblasti tuzilib, 1925 yil 22 may kuni Qirg'iz avtonom 36 oblasti deb qayta 
nomlanadi, 1936 yil 5 dekabrda Qirg'iziston ittifoqdosh respublikasi sifatida sovet 
ittifoqiga kiritiladi. Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm xalq respublikalarini 
tugatish va qismlarga ajratish natijasida 1924 yil 27 oktyabrda yana ikkita 
ittifoqdosh respublika - O‘zbekiston va Turkmaniston tuzildi. Tojikiston avtonom 
respublikasi 1929 yil 16 oktyabrda O'zbekiston tarkibidan alohida sovet respublikasi 
sifatida ajrab chiqdi. 1936 yil 5 dekabrda O'zbekiston tarkibiga Qoraqalpog'iston 
avtonom respublikasi kiritildi. O'zbekiston SSRda kitob va kitobat ishi tarixi (1924-
1991 yillar) ni biz mazmuni va rivojlanish xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq 
qiladigan ikki tarixiy bosqichga ajratdik. Bular - O'zbekiston SSR tashkil topgan 
dastlabki yillar va Ikkinchi jahon urushi yillaridagi kitobat ishi (1924-1945 yillar) 
hamda mustabid tuzum asoslarining darz ketishi va uning emirilishi davridagi 
kitobat ishi (1946-1991 yillar). O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida 
(1991 yilning sentyabridan) kitobat ishining rivojlanishi kitob va kitobat ishi 
tarixining so'nggi bosqichini tashkil etdi. 
Kitob - jamiyat ta’lim darajasi – qo’lyozmalar ko’paytirish usullari o’rta 
asrlarda qo’lyozma kitoblami ko'paytirish bir necha usulda amalga oshirilgan. 
Qo’lyozma kitoblardan o'zi uchun nusxa ko'chirish eng oddiy usullardan biri 
hisoblangan. Bunda kitob taiim maqsadi. ilmiy maqsad hamda boshqa maqsadlarda 
shaxsiy foydalanish uchun ko'paytirilgan. Bunday hollarda kitobdan nusxa 
ko'chiruvchilik (kotiblik) vazifasini bilim izlovchining o'zi bajargan. Kitobni 
o'rganish maqsadida undan nusxa ko'chirish qoidasining keng tarqanganligi 
musulmon madaniy dunyosida qoiyozma kitoblar sonining ko’pligi sabablaridan biri 
boigan. chunki aholining. ayniqsa, shahar aholisining aksariyat qismi aynan kitoblar 


56 
yordamida savod o'rganar yoki bilimini oshirar edi. Jamiyat oliy tabaqasi vakillari. 
olimlar, shoirlar va adiblarni qo’lyozma turlari ko‘p sonli bo’lajak amaldorlar 
tabaqasi. musulmon ruhoniylarining quyi, o'rta va yuqori tabaqasi vakillari, shahar 
hunar va savdo ahli - hammasi kitob yordamida taiim olar edi. Barcha olimlar. nafis 
san'at va badiiy so'z ixlosmandlari ham shaxsiy foydalanish uchun kitob ko'chirish 
bilan shug'ullanardilar. Lekin ko'pincha qoiyozmalarning aksariyati - ular dastawal 
shaxsiy foydalanish uchun ko'chirilganmi yoki sotish uchunmi, qat'i nazar - pirovard 
natijada, balki ko'chirilganidan keyin bir necha o'n yillar o’tib, sotishga 
mo'ljallangan molga aylangan va ba'zan hatto o'nlab sohiblarni almashtirgan. 
Qo’lyozma alohida shaxsning xususiy mulki bo’lgan xollarda, undan qo’lyozma 
egasining ruxsati bilan nusxa ko'chirilgan. Agar qo’lyozma ma’lum ommaviy 
kutubxonaning mulki boisa, undan nusxa ko'chirish shu kutubxona nozirining 
ruxsatiga ko'ra amalga oshirilgan. Musulmon jamoalarining kutubxonalarida, 
madrasa va masjidlar qoshidagi kutubxonalarda amal qilgan an’anaga ko'ra, alohida 
shaxslar mazkur kutubxonalardagi istalgan kitobdan o'zi uchun bepul nusxa 
ko'chirishi mumkin bulgan. O'sha davrda amal qilgan yana bir ajoyib an’anaga ko'ra. 
umr bo'yi kitob yig'ish bilan shug'ullangan kutubxonalaming egalari ularni 
musulmon jamoalarining ommaviy kutubxonalariga yoki madrasa va masjidlar 
qoshidagi 
kutubxonalarga 
vasiyat 
qilib 
qoldirganlar. 
Ular 
o'zlarining 
hadyanomalarida hatto o'z ko'chmas mulki hisobidan har yili qancha mablag'ni 
qog'oz va yozuv anjomlari xarid qilishga ajratishlarini alohida qayd etib 
qoldirganlar. Mazkur qog'oz va yozuv anjomlari hadya etilgan kitoblardan nusxa 
ko'chirilishni xohlagan ilm toliblariga bepul berilishi lozim bo'lgan. Lekin kitob 
bozorida muomalada bo'lgan qoMyozma kitoblarning aksariyati husnixat ustalari - 
xattotlar tomonidan ko'chirilar edi. Husnixat ustasi bo'lish uchun savodxonlikdan 
tashqari, tez, aniq va sarishta yozish. arab yozuvi uslublarini, sharq 
qo'lyozmalarining tekstologik xususiyatlarini chuqur bilish ham talab etilardi. 
Xattotlar kasaba jamoasi, xususan, o'rtamiyona xattotlar, boshqa kasblarda bo'lgani 
singari, sinashta usulda - o'z kasbining ustasi bo‘lgan xattot qo'lida, "ustoz- shogird” 
usulida tayyorlanar edi. Mana shu usulda tayyorlangan xattotlar kitob mahsulotining 


57 
asosiy ishlab chiqaruvchilari hisoblanardi. Shu bois alohida buyurtmaga ko'ra kitob 
ko'paytirish (kitobdan nusxa ko'chirish) usuli Turonzamin o'rta asr jamiyatida eng 
keng tarqalgan usul edi, desak, o'rinli bo’ladi. Ayni holda qo'lyozma kitob nusxasini 
o'z uylaridagi ustaxonalarida yolg'iz yoki shogirdlari bilan birga ishlagan xattotlar 
tayyorlaganlar. Bunday kitoblar muqovasoz - sahhoflaming maxsus ustaxonalarida 
muqovalangan. Ayrim sahhoflik ustaxonalari o'z xattotlariga ega bo‘lib, ular zarur 
holda tushgan buyurtmalami bajarganlar. Qo'lyozma kitoblar bozorining umumiy 
holati hamda undagi talab bilan belgilangan mehnat taqsimoti kitob ishlab chiqarish 
sohasiga ham kirib keldi. Shunday kitob ustalari ham bor ediki, ular xattot va sahhof 
vazifasini birvarakay bajarardi. Lekin bunday mushtaraklik qo'lyozma kitoblarni 
ko'chirish va nusxalarini ko'paytirishning ilk mumtoz davriga, qo'lyozma kitoblami 
bezashga hali XV asrdagidek jiddiy e’tibor berilmagan davrga ko'proq xos edi. 
Turonzamin shaharlarida to'q va osovishta tinchlik yillarida qo'lyozma kitoblarga 
bo'lgan talab oshib bordi. Bunga javoban mazkur shaharlarda xattotlar, lavvohlar 
(kitob bezovchilar) va sahhoflaming nisbatan turg' un ishlaydigan korxona 
birlashmalari vujudga keldi. O'rtahol kishilarning buyurtmalariga binoan bunday 
korxona birlashmalarida, sahhoflik ustaxonalarida yoki xattotning uyida 
tayyorlangan Turonzamin qo'lyozma kitoblarining aksariyati ancha sodda 
bezatilgan. Sahhoflik ustaxonalari ba'zan yollash shartnomasiga yoki boshqa 
shartnomaga ko‘ra buyurtmachini yakka tartibda ishlaydigan tajribali xattot bilan 
ta’minlash imkoniyatidan foydalangani ayrim hollarda ularni kitob ustaxonalarining 
korxona birlashmalari deb tasniflash imkonini beradi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin