Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

 


61 
Xulosa 
Bashariyat madaniyati taraqqiyotida Sharq kitobat san’atining beqiyos ta’siri 
va o’rni bor. Markaziy Osiyoda ushbu san’atning shakllanishi ilk marotaba 
eramizning II asrida Xitoyda qog’ozning ixtiro qilinishi hamda uning ishlab 
chiqarilishi bilan uzviy bog’liq. VIII asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran 
Samarqandda Xitoy qog’ozidan sira qolishmaydigan, hatto undan-da sifatli ashyo 
kashf etishga erishildi. 
Yer yuzining sayqali, deya ta’riflanadigan bu manzilda oliy navli qog’oz 
ishlab chiqarish uchun kerakli xom ashyoning barcha turi — ipak, paxta, kanop, 
qamish, poxol, tut novdasining po’sti kabi ne’matlar mo’l edi. Ular mohir 
ustalarning qo’lida nafis va jiloli qog’ozga aylanardi. Shu tariqa ona Vatanimizda 
tayyorlangan qog’oz turlariga nisbatan “Samarqand qog’ozi” yoki “Sharqona 
qog’oz” degan shartli atamalar ishlatildi. Ko’p o’tmay, mazkur kashfiyot butun 
olamga dovrug’ taratdi. 
Manbalarda yozilishicha, hali Yevropada papirus hamda pergament asosiy 
yozuv ashyosi sifatida foydalanilayotgan bir paytda Sharq mamlakatlarida 
allaqachon qog’oz ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgandi. Bu esa, ayniqsa, hozirgi 
Markaziy Osiyo hududlarida qo’lyozma kitoblarning yoyilishiga keng imkoniyat 
yaratdi. 
1931-yili Mug’tepa tog’idan topilgan Samarqand hukmdorlariga oid hujjatlar 
va Tuproqqal’ada qo’lga kiritilgan Xorazm arxiv materiallari So’g’diyona, Xorazm 
hamda Baqtriyadagi qog’ozga yozilgan mahalliy qo’lyozmalarning arablar 
bosqinidan avvalgi davrlarga oidligini asoslaydi. Nima bo’lganda ham, X asrning 
oxirlariga kelib, Samarqand qog’ozi papirus va pergament o’rnini tamoman egalladi. 
O’rta asrlarda Samarqandda qog’ozsozlik keng ravnaq topdi. Tadbirkor 
ajdodlarimiz o’z mahsulotlarini nafaqat qo’shni davlatlar, balki Buyuk Ipak Yo’li 
orqali Yevropa bozorlariga olib chiqishdi. Tabiiyki, ushbu jarayon natijasida jahon 
olimlar, yozuvchi hamda shoirlar, kotibu naqqoshlar yurtimizda tayyorlangan yuqori 


62 
sifatli qog’ozlardan foydalana boshlashdi. Samarqand qog’ozining ta’rifi haqida 
buyuk san’atkor,xattot Sulton Ali Mashhadiy shunday yozadi: “Har qancha sinasang 
ham Xitoy qog’ozidan yaxshisi yo’q. Ammo Samarqand qog’ozi bebahodir. Agar 
sen aqlli odam bo’lsang, undan voz kechma, undagi yozuv ravon va go’zal bo’ladi. 
U oddiy bo’ladimi, “sultoniy” bo’ladimi, yaxshisini olishga harakat qil”. Zahiriddin 
Muhammad Bobur esa: “Olamda yaxshi kog’az Samarqanddin chiqar, Juvozi 
kog’azlar suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora 
suvni Obirahmat ham derlar”, deya yuksak e’tirof etadi. 
Markaziy Osiyoda davrlar mobaynida qog’oz ishlab chiqarishning bir nechta 
turlari paydo bo’ldi. Ayni zamonda unga hamohang tarzda ularni anglatuvchi yangi 
atamalar ham shakllanib bordi. Bunday qog’oz turlaridan biri “qog’ozi abrishemiy” 
deb nomlangan. U juda sifatliligi, tozaligi hamda pishiqligi bilan barcha savdo 
ahlini, ayniqsa, yevropalik savdogarlarni o’ziga rom etgan. Mazkur qog’oz turining 
bunchalik xaridorgir bo’lishi sababi uning ipakdan tayyorlanganligidadir. Shu 
tufayli “qog’ozi abrishemiy” jahon bozorida oltin tengida baholangan. Yana bir 
qog’oz navi “qog’ozi nimkatoniy” deb atalgan. Ushbu qog’oz turini tayyorlashda 
ipak va kanop tolasi (katon)dan teng nisbatda foydalanilgan. Mazkur qog’oz navi 
ham “qog’ozi abrishemiy” singari juda sifatli, pishiq bo’lib, pardozi hamda nafisligi 
bilan undan sira qolishmasdi. Bundan tashqari, “qog’ozi nimkatoniy” yaltiroqligi va 
fusunkorligi bilan boshqa qog’oz turlaridan ajralib turgan. 
Sharqda, shuningdek, qog’ozning yana bir necha turlari ishlab chiqarilgan 
hamda ular tayyorlangan joyiga nisbat berilgan holda, “qog’ozi samarqandiy”, 
“qog’ozi buxoriy”, “qog’ozi davlatobodiy”, “qog’ozi sultoniy”, “qog’ozi haririy” 
(ipak qog’oz) deb nomlangan. 
Albatta, ulug’ ajdodlarimiz tomonidan kashf etilgan qog’ozning Buyuk Ipak 
yo’li orqali Yevropa bozoriga yetkazib berilishi jahon miqyosida ilm-fanning, u 
asosida texnika va texnologiya taraqqiyotining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga 
zamin yaratdi. Samarqand qog’ozi kashfiyoti natijasida dunyo nashriyotchiligi 
shakllandi hamda ravnaq topdi. Ilgari bir kitobni tayyorlash uchun yuzlab hayvon 


63 
terisidan ne mashaqqatlar bilan teri sahifalar tayyorlangan bo’lsa, keyinchalik 
Samarqand qog’ozi asosida sohaning oson va qulay texnologiyasi kashf etildi. 
Istiqlol yillarida mamlakatimizda qog’oz ishlab chiqarish sanoati yanada 
rivojlandi. Samarqand qog’ozi bugungi kunda ham jahonning eng sifatli qog’ozlari 
sirasiga kiradi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin