Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


 Qo’qon qog’ozining tarixi va o’ziga xos uslubi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

2.3 Qo’qon qog’ozining tarixi va o’ziga xos uslubi 
Qoʻqon xonligi arxiv hujjatlari. Markaziy Osiyo xonliklari ichida Qoʻqon 
xonligining ham alohida oʻrni bor. Xonlik mintaqamizning ham ichki, ham tashqi 
hayotida muhim rol oʻynagan. Dastlab xonlik boshqaruvi ierarxiyasi (ketma-ketligi) 
Buxoro amirligi boshqaruvi namunasida tashkil etilgan edi. Ish hujjatlarini yuritish 
xonlik devonxonasini boshqaruvchi devonbegiga topshirilgan. XIX asrning 50-60-
yillaridan uning vakolatlari boshqa amaldorga – mirzaboshiga yuklatilgan. 
Devonbegi qoʻl ostidagi eng kichik mansabdor shaxsdan tortib(mirza) eng katta 
mansabdorlargacha faoliyat yuritgan. Devonbegi devonxonasida kirim-chiqim 
daftari, gʻazna tushumlarning hisobotlari (vaqf mulkidan kelgan tushumlar), masjid-
madrasa mulklari, aholi tomonidan xonga tortiq qilingan sovgʻalar boʻyicha 
hisobotlar olib borilardi. A.L.Troitskayaning yozishicha
22
, daftardagi hisobotlar 
patta hujjatidan koʻchirib yozilgan (patta mazmunan qadimgi rus “qaydnomasiga” 
oʻxshaydi.). Patta (bildirish)lar xonlik devonxonasi nomidan xoʻjalik ma’muriyatiga 
22
Исакова М. Становление и развитие архивного делa в Узбекистанане. Т.: Университет, 2012.-С.37. 


29 
va mahalliy aholiga yer soligʻi toʻgʻrisida yuborilgan bildirishnomalardir. Bunday 
bildirishnomalar soliq yigʻuvchilar tomonidan tuzilib ular tomonidan saqlangan
ba’zida “daftar” hisobot qaydnomalariga ilova sifatida yopishtirilgan1. Yer mulklari 
qaydnomalari ulardan farqli yuritilgan. Har uch yilda xon tomonidan tayinlangan 
“komissiya” tashkil etilgan. Komissiya boshida muftiy va a’lamlar turgan. Tanob 
roʻyxati maxsus yuborilgan yozib oluvchi tomonidan tuzilgan. Ularning haqiqiyligi 
muftiy va a’lamlar tomonidan tasdiqlangan va hujjatga tasdiqlovchi imzo va muhrlar 
qoʻyilgan. Bu roʻyxatda yer egalari Buxoro muzeyshunosligi va arxivshunosligi va 
ularning yer miqdori koʻrsatilgan. Ular adabiy tilida “parcha”, “boʻlak” deb 
nomlangan. Bir-biriga ketma-ket ulangan oʻramlar shaklida rasmiylashtirilgan. Xon 
devonxonasida xatlar, yozishmalar guruhlanib birbiriga ketma-ket ulangan ustun 
shakldagi hujjatlar ham yuritilgan. Boshqa Oʻrta Osiyo xonliklari kabi bu xonlikda 
ham hujjatlar rasmiylashtirilayotganda xon nomiga yuborilgan xat va murojaatlarga 
shaxs ism-sharifi koʻrsatilmagan, faqat xatning orqa tomonida yuboruvchi ismi 
koʻrsatilgan. XIX asr 60-yillarida hujjatlar 2 xil qogʻozda mahalliy Qo’qon va rus 
qogʻozlarida yozilgan. Xonlik va bek devonxonalarining vakolatli hujjatlari
shikoyat yorliqlari, ga’zna koʻrsatmalari rus qogʻozida, qolgan hujjatlar mahalliy 
qogʻozda amalga oshirilgan. Yettisuv viloyati ilmiy muassasasi yetakchi rahbari 
N.Pantusov xonlik devonxonasi hujjatlarini birinchilar qatorida oʻrganib shunday 
degan edi: rus harbiylari Qoʻqon shahridagi faoliyati natijasida xonlik saroyida arxiv 
qoldiqlari topilgan. Ular qipchoqlar hujumidan omon qolgan edi. Arxiv 
qogʻozlarining koʻpchilik qismi oʻram shaklida saqlangan. Bu hujjatlar xiroj, tanob, 
zakot kabi soliqlarning sobiq xonlik aholisidan yigʻilganligi, soliqlar miqdori va 
ularning oʻzgarishi kabi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan. Bu daftarlarning mingdan 
ortiq nusxasi saqlangan; ular orasida eng eskisi 10 yil oldinroq yaratilgan boʻlsa 
kerak. (oʻsha davrga nisbatan). Hujjatlar bir-biriga qoʻshilgan, ba’zi hujjatlarning 
boshi, oxirgi qismlari yoʻqolgan. Xonlikning sobiq mansabdor shaxslari tomonidan 
siyosiy gʻalayonlar davrida rasmiylashtirilgan hujjatlar oʻgʻirlangan. Arxiv oʻzida 
oʻlka tashkilotlari uchun oʻta muhim boʻlgan hujjatlarni saqlagan. Jumladan, aholi 
statistika ma’lumotlari, armiya, yer egaligi boshqaruvi, turli xil in’omlar jamlanmasi 


30 
va hokazolar1. Quyidagi hujjatlar ham saqlangan
23
: 1.Xonlik yerlarining miqdori va 
oʻlchami. 2. Mansabdor shaxslar soni (soliq toʻlovidan ozod qilinganlar). 3.Soliq 
imtiyozlariga ega boʻlgan diniy tashkilot mansabdor shaxslari. 4.Qoʻshimcha xiroj 
va tanob in’omlari. 5.Xonlik lashkari soni. 6.Lashkar saqlash xarajatlari. 
7.Mahsulotdan undiriladigan xiroj miqdori. 8.Hosildan xiroj yigʻimi (paxta, 
bugʻdoy, tamaki). 9.Xon xonadoni, saroy qurilishlarida boʻladigan xarajatlar. 
10.Qurol-yarogʻ tayyorlash xarajatlari. 11.Chorvadan olinadigan zakot yigʻimi 
miqdori. 12.Paxtadan xiroj toʻlashda kamomadlik. 13.Tanob yigʻimi miqdori. 
14.Ma’lum mahalliy yerlarga egalik qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar. 15.Harbiy 
qochoqlar soni. 16.Xon xazinasiga kelib tushgan sovgʻa va in’omlar. 17.Vaqf 
mulklari haqida. 18.Qoʻqon hududi aholisidan yigʻilgan tushumlar1. Xiva xonligi 
arxivi kabi Qoʻqon xonligi devonxona materiallari ham Rossiya imperiyasi 
tomonidan xonlikning bosib olinishi natijasida musodara qilingan. Hujjatlarni 
yigʻish va ularni mamlakatdan olib chiqish ishlariga A.Kun ishtirok etgan edi. Unga 
Sharq qoʻlyozmalarini yigʻuvchi va barcha ilmiy ishlarni nazoratchisi sifatida 
K.P.Kaufman bilan birgalikda Qoʻqonda harbiy harakat olib borayotgan bosh 
qarorgoh harbiylari tarkibida boʻlish vakolati berilgan. Sharq qoʻlyozmalari va 
hujjatlarini yigʻish xonlik bosib olingandan keyin ham davom etdi. 1876-yil 5-fevral 
kuni K.P.Kaufman general-leytenant Gerasim Kalpakov (1819-1896-y.) nomiga 
telegramma yuboradi. Unga koʻra Qoʻqon, Andijon, Margʻilondan sharq 
qoʻlyozmalari va soliq tushumlari yozib boriluvchi qaydnomalar, turkcha atalgan 
daftarlarni talab qilib olish vakolati general-leytenantga taqdim etish kerakligini 
ta’kidlaydi. Oʻz navbatida, G. Kalpakov bunday vazifani Fargʻona viloyati harbiy 
gubernatori M.Skobelevga yuklaydi. Buning oqibatida huquqshunoslik, tibbiyot, 
geografiya, boshqa sohalarga tegishli boʻlgan sharq qoʻlyozmalari va hujjatlarining 
ma’lum bir qismi yigʻilgan. Ular dastlab Toshkent xalq kutubxonasiga yuborilgan. 
Keyinchalik 1876-yil noyabr oyida K.P.Kaufman rahbarligida sharqshunos A.Kun 
tomonidan Qoʻqon xonlari arxiv hujjatlari va sharq qoʻlyozmalari Peterburgdagi 
23
Oʻz MA, I-126-fond,1-roʻyxat,kirish soʻzi, 4-varaq. 


31 
Imperator xalq kutubxonasiga taqdim etilgan. Qoʻqon xonlari arxiv hujjatlari Xiva 
xonlari arxiv hujjatlari kabi Peterburgga yuborilgandan soʻng, 80 yil mobaynida. 
Buxoro muzeyshunosligi va arxivshunosligi oʻrganilmagan, unga noaniq tadqiqot 
obyekti sifatida qaralgan, kutubxonaga qanday holda kelgan boʻlsa shunday holda 
qoplar ichida oʻramlar shaklida saqlangan. 1939-yilda
24
Sank-Peterburgda 
sharqshunos P.P.Ivanov Xivadan yuborilgan hujjatlar bilan ishlayotganida ular 
orasida tojik tilida yozilgan Fargʻona hujjatlarini topib oladi. Keyinchalik 
M.Yu.Yoʻldoshev ham Imperator xalq kutubxonasi fondida Qoʻqon xonlarining 
arxiviga mansub hujjatlar mavjudligini ta’kidlaydi. 1962-yilda Qoʻqon xonligi 
arxiviga aloqador 5026 varaqdan iborat 3 800 jamlanma hujjatlar va oʻrama 
hujjatlar Sankt-Peterburg kutubxonasidan hozirgi Oʻzbekiston Milliy arxiviga 
topshirildi. Imperiya hukumatining Markaziy Osiyoda mavjud xonliklar xususida 
ma’lumotlar yigʻishi xonliklar arxiviga daxl qilish orqali amalga oshirildi. Sharq 
olamidagi boshqaruv tizimi, davlatlararo va mamlakat ichida hujjat yuritish 
an’analari alohida va oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan. Xonliklardagi markaziy 
va mahalliy ma’muriyatlarda olib borilgan ish yuritish hujjatlari markazlashmagan 
holda edi. Shundan boʻlsa kerak xon va beklar, devonbegi kabi yuqori martabali 
kishilarga mansub hujjatlar alohida-alohida kotibiyatlarda saqlangan. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin