Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


II BOB. MARKAZIY OSIYODA YARATILGAN QOG’OZLARNING



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

II BOB. MARKAZIY OSIYODA YARATILGAN QOG’OZLARNING 
TARIXI VA TURLARI
2.1 Samarqand qog’ozining tarixi va o’ziga xos uslublari 
Qogʻoz
— vodorod bugʻlanish bilan birlashgan sellyuloza tolalaridan iborat yupqa 
materialdir. Yogʻoch, paxta yoki qogʻozni qayta ishlash yoʻli bilan olinadi. 
Qogʻoz — asosan, oʻsimlik tolalaridan tayyorlanadigan yupqa material. Turli xil 
jinsdagi daraxt yogʻochi va bir yillik oʻsimlik sellyulozasi hamda yogʻoch 
massasidan ishlanadi. Qogʻoz massasiga oʻsimlik tolalaridan tashqari turli 
qoʻshimcha (toʻldirgich)lar, mas, oq tus beradigan, zich, silliq qiladigan, boʻyoq 
olish xususiyatini yaxshilaydigan mineral moddalar (kaolin, talk va boshqalar); 
siyohni yoyiltirmaydigan yoki qogʻozni puxta va zich qiladigan yelimlovchi 
materiallar (kani-fol yelimi, kraxmal, smola va h.k.); boʻyagichlar, kimyoviy tolalar 
va boshqa qoʻshiladi. 
Qogʻoz dastlab (II-asr)
10
 Xitoyda olingan. Say Lun oʻsimlik tolalarining suvli 
boʻtqasini toʻrdan oʻtkazib, Qogʻoz olishga muyassar boʻlgan. Bu usul koʻp 
vaqtlargacha sir saqlab kelindi, VI-asr boshlarida Yaponiyada joriy qilindi. VI—
VIII asrlarda Qogʻoz ishlab chiqarish Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqaldi. VII 
asrning boshlaridan — XIX asrning 1-yarmigacha Samarqandda ishlab chiqarilgan 
Qogʻoz Turkistondagina emas, balki qoʻshni mamlakatlarda ham mashhur boʻlgan. 
Keyinchalik Qogʻoz tayyorlash arablar orqali Eron, Shimoliy Afrika va Kiprga, 
keyinroq esa Ispaniya, Marokash va boshqa mamlakatlarga yoyildi. Qogʻoz 
bungacha yozuvda ishlatib kelinayotgan papirus va boshqa materiallarni siqib 
chiqardi. Keyinchalik (taxminan X asrda)Qogʻoz ishlab chiqarish Ispaniyadan 
10
Кадыров Б.Г., Ташпулатов Ю.Т., Примкулов М.Т. Технология хлопкового линта, целлюлозы и бумаги., 
«Фан», Т. – 2005. - 290 с 


19 
Yevropadagi barcha mamlakatlarga, shu jumladan, Rossiyaga oʻtdi. XV—XVI 
asrlarda kitob bosish kashf qilinganidan keyin q. ishlab chiqarish surʼati tezlashdi. 
XVII— XVIII asr mobaynida Gollandiyada
11
yangi tuyish apparati — roll ixtiro 
qilindi, fransuz ixtirochisi N. L. Rober qoʻl bilan uzluksiz aylantirib turiladigan sim 
toʻrli qogʻoz quyish mashinasini yaratdi. Keyinchalik bu sodda mashinaga presslash, 
quritish, kalandr va rulon qilib oʻrash seksiyalari qoʻshildi. 
XIX asr 60-yillarida Qogʻoz mashinasi deyarli hozirgi qogʻoz mashinasi kabi 
qismlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik qogʻoz mashinasining barcha qismlari 
takomillashtirildi. Qogʻoz ishlab chiqarish tezligi oʻnlarcha marta oshirildi. Latta 
xomashyosi oʻrniga yogʻoch sellyulozasi tolalari ishlatiladigan boʻldi. Qadimgi roll 
mashinasi uzluksiz ishlaydigan tuyish appa-ratlariga almashtirildi. Sintetik polimer 
smola va tolalar borgan sari koʻproq ishlatiladigan boʻldi va qogʻoz ishlash texnikasi 
takomillashtirildi. 
Qogʻozning 600 dan ortiq turi bor. Qogʻoz, asosan, yozish, daftar va kitoblar 
chiqarish uchun ishlatiladi. Koʻpchilik hollarda qogʻoz va karton toʻqimachilik, 
yog’och ishlash va shisha sanoati mahsulotlari bilan raqobatlashmoqda. Ular turli 
metall buyumlari oʻrnini egallamoqda, konstruksion, izolyatsiyalovchi, qistirma, 
filtrlovchi, pardozlovchi va h.k. materiallar sifatida ishlatilmoqda. 
Qogʻoz qanday maqsadlarda ishlatilishiga koʻra, massasi (1m;da 4—250 g). 
qalinligi (4 mm dan 400 mm gacha). mexanik xossalari (uzilish uzunli-gi, sinish, 
ezilish, titilish. siqilish, buralish), yelim olishi, kulliligi, namliligi, rangi, oqliligi, 
silliqligi, singdirish qobiliyati, havo, bugʻ, yogʻ oʻtkazmasligi, dielektrikligi va 
boshqa xossalari bilan ifodalanadi. 
Xalqaro tasnifga koʻra, qogʻoz quyidagilarga boʻlinadi: Matbuot qogʻoz 
(bosmaxona, ofset, illyustratsiya, kartografiya, boʻrlangan qogʻoz) — juda silliqligi, 
oqligi, bosma boʻyoqni yaxshi singdirishi bilan ajraladi. Gazeta q. bilan gul (oboy) 
qogʻoz ham shu sinfga oid. Yozuv qogʻoz (yozuv, pochta, konvert, kartochka Q) — 
11
Pigment Coating and Surface Sizing of Papier / ed. By Esa Letinen. – V. 11 // Papermaking Seience and 
Technology Serias. Finish Pa- 381 per Ebgineers Association and TAPPI, 2000. – p 810. 


20 
yelim olishi, singdirish xususiyatining kichikligi, juda silliqligi bilan ajraladi. 
Chizmachilik-rasmchilik qogʻoz (rasm, chizmachilik, chizmachilik kalkasi qogʻoz) 
— yelimni yaxshi oladi. Elektroizolyatsion qogʻoz (kondensator, kabel, telefon, izo-
lyatsion-oʻrov qogʻoz) — mexanik mustah-kamligi, dielektriklik xossasi yax-shiligi 
bilan ajraladi. Papiros qogʻoz (mundshtuk, papiros, sigaret, chekma qogʻoz) — bu 
sinf qogʻozning kompozitsiyasi. xossasi va tayyorlanish texnologiyasi turlicha. 
Shimuvchi qogʻoz (filtr, bosma, singdiruvchi qogʻoz) — fibra, pergament, sanitariya 
gigiyena mahsulotlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Apparat qogʻoz (telegraf 
lentasi, Krid lentasi, perfokarta qogʻoz) — mexanik mustahkamligi bilan 
ifodalanadi. Yorugʻlik sezgir
Qogʻoz — mexanik mustahkamligi, yaxshi yelim olishi bilan ajraladi, 
fotografiyada ishlatiladi (qarang Fotografiya). Koʻchirish qogʻoz (kopirovka va 
koʻchirish qogʻoz) — maxsus ishlov berib tayyorlanadi. Oʻrov qogʻoz
12
— oziq-
ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlarini oʻrash uchun ishlatiladi. Sanoat-texnika 
qogʻoz (patron, jilvir, diffuzor tovush yozib olish, ip oʻrashda ishlatiladigan va h.k.) 
— paxta tolasi, asbest, sunʼiy tolalardan oddiy usulda ishlab chiqariladi. 
Qog’oz boʻtqasini tayyorlash texnologiyasi tola materiallarini tuyish; tolaga mos 
kompozitsiya tuzish; suspen-ziya, toʻldirgich, boʻyagichlar tayyorlash; q. braklarini 
qayta ishlashni oʻz ichiga oladi. Qogʻoz qog’oz tayyorlash mashinasida olinadi. U 
uzluksiz ishlaydigan koʻp seksiyali agregat. Unda sersuv tola suspenziyasidan q. va 
baʼzi bir turdagi karton olinadi. Qogʻoz tayyorlash mashinasi 2 asosiy turga: yassi 
toʻrli (asosiy qogʻoz turlari ishlab chiqariladigan) va dumaloq toʻrli (baʼzi qogʻoz 
turlari va karton ishlab chiqariladigan) tiplarga boʻlinadi. 
Qog‘oz qadim zamonlardan buyon insoniyatni o‘ziga maftun qilib kelgan. 
Qog‘oz (bumaga) – ital. Bambagia, grekcha ba-bakion – paxta demakdir. 
12
G‘.R.RAHMONBERDIYEV, M.T.PRIMQULOV, YU.T.TOSHPO‘LATOV
, Qog‘oz texnologiyasining asoslari. 
T.;2009-Y. 2-bet 


21 
Birinchi bo‘lib qog‘oz ishlab chiqarish Xitoyda, eramizdan biroz oldin 
o‘zlashtirilgan. Xomashyo sifatida avval ipak tolalari, keyinchalik tut daraxtidan 
olingan lub, kanop tolalari, bambuk va boshqa tabiiy tolalar ishlatilgan. Tabiat va 
inson qo‘li bilan yaratil-gan bu qog‘oz o‘zining ajoyib xususiyatlari bilan bizning 
zamonamizda ham bebaho material sifatida insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. 
Bizning hududimizda esa birinchi bo‘lib qog‘oz ishlab chiqarish Samarqand 
shahrida, 751-yildan boshlangan. 
Mazkur hunarmandchilik sohasining rivojlanishiga mam-lakatimiz hududida 
yetishib chiqqan qog‘ozgir (qog‘ozchi, qog‘ozrez) ustalar katta hissa qo‘shganlar. 
Bionabarin, bu sohani atroflicha o‘rganish tariximiz va madaniyatimizning ko‘pgina 
muammolarini hal etishda asqotadi. Darvoqe, qog‘ozgirlikning yuzaga kelishi uchun 
muayyan shart-sharoitlar, amaliy bilim hamda tajriba bo‘lishi lozim. Eng avval 
o‘sha makonda qog‘oz ishlash uchun zaruriy xomashyo, maxsus qozonlar bo‘lmog‘i 
kerak. Bunday imkoniyatlar hamma joyda ham muhayyo bo‘lgan emas, albatta. 
Shuning uchun qog‘oz ishlab chiqarish turli mamlakatlarda, turli davrlarda va 
ko‘lamlarda yuzaga keldi. 
Mashhur ajdodlarimiz Moti Chandr, Mustafo Ali Chalabiy, Sodiqbek 
Afshorlarning yozishicha, ko‘hna Samarqandda VIII asr o‘rtalariga kelib, qog‘oz 
tayyorlash keng rivoj topgan
13
edi. Bu davrda Samarqandda qog‘oz kitob 
tayyorlangan. Shaharning qog‘ozchilik ustaxonasida ishlangan qog‘oz sifati 
xususida Sulton Ali Mash hadiy, Ibn al-Faqiq, al-Hamadoniy, Abu Mansur 
Saolibiylarning yozma manbalarida ham munosabat bildirilgan. Jumladan, Abu 
Mansur Saolibiy hazratlari: «Samarqandga xos narsalardan biri un-ing qog‘ozi 
bo‘lib, bu qog‘oz Misr qog‘ozidan ustun turadi. Bu qog‘oz juda chiroyli, nozik, nafis 
va yozish uchun juda qulaydir», deb yozadilar. 
Qog‘ozning kashf etilishi kitob va kitobatchilik san’ati tarixida, savodxonlik 
borasida yangi davrni ochdi. Arablarning Markaziy Osiyodagi istilosiga qadar ko‘p 
13
Sabirov M.M. “Kitobat san’ati” O‘quv qo‘llanma. T.; “Info Capital Group”, 2018. 


22 
nodir kitoblar saqlangan kutubxonalar bo‘lgan. Qog‘ozning sharofati bilan tarixchi, 
kotib, qog‘ozchi, mu-qovasoz (sahhof), kitob varaqlariga jilo beruvchi (lavvoh va 
shu kabi) kasb sohiblari yetishdi. Ayniqsa, nafis kitob yaratish o‘ta murakkab, u 
qog‘ozrez (qog‘oz tayyorlovchi, qog‘ozgir)ning mehnati, mahorati va malakasi 
bilan chambarchas bog‘liq edi. 
Mashhur Samarqand qog‘ozlari silsilasida Ali Afandi “Manoqibi 
hunarvoron” asarida “xatma”, “sultoniy” va “nuhar” degan nomlarni keltiradi. Bu 
nomlar qog‘oz tayyorlash texnologiyasi bilan bog‘liq. Moziyda
14
qo‘li gul qog‘ozchi 
ustalar mos paxta tolasi va paxta momig‘idan xomashyo tariqasida foydalanib, 
xatma qog‘oz tolasidan esa haririy qog‘oz ishlagan. Kitobchilarga yana suv belgili 
sultoniy va nuhayar qog‘ozlar ham maxsus tayyorlab berilgan. Har bir kitob 
qog‘ozidan muqovasiga, siyohidan to bo‘yoqlari-yu zarhalligicha ma’lum me’yorda 
modda, reja, tartibot asosida tayyorlangan, hatto, kitobning qog‘oz varaqlaridan hidi 
kelib turish uchun ba’zan siyohga gulob yoki anbar qo‘shilar edi. Shunday qilib, 
qog‘ozgirlik o‘ziga xos san’at darajasiga yetkazilgan. 
Xomashyo begona aralashmalardan tozalangach, maxsus ishlangan 
parraklarda maydalangach, objuvoz bilan harakatga keltirilib bo‘tqa hosil etilgan. 
Suyuq bo‘tqa maromiga yetkazilgach, boshqa idishga quyib olinib, sariq tusdagi 
bo‘yoq bilan aralashtirilgan. So‘ngra kunni tunga ulab kamida 5000 marta tepkilab, 
chiya o‘simligi va ot qilidan yasalgan to‘rda suzilib olingach, yapasqi og‘ir yuk 
ostiga bostirib qo‘yilgan. Nihoyat, qog‘oz ashyosi (selluloza) qog‘oz shakliga 
keltirilgach, nam holda yoyib tekis sathda quritilgan. Bir qog‘ozgir usta o‘z 
ustaxonasida tunu kun ishlab atigi 300 varaq qog‘oz tayyorlagan. Yil davomida ular 
7 oy mehnat qilib, shu vaqt mobaynida buyurtmachilarga jami 25000 varaq atrofida 
qog‘oz tayyorlab berishgan. 
Temuriylar hukmronligi davrida, shunday usulda qog‘oz ish-lab chiqarish 
alohida o‘rin tutgan. Shahar yaqinidagi Qorasuv arig‘i sohilida qog‘oz ishlab 
14
Berdimurodov A., Indiaminova Sh. Buyuk Ipak Yo’li. T.; “O’zbekiston” 2017. 77-bet


23 
chiqariladigan maxsus objuvoz va korxona bo‘lganligi ma’lum. Bu yerda eskirgan 
bo‘z kiyim, latta va paxtalardan qog‘ozbop bo‘tqa xomashyosi tayyorlab, varaqlar 
qo‘yilgan, so‘ngra ularga qo‘lda mohirona sayqal berilgan. 1460-yillarda bu 
ustaxonalar hazrat Xo‘ja Ahror Vali mulkiga aylangan.
Shundan so‘ng qog‘oz ishlab chiqarish birmuncha rivojlandi. Xoja Ahror Vali 
ustaxonalarga yaqin yerlarda bir necha do‘kon qurdirib, qog‘oz savdosini ham 
kengaytirgan. Afsuski, yong‘in tufayli bu ustaxonalar va do‘konlar katta talafot 
ko‘rgan. 
Samarqand
15
qog‘ozi o‘rta asr Sharq xattotlari orasida g‘oyat qadrli bo‘lib, 
muayyan qismi o‘lkalarga ham chiqarilgan. Qog‘ozning ko‘payishi ilm, ma’naviyat 
va ma’rifat nurlarining taralishiga katta imkoniyat ochdi. Biz bayon etgan 
texnologiya, asosan, 1200-yil davom etdi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin