Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


III.BOB.SAMARQAND QOG’OZININING TARIXINI TADQIQ ETISHGA



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

III.BOB.SAMARQAND QOG’OZININING TARIXINI TADQIQ ETISHGA 
DOIR METOD VA YONDASHUVLAR. 
3.1. Movarounnahr kitobat tarixi va uninig o’ziga xos jihatlari 
Tarixdan bizga ma’lumki, qadimdan kutubxona maskanlari ziyo va 
ma’naviyat o‘chog‘i sifatida faoliyat ko’rsatgan. O‘z davrida noyob va nodir 
qo‘lyozma asarlar kutubxonalarda saqlanib kelingan. Xususan, Amir Temur va 
Temuriylar hukmronligi davrida ham tashkil etilgan kutubxonalarda ko‘p asrlik 
tarixga ega bo‘lgan noyob va nodir hisoblangan tarixiy qo‘lyozma asarlar 
fondlarining shakllanishi, ilm-fanning turli yo‘nalishlariga oid asarlarning mavjud 
bo‘lganligi yangi kutubxonalarning tashkil etilishiga asosiy omil sifatida turtki 
24
Oʻz MA, I-126-fond,1-roʻyxat,kirish soʻzi, 4-varaq 


32 
bo‘ldi. XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr boshlarida Movarounnahrda 
me’morchilik va amaliy san’atga bo‘lgan e’tibor yanada rivoj topdi. Amir Temur 
davlatining poytaxti bo‘lgan Samarqand ulkan shaharga aylandi, bu yerda ko‘plab 
saroylar, masjidu madrasalar, maqbaralar va boshqa jamoat inshoatlari bunyod 
etildi. Mamlakatda jahon ilm-fani yo‘nalishi sifatida, tibbiyot, astranomiya, 
matematika, falsafa, tarix, adabiyot va boshqa fanlar keng quloch yoyib yanada qadr 
topdi. Bu esa qo‘lyozma fondlari, saroylar, madrasalar huzurida kutubxonalar 
tashkil etilishi va xususiy kutubxonalarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Amir 
Temur hukmronlik qilgan yillarda (1370-1405) qo’lyozma manbaalarni saqlash va 
kutubxonalar tashkil etish borasida katta g‘amxo‘rlik qilindi. Amir Temur ilm-fan 
homiysi, sahovatpesha hukmdor bo‘lgan. U adabiyot va san’atni yaxshi ko‘rgan. 
Masalan, uning hukmronlik qilgan davrining birinchi yarmida zabt qilingan 
hududlarda to‘plangan kitoblar va qo‘lyozmalar Shahrisabzga yuborilgan. Ushbu 
keltirilgan qo‘lyozma manbaalar jamlanmasi natijasida saroyda maxsus 
qo‘lyozmalar kutubxonasi tashkil etilgan. Ayniqsa, mamlakat poytaxti bo‘lgan 
Samarqanddagi saroy kutubxonasi mashur bo‘lib, bu yerda yunon, lotin, arab, 
arman, fors va boshqa tillarga oid noyob va nodir hisoblangan qo‘lyozma asarlar 
saqlanardi. Ushbu qo‘lyozmalarning aksariyat qismi Amir Temur zabt etgan 
mamlakatlardan keltirilgan. Turkiyaning Bursa shahridagi mashhur kutubxonadan 
Samarqandga ko‘pgina qimmatli hisoblandan nodir qo‘lyozma asarlar keltirilgan. 
Bursa kutubxonasi antik davrdagi mashhur kutubxonalardan biri - Pergam 
kutubxonasining me’rosxo‘ri edi. Bu yerda Arximedning zamondoshi hisoblangan 
matematik Apolloniy, o‘z davrining mashhur faylasuflaridan Antigon Karistskiy, 
Kichik Nenaf va boshqa ko‘pgina kishilar faoliyat ko‘rsatgan. Bursa kutubxonasida 
saqlanayotgan qadimgi yunon "Oriental Art and Culture" mutafakkirlaridan 
Ptolemey, Gipparx, Diafant va boshqa Iskandariyalik mualliflarning asarlari Perga m 
kutubxonasidan keltirilgan degan asosli fikrlar Amir Temurning kitobga va noyob 
qo‘lyozma durdonalariga bo‘lgan qiziqishi buning yaqqol isbotidir. Ma’lumki, 


33 
ko‘plab olimlar Amir Temur
25
davlati poytaxtida tashkil etilgan kutubxonalarga 
ishlash maqsadida kelgan. Ulardan biri, matematik, Qozizoda Rumiy, Ulug‘bekning 
va Alovuddin Ali ibn Muhammadning (Ali qushchi)ning ustozi bo‘lgan. U 
Samarqandga Bursadan kelgan edi. Amir Temur Armanistondan ham ko‘pgina nodir 
hisoblangan qo‘lyozma asarlarni ham olib kelgan. Arman tarixchisi 
S.A.Babayanning ma’lum qilishicha, Taevsk monastiri huzuridagi kutubxonaning 
kitob fondining ma’lum bir qismi Samarqandga olib ketilgan. Ushbu kitoblarning 
orasida Suriyalik Murabas Gaddining qo‘lyozmalari ham bo‘lib, uni muallif arman 
podshosi Bagarshikning farmoishiga binoan Xaldey, Eron va boshqa sharq 
mamlakatlaridan to‘plagan va bu ma’lumotlar eramizdan avvalgi 150-yilgacha 
bo‘lgan tarixni qamrab olgan edi. M.A.Gadin tomonidan yozilgan Armaniston tarixi 
keyinchalik Moisey Xarenskiy va boshqa arman tarixchilariga o‘zlarining tarixiy 
asarlarini yozishga manbaa bo‘lib xizmat qilganligi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlarda 
bayon etilgan. Amir Temurning arman kutubxonasidan kitoblar olib ketganligi 
to‘g‘risida arman tarixchisi Mixail Chamxhyan qiyidagi fikrlarni bayon etadi: “U 
arman va fors kitoblarini ulgurganicha to‘plab, ularni Samarqandga yuborgan va u 
yerda bitta minoraga jamlashtirgan. Ushbu minoradan kimda kim kitob olib chiqib 
ketishini qattiq qo‘rqitish bilan ta’qiqlab qo‘ygan, kitoblarni o‘qimoqchi 
bo‘lganlarga minorada shug‘ullanishga, biroq bu yerda juda uzoq vaqt qolmaslik 
sharti bilan ruxsat bergan”. Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishi masalasi 
yuzasidan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Amir Temur Samarqanddagi saroy 
kutubxonasi faqat kitob saqlanadigan ombor bo‘libgina qolmay, balki u yerda ba’zan 
foydalanuvchilarni ham qo‘shishgan. Kutubxonaga kirish uchun juda 
ozchiliklargagina ruxsat berilgan. Kutubxonaning qanday ko‘rinishga ega 
bo‘lganligi, kitoblar qanday saqlangani va ulardan foydalanilgani to‘g‘risida batafsil 
ma’lumotlar hozircha topilmagan. Biroq aytish mumkinki, saqlovchilar 
qo‘lyozmalarni yuksak darajada qadrlaganlar va ularga to‘g‘ri munosabatda 
25
Temur Tuzuklari. - Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-yil. 344 b. 


34 
bo‘lishgan. Mazkur qo‘lyozmalarni saqlash uchun maxsus bino qurilganligi ham bu 
ma’lumotlarning isbotidir. Shuni ham takidlash joizki, bu yerda ham kitoblardan 
iborat boyliklar xuddi XI-XII asrlardagi zamonasining mashhur kutubxonasi singari 
fanlar bo‘yicha joylashtirilib, maxsus sandiqlarda saqlangan. Shak-shubha yo‘qki, 
barcha kitoblarni faqat ro‘yxatga olish uchun emas, balki yaxshiroq foydalanish 
uchun himoyalangan. Amir Temur va Temuriyzodalar
26
davrida turli sohalarda 
qanchadan-qancha yutuqlar qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, insonning ilmiy va badiiy 
tafakkuri natijasi bo‘lmish kitoblarni yaratish, ularni ko‘chirish, saqlash sohasida 
ham katta ishlar amalga oshirilgan. Bu davrda xat va kitob ko‘chirish, uni bezaklar 
bilan ziynatlash bilan bog‘liq bo‘lgan mashhur siymolar, xattotlar chiqdilar. 
Ulardan, Mir Ali Tabriziy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Xiraviy, Mir Imod, Sulton 
Muhammad Handon, Mavlono Ma’ruf, Abdujamil kotib, Darvesh Muhammad 
Samarqandiy, Pir Muhammad So‘fi Buxoriy va boshqalarning nomlarini xurmat 
bilan tilga olinadi. Xattotlar tomonidan nastaliq xatida fikrlarning go‘zal tarzda 
bayon qilinishi mutolaani nihoyatda osonlashtirishga yordam bergan. Kitoblarni 
muqovalash, oltin suvi va rasmlar (miniatyuralar) bilan bezashning nodir 
san’atkorlari - Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhiblar ham ana shu davrda 
yashab ijod qilgan siymolardandir. O‘z sohasining yetuk mutaxassisi va malakali 
xattot va rassomlar tomonidan tayyorlangan qo‘lyozmalar moliyaviy jihatdan 
iqtidorli shaxslar buyurtmasi bilan amalga oshirilardi, yoki podshohlar kutubxonasi 
qoshida bajarilar edi. Bunday kitoblar har jihatdan noyob va nodir qimmatbaho 
hisoblanardi. Mohir xattotlar tomonidan ko’chirilgan kitoblarning nusxalari juda 
kam bo‘lgan, xattoki, bir nusxadan bo‘lganligi uchun muallifning o‘z qo‘lyozmasi 
tarzida saqlangan. Saltanat kutubxonalari va mashhur siymolar kutubxonalari 
alohida manzilda, ularni saqlovchi, yangisini ko‘chiradigan, zarar yetkazilgan 
(varaqlari yo‘qolgan yoki satrlari o‘chgan) kitoblarni ta’mirlovchi maxsus 
mutaxassislar bilan ta’minlanganlar. Xatto, kitoblar o‘ziga xos tartib bilan 
26
Temur Tuzuklari. - Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-yil. 344 b. 


35 
saqlangan. Uning boshqaruvchini kitobdor deb atalgan. Mashhur madrasalarda ham 
kutubxona uchun alohida hujralar ajratilgan va uning mas’ul hodimlari ham bo‘lgan. 
Biz so’z yuritayotgan saltanat kutubxonalari, shaxsiy kutubxonalar, madrasalardagi 
kutubxonalar haqida ma’lumotlar, hikoyat va rivoyatlar mavjud. Shuningdek, 
bunday kutubxonalarning birortasi aynan saqlanmaganligi tufayli ular to‘g‘risida 
aniq ma’lumot berish qiyin. Shunday bo‘lsada, manbalarda ularning mavjud 
bo‘lganiga doir ishoralar asosida bunday kutubxonalarning ayrimlari haqida umimiy 
tarzda ma’lumot berishga jur’at etdik. Ushbu davrda yaratilgan va bizgacha yetib 
kelgan kitoblar haqida esa bizga ma’lum bo‘lganlari to‘g‘risida muxtasar fikr 
yuritish foydadan holi bo‘lmasa kerak. Chunki bu o‘tmish ta’lim-tarbiya tizimi, 
madrasa va oliy madrasalar faoliyati bilan bevosita dahldor bo’lgan mavzudir. Amir 
Temur ta’lim-tarbiya ishiga alohida e’tibor qaratib, madrasalar qurishga farmon 
berar ekan, bu jarayonning kitoblarsiz bo‘lishi mumkin emasligini ham yaxshi 
tushunardi. Faqat bu emas, balki o‘zi va arkoni davlatning ham ma’rifati, ma’lumoti 
bo‘lishini istagan. Chunki Amir Temur, ibn Arabshohning guvohlik berishicha, 
“Men azaldan ilm shaydosiman” va “Men olimlar bilan doim suhbatda bo‘lib, ular 
ishidan xabardorman” degan ekan, bunday kishining olimlar va adiblar ijodiy 
ishining mahsuli bo’lmish kitoblar taqdiriga befarq qarashi mumkin emasdi. Bunga 
qo‘shimcha ravishda Amir Temur tuzuklarida bayon etilgan ayrim fikrlar 
aytilganlarning haqiqiy ekanidan dalolat beradi. Temur tuzuklarida yozilishicha, 
Amir Temur hakimlar, tabiblar, munajjimlar, muhaddislarni o‘z atrofiga to‘plagan. 
Shuning bilar birga “Muhaddislar, tarixchilar hamda qissaxonlarni o‘zimga 
yaqinlashtirdim va avliyolar haqidagi qissalarni, o‘tgan podshohlar to‘g‘risidagi 
xabarlarni, ularni saltanat taxtiga qanday yetishganliklarini, davlatlarining qanday 
sabablarga ko‘ra zavol topganligini bulardan so‘rab bilardim”, - deb ta’kidlaydi. 
Bulardan ko‘rinadiki, Amir Temur atrofiga to’plangan hakim va tabib, munajjim va 
muhaddis, tarixchi, qissaxon va boshqalar “ilm shaydosi” bo‘lgan Sohibqironning 
savollariga asosli va ilmiy javoblar topish uchun kitoblarga murojaat etganlarki, ular 
shubxasiz, Amir Temur to‘plagan kitoblar hazinasi-kutubxonada saqlangan, 
ayrimlari esa safar vaqtida birga olingan, ya’ni “ko‘chma kutubxona”da bo‘lgan. 


36 
Amir Temur asos solgan saltanat kutubxonasida (uni Samarqanddagi Ko’ksaroyda 
joylashgan deb faras qilish mumkin) Samarqand, Buxoro, Xorazm va 
movarounnaxrning boshqa shaharlarida bo‘lgan nodir qo‘lyozma kitoblar bilan bir 
qatorda turli mamlakatlarga yurish vaqtida qo‘lga kiritilgan arab, turk va fors 
tillaridagi kitoblar to‘plangan deyish mantiqiy ko‘rinadi. Shuning bilan birga bu 
vaqtda Samardandda yashab faoliyat ko‘rsatgan allomalarning kitoblari ham bu 
kutubxonani boyitib borgan. Chunki Amir Temur devonida mavlono shayx 
Muhammad ibn hoja Bandkor Termiziy, Amir Muhammad Badriddin, Ho’ja 
Abdulla Keshiy kabi ajoyib xattot va adiblar ham faoliyat ko‘rsatar edilar. Shunday 
qilib, aytilganlar e’tiborga olinsa, unda Amir Temur kutubxonasida Qur’oni karim 
va unga bag’ishlangan ta’fsirlar, hadisi sharifning ishonchli to‘plamlari, fiqh, 
falakiyot, muhaddislik, tibbiyot, jug‘rofiya, falsafa, tarix, mantiq, tilshunoslik va 
adabiyotga oid nodir asarlar to‘plangan. Xususan, ular orasida Imom al-Buxoriy, 
Imom at Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud 
Chag‘miniy, muarrix Rashididdiy, ibn Batutta, Sayyid Sharif Jurjoniy, alloma 
Taftazoniy, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Abu Sayyid Abdulxayr, Abdulloh Ansoriy, 
Muslihiddin Sa’diy, Qutb ul-Orifiy, Sadriddin Ardabeliy, Zayniddin Tayobodiy, Mir 
Sayid Baraka kabilarning asarlari, maktublari, ular haqidagi asarlar, xorijiy Sharq va 
G‘arb mamlakatlari podshoh va qirollariga yozilgan maktublarning nusxalari 
bo‘lganligi haqiqatga yaqindir. 1403-yilda Samarqandga tashrif buyurga Ispaniya 
elchisi Ryui Gonzales de Klavixo o‘zining kundalik daftariga kutubxona 
to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlarni qayd qilgan edi. 1863-yilda venger sharqshunosi 
Armeniy Vamberi Markaziy Osiyo bo’ylab sayohati davomida, Samarqandda 
mashhur arman-yunon kutubxonasining “izlari”ni topishga intildi. Markaziy 
Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin ko‘pgina sharqshunoslar va turli 
mamlakatlarning olimlari o‘z nazarlarini Amir Temurning mashhur kutubxonasiga 
qaratdilar, uning taqdirini bilishga qiziqdilar. Turkiya viloyatida istiqomat 
qilayotgan armanlar 1868-yilda Samarqand va Buxoro armanyunon kutubxonasini 
topish to‘g‘risidagi iltimosi bilan hukumatga murojaat qildilar Ushbu kutubxonani 
Amir Temur Armanistondan olib kelgan edi. Rus diplomati N.Stremouxovdan 


37 
Turkiya general-gubernatori Kaufman nomiga o‘sha yili arman arxiepiskopi 
Sarkisyaning xati tushgan bo‘lib, unda Amir Temur kutubxonasi izlab topishni 
iltimos qildi. Bu kutubxona so‘nggi vaqtgacha Samarqandda yoki uning yaqin 
atrofida saqlanmoqda, deb hisoblanardi. Turkistonlik taniqli bibliograf va Markaziy 
Osiyo tarixining katta bilimdoni N.V.Dmitrovckiy Amir Temur kutubxonasining 
tarixi haqida ma’lumotlar to‘plagan bo‘lib, u Samarqandga mashhur arman 
kutubxonasi va Mirabas Gadinning qimmatli qo‘lyozmalari olib ketilgani haqida 
yozgan edi. 1873-yilda ingliz tadqiqotchisi Yevgeniy Skayler chor Rossiyasi bosib 
olgan Turkistonga sayohat qilar ekan, Buxoro va Qo‘qonda bo‘ladi. Shuningdek, 
Amir Temur kutubxonasi bilan qiziqib ko‘radi. Skayler Buxoro kutubxonalaridagi 
ma’lumotlar asosida quyidagicha yozadi: “Men mashhur Temur kutubxonasi hali 
mavjuddir, deb o‘ylashimga asos bor. Bu yerda amirning xazinasida ko‘pgina 
kitoblar borki, ularning tili Buxorolik mullalarga tanish emas, shu sababli kitoblarga 
e’tibor berilmasdan yotibdi: ular Qarshida ham bor”. U Qarshida bo‘lgan vaqtida 
amirning boy kutubxonasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmaganidan afsuslanadi. 
1889-yilda taniqli ingliz adibi Makenzi Uolles Zakaspiy viloyatida bo‘lgach, 
Samarqandga kelib Amir Temurning kutubxonasini sinchiklab izlab ko‘radi, lekin 
“shaharni yoppasiga axtarib, hech narsa topa olmaydi”. Amir Temur kutubxonasini 
keyingi qidirish ishlari mashhur rus orbentalisti A.L.Kun (18940-1888)ning faoliyati 
bilan bog’liqdir. U Turkistonga 1868-yilda xizmatga kelgan bo‘lib, uning muhim 
vazifalaridan biri Temurning mashhur kutubxonasini qidirib topishdan iborat edi. 
Lekin A.L.Kun kuch-g‘ayrat sariflashiga qaramay, Temur kutubxonasi to‘g‘risida 
hech qanday aniq ma’lumotlar to‘play olmaydi. XX asrning boshlarida Temurning 
kutubxonasi bilan Turkistonlik publisist D.N.Lagofetda ham qiziqish uyg‘onsada, 
1868-yildan 1911-qilga qadar mashhur kutubxonaning izlarini aniqlashga muvaffaq 
bo‘la olmagan. Temur kutubxonasidan bugungi kungacha saqlanib qolgan birdan-
bir qo‘lyozma bu Usmon Qur’onidir. U pergament qog‘ozga kufiy yozuvida 
ko‘chirilgan. A.L.Kun mazkur qo‘lyozmani Temur kutubxonasining eng yaxshi 
bezagi deb hisoblagan. Usmon Qur’oni Rossiya Markaziy Osiyoni bosib olgandan 
keyin Samarqandning Xo‘ja Ahror masjidida saqlangan. 1869-yilda mazkur Qur’on 


38 
nusxasi borligidan qo‘shin starshinasi Serov xabar topib, Zarafshon okrugining 
boshlig‘i general-mayor Abramovning buyrug‘i bilan qadimgi qo‘lyozmalar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plab yurardi. Serov Xo‘ja Ahror masjidida Qur’on 
saqlanayotganini masjidda ko’p muhlislar to‘plangani sababli bilib oladi. So‘ngra 
bu Qur’on musilmonlar uchun ahamiyatsiz narsa, uni hech kim oqiy olmaydi, Xo‘ja 
Ahror masjidi imomlari ham unga bu kitobni sotishga rozi ekanligini ma’lum qiladi. 
Qur’on general-mayor Abramov tomonidan 125 so‘mga sotib olinadi va Toshkentga 
yuboriladi. Kaufman uni Buxoro amirining vakili Yahyoxo‘jaga ko‘rsatganda, U 
Temur kutubxonasining birdan-bir saqlanib qolgan qo‘lyozmasidir, deb tasdiqlaydi. 
Kutubxonaning qolgan kitoblari esa mazkur mamlakatdagi o‘zaro qonli urushlar va 
to‘qnashuvlar natijasida nobud bo‘lgan edi. 1876-yilda Kaufman Qur’onni Sankt-
Peterburgdagi imperator xalq kutubxonasiga topshiradi. Kutubxonaning 1904-yilgi 
ishi haqidagi hisobotida Samarqandning Kufiycha Qur’oni kutubxonaning sharq 
bo‘limida eng muhim boylik ekanligi aytilgan edi. 1887-yilda Usmon Qur’onini 
Sankt- Peterburg xalq kutubxonasida Samanqandlik savdogar va qadimgi narsalarni 
to‘plovchi Mirza Buxarin ko’rib qoladi. Mirza Buxarin Sankt-Peterburgdagi xalq 
kutubxonasida turli xalqlarning bir necha yuz ming qadimgi va yangi kitoblari 
hamda qo‘lyozmalarini ham ko‘radi. Bu erda Alisher Navoiyning asarlari, 
“Shohnoma”, “Ravzat ussafo” va boshqa tarixiy asarlarning qo‘lyozmalari, 
shuningdek, mahalliy xonlarning yorliqlari saqlanardi. Xususan, mazkur 
kutubxonada, arabcha, forscha, turkcha va boshqa tillardagi lug‘atlar ham bor edi. 
Sho‘ro hokimyatining dastlabki yillarida Markaziy Osiyo musilmonlarining iltimosi 
bilan Usmon Qur’oni Toshkentda saqlash uchun qaytarib keltirildi. Temuriylar 
davrida Samarqanddagi ulkan kutubxona bilan bir qatorda saroy kutubxonalari ham 
bo‘lgan. Ulardagi kitoblar, chamasi Samarqanddagi kutubxona kitoblaridan kamroq 
bo‘lsa ham, ular qimmatli nodir kitoblar xazinasi sifatida qadrlangan. Ushbu davrda 
kutubxonalarning rivoj topish jarayonlari Amir Temurning
27
merosxo‘rlari, xususan, 
27
Temur Tuzuklari. - Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-yil. 344 b. 


39 
nabirali davrida ham sezilarli darajada ravnaq topdi. Bu borada Ulug‘bekning 
Samarqandda hukmronlik qilgan yillarida madaniy yuksalish bilan bir qatorda, 
kutubxonalar va xususiy shaxslarning kitob javonlari ilm-fan sohalarida doir kitoblar 
bilan to‘ldirilib borilganligi to‘g‘risida tarixiy o‘tmish guvohlik beradi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin