Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


 Mustaqillik yillarida Samarqand qog’ozining tiklanishi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

 
3.3. Mustaqillik yillarida Samarqand qog’ozining tiklanishi 
Konigil – Samarqand tumanidagi Samarqand qog‘ozi, kulolchilik
duradgorlik va boshqa hunarmandchilik an’analari bugungi kunga qadar saqlanib 
qolgan hudud sanaladi. Bu yerga mahalliy va xorijlik sayyohlar kelib, xalqimizning 
qadimiy an’ana va qadriyatlari, milliy hunarmandchilik namunalari bilan 
tanishishadi. Jumladan, tarixiy Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish jarayonlari, 


58 
konigillik kulollarning ishi sayyohlarni o‘ziga rom etib, ularni bu manzilga 
chorlayveradi. 
Ta’kidlash lozimki, 1998 yilda samarqandlik usta hunarmand Zarif Muxtorov 
"Konigil meros" xususiy korxonasini tashkil etib, bu yerda keyingi bir necha 
asrlardan buyon unut bo‘lib kelayotgan qadimiy xayrli ishni qayta tikladi. Bu - 
qimmatbaho Samarqand qog‘ozi ishlab chiqarish edi. Qisqa vaqt orasida bu yerdan 
mahalliy va xorijlik sayyohlarning qadami uzilmay qoldi. Negaki, qo‘lda, oddiy 
usulda qog‘oz ishlab chiqarish va undan turli mahsulotlar tayyorlash jarayoni 
ko‘pchilik uchun juda qiziq. 
Darvoqe, “Konigil meros” xususiy korxonasi rahbari Zarif Muxtorovning bu 
xizmatlari davlat darajasida e’tirof etildi. Usta hunarmand va tadbirkor 
Prezidentimizning 2021 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab 
chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash 
to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi. 


59 
Samarqand qog‘ozi tayyorlanish jarayonini birga kuzatamiz. Avvalo, 
yuqorida aytganimizdek, bugun Konigil qishlog‘ida bo‘lgan kishi bu yerda qadimiy 
Samarqand qog‘ozi tayyorlash jarayonlariga qiziqib qoladi va beixtiyor ustalar ishi 
bilan tanishib boradi. 
 
Misrda papirusdan tayyorlangan qog‘ozlar, sharqda xitoy va yapon qog‘ozlari 
bunga misol bo‘la oladi. Samarqand ipak qog‘ozi esa o‘zining umrboqiyligi, 
silliqligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lganligi, suvda ivimasligi bilan 
shuhrat qozongan. Bugungi kunda kuniga 100–110 dona turli hajm, zichlik va 
ranglardagi qog‘oz ishlab chiqaryapoqda. Shuningdek, Samarqand qog‘ozidan 
kiyimlar, yo‘l xaltalari (sumka) tayyorlanyapti. Ularni yuvib, uzoq vaqt ishlatsa 
bo‘ladi. 


60 
Darvoqe, Samarqand qog‘ozi bilan nom taratgan Konigil qishlog‘ining infratuzilmasi 
bugungi kunda yaxshilanib, bu yer yanada ko‘rkamlashmoqda. Bu turizm 
qishlog‘ida madaniy-ko‘ngilochar dasturlar tashkil etish uchun imkoniyat 
yaratilmoqda, binolarning tarixiy qiyofasi tiklanyapti. Mehmon uylari, ovqatlanish 
shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti. Mehmonlarning tabiat qo‘ynida dam 
olishlari hamda sayr qilishlari uchun Siyob arig‘i atrofida piyodalar yo‘lagi, dam olish 
maskanlari tashkil etildi. 
Bundan tashqari, Konigil qishlog‘ida ziyorat, agro, sanoat, tibbiyot va boshqa 
turizm yo‘nalishlari tashkil etiladi. Shunda Samarqand qog‘ozining dovrug‘i yanada 
oshadi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin