Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


 Samarqandda qog’oz ustaxonalarining paydo bo’lishi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

 
1.2 Samarqandda qog’oz ustaxonalarining paydo bo’lishi 
1460-yillarda bu ustaxonalar hazrat Xo‘ja Ahror vali mulkiga aylangan. 
Yillar Qog‘oz ishlab chiqaruvchi ustaxonalar
1).751 Samarqand shahrida birinchi qog‘oz ishlash ustaxonasi ishga tushgan.
2).1420–1470 Kashmir hukmdori Zaynul Obiddin
5
Samarqand ustaxonalarida 
qog‘oz olish bilan shug‘ul-lanuvchi ustalardan bir guruhini Kashmirga olib borib 
qog‘oz ishlashni yo‘lga qo‘ygan.
3).1450 Samarqanddagi qog‘oz ustaxonalari Xo‘ja Ahror vali mulkiga aylangan. 
4).1520 Samarqand qog‘oz ustaxonasi Qorasuv arig‘i sohilida joylashgan bo‘lib, 
quvvati 7–8 tegirmonga yetkazilgan, qog‘oz sifati dunyoga mashur bo‘lgan.
5).1715–1720 Qo‘qon, Buxoro va Toshkent shaharlarida qog‘oz ustaxonalari ishga 
tushgan.
5
Иванов С.Н. Технoлогия бумаги. – М.: Лесная пром-сть, 1970.695 c 


15 
6).715–1724 Qo‘qondan 2,5–3 kilometr narida Cherku qishlog‘i yonida tashkil 
etilgan qog‘oz ustaxonasi chamasi 200 yilcha faoliyat yuritgan. Ustaxonani tashkil 
qilgan ustaning so‘nggi avlodlari – usta Ubaydulloh Oripov va usta Marazaq eshon 
Mayaqubovlar 50 yilga yaqin ishlab,
7).1924-yilgacha qog‘oz ishlab chiqarishgan. Ular yashagan mahalla “Qog‘ozgir” 
deb yuritilgan.
8).XIX asr oxirlari Toshkentda Ahmad savdogarning 20 nafar ishchilik qog‘oz olish 
manifakturasi ishlab turgan.
9).1915 Toshkentda dudsiz porox olish uchun selluloza zavodini qurish boshlandi. 
1921–1922-yillarda zavodda 158 ishchi ishlagan.
10).1918 Buxoroning Gurbun dahasida 40 nafar ishchiga ega 5 bo‘lgan pul qog‘ozi 
oladigan ustaxona 1922-yilgacha ishlab turgan.
11).1932 Toshkentdagi qog‘oz
6
fabrikasi (dudsiz porox olish uchun selluloza zavodi 
asosida) ishga tushdi (hozirgi nomi “O‘zbek qog‘ozi” AJ).
12).1988 Angren karton ishlab chiqaruvchi fabrika foydalanishga topshirildi.
13).1995 Toshkent qog‘oz fabrikasi qurildi.
14).1997 “Nambum” qo‘shma korxonasi (Namangan qog‘oz fabrikasi).
15).2000 Yangiyo‘l shahrida paxta sellulozasi va qog‘ozi olish fabrikasi ishga 
tushdi.
16).2002 Farg‘ona shahrida paxta sellulozasini olish korxonasi ishga tushdi. 
Shundan so‘ng qog‘oz ishlab chiqarish birmuncha rivojlandi. Xoja Ahror vali 
ustaxonalarga yaqin yerlarda bir necha do‘kon qurdirib, qog‘oz savdosini ham 
kengaytirgan. Afsuski, yong‘in tufayli bu ustaxonalar va do‘konlar katta talafot 
ko‘rgan. Samarqand qog‘ozi o‘rta asr Sharq xattotlari orasida g‘oyat qadrli bo‘lib, 
muayyan qismi o‘lkalarga ham chiqarilgan. Qog‘ozning ko‘payishi ilm, ma’naviyat 
va ma’rifat nurlarining taralishiga katta imkoniyat ochdi. Biz bayon etgan 
texnologiya, asosan, 1200-yil davom etdi. Qo‘lingizdagi kitob “Kimyoviy 
texnologiya”, “Selluloza ishlab chiqarish” va “Qog‘oz ishlab chiqarish” fanlarini 
6
. Кларк Дж. Технология целлюлозы. – М.: Лесная пром-ость, 1970. 


16 
o‘rganayotgan institut kimyogar texnologlari – bakalavr va magistrlari uchun o‘quv 
qo‘llanma hisoblanadi. Shu bilan birga bu kitob selluloza-qog‘oz
7
ishlab chiqarish 
korxonalarida xizmat qilayotgan muxandis-texnik xodimlari uchun ham foydali 
adabiyot deb hisoblaymiz. O‘quvchilar tomonidan aniqlangan darslikdagi kamchilik 
va nuqsonlarni mualliflar minatdorchilik bilan qabul qiladilar. 
Jahonning ko‘plab davlatlarida qadimdan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi 
bo‘lgan. Misrda papirusdan tayyorlangan qog‘ozlar, sharqda xitoy va yapon 
qog‘ozlari bunga misol bo‘la oladi. Samarqand ipak qog‘ozi esa o‘zining 
umrboqiyligi, silliqligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lganligi, suvda 
ivimasligi va ayniqsa o‘ziga xos shaqirlashi bilan shuhrat qozongan. 
Kun.uz ijodiy guruhi Samarqand tumanidagi Konigil
8
qishlog‘ida bo‘ldi. Bu 
yerda Samarqand qog‘ozi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ‘ ‘Konigil Meros’’ 
hunarmandchilik korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning rahbari Zarif 
Muxtorovning aytishicha, 1994 yilda YUNESKO tashabbusi bilan Buxoroda o‘tgan 
xalqaro konferensiyada ilk bor Samarqand qog‘ozi
9
haqida gap boradi. 
Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarilmayotganiga qariyb ikki asr bo‘lib qo‘ygan edi. 
Zarif Muxtorov qadimiy kitoblarni, ensiklopediyalarni titadi. Samarqand 
qog‘ozini ishlab chiqarish texnologiyasini tiklash bo‘yicha naq besh yil o‘z uyida 
tajriba o‘tkazadi va nihoyat o‘z maqsadiga erishadi. Samarqand qog‘ozi ishlab 
chiqarishning sirli joyi yo‘q: bir yillik tut novdalari kesiladi, ular suvda 4 kun 
ivitiladi. Keyin po‘stlog‘i novdalardan ajratiladi. Ajratilgan po‘stloqning qobig‘i 
pichoqda shilinadi. Ichki qismi 4 soat davomida qaynatiladi. Po‘stloq 
yumshoqlashadi. So‘ngra u suvda yuvilib, tegirmonda 8-10 soat mobaynida 
7
Атлас древесины и волокон для бумаги / Е. С. Чавчавадзе, З. Е. Брянцева, Е. В. Гончарёва и др. – М.: Ключ. 
1992. 
8
Миркамилов T .M . Технология хлопковой целлю лозы . Ташкент, « Фан » , 1996 г., стр . 266. 2. Б .Г . 
Кадыров , Ю .Т . Ташпулатов , М .Т .Примкулов . Технология хлопковоголинта , целлюлозы и бумаги. 
Ташкент,Фан.2005. 
9
Grant R. Getting set for a quantum leap in soft calendaring technology // Palp & Paper internatiole. – 1995. – V. 
38. – № 11. – Р. 25 – 27 


17 
yanchiladi. Yanchilgan massa suvga solinadi va qo‘zg‘alganda titilib ketadi. 
Elaksimon formada u tutib olinadi. Tut po‘stlog‘idagi tolalar biri birining ustiga 
yotib, to‘qima hosil qiladi. Uni so‘nggi suv tomchilaridan siriqtirish uchun press 
ostiga qo‘yiladi. Hali nam qog‘oz taxta sirt yoki deraza oynasiga yopishtirib, 
quritiladi. 
So‘ngra 2-3 soat davomida agat toshi, dengiz chig‘anog‘i, qoramol shoxi kabi 
vositalar yordamida qog‘ozning har ikki tarafi hafsala bilan silliqlanadi. Zarif 
Muxtorovning aytishicha, xorijlik mutaxassislar bu yerda tayyorlangan qog‘ozning 
strukturasini mikroskop ostida puxta o‘rganib chiqib, qadimiy Samarqand qog‘ozi 
to‘liq tiklanganini ta'kidlashgan. 
Ayni paytda “Konigil Meros” korxonasida bu mashaqqatli jarayonlar 
mahalliy va xorijlik sayyohlarga namoyish etib berilmoqda. Ta'kidlash joizki, 
Samarqand qog‘ozi mutlaqo chiqitsiz texnologiya hisoblanadi. Tutning po‘stloqdan 
ajratilgan novdalari miniatyuralar uchun ramkalar, turli panjaralar yasash uchun 
ishlatiladi. Qattiq qobiqdan karton ishlab chiqariladi. 
Bugungi kunda korxonada kuniga 100–120 dona turli hajm, zichlik va 
ranglardagi qog‘oz ishlab chiqarilmoqda. Zarif aka qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha 
15 nafarga yaqin shogirdlar tayyorlagan, shu qishloqning yosh xotin-qizlari ish bilan 
ta'minlangan. Ular turli buyumlar yasashadi, chizishadi, bo‘yashadi. Qadimiy 
hunarmandchilik korxonasidan turistlarning qadami uzilmaydi. Bu yerdan ular 
Samarqand qog‘ozidan yasalgan turli suvenirlarni xarid qilishadi. Ushbu 
qog‘ozlardan asosan qadimiy qo‘lyozmalarimizni rekonstruksiya qilishda 
foydalanilmoqda.


18 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin