Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Xulosa………………………………………………………………………...…57  Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

Xulosa………………………………………………………………………...…57 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..…...60 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
Kirish 
Mavzuning dolzarbligi:
Qog‘oz qadim zamonlardan buyon insoniyatni 
o‘ziga maftun qilib kelgan. Qog‘oz (bumaga) – ital. Bambagia, grekcha babakion – 
paxta demakdir. Birinchi bo‘lib qog‘oz ishlab chiqarish Xitoyda, eramizdan biroz 
oldin o‘zlashtirilgan. Xomashyo sifatida avval ipak tolalari, keyinchalik tut 
daraxtidan olingan lub, kanop tolalari, bambuk va boshqa tabiiy tolalar ishlatilgan. 
Tabiat va inson qo‘li bilan yaratilgan bu qog‘oz o‘zining ajoyib xususiyatlari bilan 
bizning zamonamizda ham bebaho material sifatida insoniyatga xizmat qilib 
kelmoqda. Bizning hududimizda esa birinchi bo‘lib qog‘oz ishlab chiqarish 
Samarqand shahrida, 751-yildan boshlangan. Mazkur hunarmandchilik sohasining 
rivojlanishiga mamlakatimiz hududida yetishib chiqqan qog‘ozgir (qog‘ozchi, 
qog‘ozrez) ustalar katta hissa qo‘shganlar. Bionabarin, bu sohani atroflicha 
o‘rganish tariximiz va madaniyatimizning ko‘pgina muammolarini hal etishda 
asqotadi. Darvoqe, qog‘ozgirlikning yuzaga kelishi uchun muayyan shart-sharoitlar, 
amaliy bilim hamda tajriba bo‘lishi lozim. Eng avval o‘sha makonda qog‘oz ishlash 
uchun zaruriy xomashyo, maxsus qozonlar bo‘lmog‘i kerak. Bunday imkoniyatlar 
hamma joyda ham muhayyo bo‘lgan emas, albatta. Shuning uchun qog‘oz ishlab 
chiqarish turli mamlakatlarda, turli davrlarda va ko‘lamlarda yuzaga keldi. Mashxur 
ajdodlarimiz Moti Chandr, Mustafo Ali Chalabiy, Sodiqbek Afshorlarning 
yozishicha, ko‘hna Samarqandda VIII asr o‘rtalariga kelib, qog‘oz tayyorlash keng 
rivoj topgan edi. Bu davrda Samarqandda qog‘oz kitob tayyorlangan. Shaharning 
qog‘ozchilik ustaxonasida ishlangan qog‘oz sifati xususida Sulton Ali Mashhadiy, 
Ibn al-Faqiq, alHamadoniy, Abu Mansur Saolibiylarning yozma manbalarida ham 
munosabat bildirilgan. Jumladan, Abu Mansur Saolibiy hazratlari: “Sa- 3 marqandga 
xos narsalardan biri uning qog‘ozi bo‘lib, bu qog‘oz Misr qog‘ozidan ustun turadi. 
Bu qog‘oz juda chiroyli, nozik, nafis va yozish uchun juda qulaydir”, deb yozadilar. 
Qog‘ozning kashf etilishi kitob va kitobatchilik san’ati tarixida, savodxonlik 
borasida yangi davrni ochdi. Arablarning Markaziy Osiyodagi istilosiga qadar ko‘p 



nodir kitoblar saqlangan kutubxonalar bo‘lgan. Qog‘ozning sharofati bilan tarixchi, 
kotib, qog‘ozchi, muqovasoz (sahhof), kitob varaqlariga jilo beruvchi (lavvoh va shu 
kabi) kasb sohiblari yetishdi. Ayniqsa, nafis kitob yaratish o‘ta murakkab, u 
qog‘ozrez (qog‘oz tayyorlovchi, qog‘ozgir)ning mehnati, mahorati va malakasi 
bilan chambarchas bog‘liq edi. Mashhur Samarqand qog‘ozlari silsilasida Ali 
Afandi “Manoqibi hunarvoron” asar
1
ida “xatma”, “sultoniy” va “nuhar” degan 
nomlarni keltiradi. Bu nomlar qog‘oz tayyorlash texnologiyasi bilan bog‘liq. 
Moziyda qo‘li gul qog‘ozchi ustalar mos paxta tolasi va paxta momig‘idan 
xomashyo tariqasida foydalanib, xatma qog‘oz tolasidan esa haririy qog‘oz ishlagan. 
Kitobchilarga yana suvbelgili sultoniy va nuhayar qog‘ozlar ham maxsus tayyorlab 
berilgan. Har bir kitob qog‘ozidan muqovasiga, siyohidan to bo‘yoqlari-yu 
zarhalligicha ma’lum me’yorda modda, reja, tartibot asosida tayyorlangan, hatto, 
kitobning qog‘oz varaqlaridan hidi kelib turish uchun ba’zan siyohga gulob yoki 
anbar qo‘shilar edi. Shunday qilib, qog‘ozgirlik o‘ziga xos san’at darajasiga 
yetkazilgan. Xomashyo begona aralashmalardan tozalangach, maxsus ishlangan 
parraklarda maydalangach, objuvoz bilan harakatga keltirilib bo‘tqa hosil etilgan. 
Suyuq bo‘tqa maromiga yetkazilgach, boshqa idishga quyib olinib, sariq tusdagi 
bo‘yoq bilan aralashtirilgan. So‘ngra kunni tunga ulab kamida 5000 marta tepkilab, 
chiya o‘simligi va ot qilidan yasalgan to‘rda suzilib olingach, yapasqi og‘ir yuk 
ostiga bostirib qo‘yilgan. Nihoyat, qog‘oz ashyosi (selluloza) qog‘oz shakliga 
keltirilgach, nam holda yoyib tekis sathda quritilgan. Bir qog‘ozgir usta o‘z 
ustaxonasida tunu kun ishlab atigi 300 varaq qog‘oz tayyorlagan. Yil davomida ular 
7 oy mehnat qilib, shu vaqt mobaynida buyurtmachilarga jami 25000 varaq atrofida 
qog‘oz tayyorlab berishgan. Temuriylar hukmronligi davrida, shunday usulda 
qog‘oz ishlab 4 chiqarish alohida o‘rin tutgan. Shahar yaqinidagi Qorasuv arig‘i 
sohilida qog‘oz ishlab chiqariladigan maxsus objuvoz va korxona bo‘lganligi 
ma’lum. Bu yerda eskirgan bo‘z kiyim, latta va paxtalardan qog‘ozbop bo‘tqa 
xomashyosi tayyorlab, varaqlar qo‘yilgan, so‘ngra ularga qo‘lda mohirona sayqal 
1
Ali Afandi “Manoqibi hunarvoron” asar 



berilgan. 
Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri Buyuk Ipak Yo‘li asrlar 
davomida tasavvurga sig‘mas darajada insoniyat tamadduniga keskin burilish 
yasadi, mislsiz kashfiyotlarga sababchi bo‘ldi. U nafaqat uzoq manzillar va elatlarni 
bir-biriga yaqinlashtirdi, balki turli g‘oya va madaniyatlar o‘chog‘i va chorrahasiga 
aylandi. Tarix zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirdi.
Yozuv keng omma orasida muloqot vositasi sifatida yoyilishi uchun qog’oz 
o’rni beqiyos bo’ldi.Savdo yo‘llarida Xitoy chinni va shoyisi hamda hind ziravorlari 
qanchalik shuhrat qozongan bo‘lsa, moziyning yaqin ming yilligiga qadar 
Samarqand qog‘ozi Markaziy Osiyodagi rivoji uchun ham Buyuk Ipak Yo‘lida eng 
ko‘p xarid qilinadigan noyob tovarga aylana oldi. 
751 yilning iyul oyida Jambul shahri yaqinida joylashgan Talas daryosi 
bo‘yida (hozirgi Qirg‘iziston) Xitoy jangchilari Markaziy Osiyoga bostirib kirdi.
O‘sha davrdagi Samarqand hokimi Abu Muslim bosqinchilarga qarshi o‘z 
qo‘shinini yo‘llab, dushmanni yer bilan yakson qildi va Samarqandga 20 mingdan 
ortiq xitoylik askarlarni asir sifatida olib keldi. O‘z hayotlarini saqlash niyatida 
hunarmandlikdan xabardor xitoylik asir jangchilar Samarqandlik mahalliy 
hunarmandlarga Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatdilar. 
Shu vaqtdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
IX asrga kelib, ushbu tarmoq shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan 
biriga aylandi. Asta-sekinlik bilan Samarqand qog‘ozi butun sharq va g‘arb 
bozorlarini ham egalladi. Ushbu mahsulotning turli xil navlari VIII asrdan XIX asrga 
qadar nafaqat Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda, balki Yevropaning ko‘pgina 
davlatlariga dong‘i ketdi. Sharq olamida Samarqand qog‘ozlari Misr qog‘ozi kabi 
keng omma tomonidan foydalanila boshlandi. Bunga ayniqsa IX-X asrlarga kelib, 
ko‘pgina fors va arab tilidagi asarlar va qadimiy qo‘lyozmalar aynan Samarqand 
qog‘oziga yozilishi yaqqol misol bo‘la oladi. 
Ming yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini san’at darajasiga yetkazgan 
samarqandlik hunarmand-qog‘ozgarlar dunyoda eng yupqa, silliq hamda siyohni 
ko‘p shimmaydigan, o‘ta chidamli noyob qog‘oz turlarini ishlab chiqarish 
texnologiyasini yaratishdi. Jumladan oq rangli “Samarqand sulton qog‘ozi” o‘zining 



yupqaligi, silliqligi va yumshoqligi bilan boshqa qog‘oz navlaridan alohida ajralib 
tursa, “Samarqand shoyi qog‘ozi” sifat jihatdan undan qolishmasa-da, rangi och 
sariq - novvot rangda bo‘ladi. “Mir Ibragimi” qog‘oz turi yuzida oq rangdagi 
dumaloq shaklli suv tomchi izlari bilan qoplangan bo‘ladi. “Nimkanop” turi esa ipak 
qoldiqlari hamda po‘stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlangani uchun, u dolchin 
rangda bo‘ladi. Ushbu qog‘oz turlarini yaratishda xomashyo sifatida paxta, ipak va 
tut daraxti po‘stlog‘idan keng foydalaniladi. Asrlar davomida shaharning Siyob 
anhori bo‘yida ikki mingga yaqin suv tegirmonlari ishlab turgan va ularning 400 dan 
ortig‘ida qog‘oz ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. 
Shaharga tashrif buyurgan barcha olimu fuzalolar, tarixchilar va sayohatchi 
mehmonlar bu qog‘ozning sifati va chidamliligidan hayratga tushishgan. Bunga 
isbot sifatida turli asrlarda yashab ijod etgan ba’zi tarixchi va yozuvchilarning 
Samarqand qog‘oziga bergan ta’riflarini, yozma manbalardagi ma’lumotlarni qayd 
etib o‘tishni lozim deb topdik. 
Arab tarixchisi Al-Maqdisiyning (X asr) ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazmda 
ishlab chiqarilgan kamonlar, Shoshning sopol idishlari hamda Samarqand qog‘ozlari 
Buyuk Ipak Yo‘lida ayirboshlanadigan mollar ichida eng mashhuri va bebahosi 
bo‘lgan. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin