2.2 Buxoro qog’ozining tarixi va o’ziga xos uslubi
“Buxoro
16
qog‘ozi Samarqand qog‘ozi bilan bir vaqtda kashf etilgan. Buxoroda
Kobdin arig‘i bo‘yida 200 dan tegirmonlar bo‘lgan, ana shu tegirmonlardagi
ustaxonalarda bu qog‘oz ishlab chiqarila boshlagan. Samarqand qog‘ozidan farqi
Buxoro qog‘ozi juda yupqa holda bo‘lib, paxta, eski matolar hamda zig‘ir poyasidan
tayyorlanadi”. Ma’lumki, har bir davlat tarixini yoritishda arxiv hujjatlari alohida
ahamiyat kasb etadi. Tarixiy tadqiqotlarning manbaviy asosini shakllantirish va
milliy-madaniy boylik hisoblangan yozma va tasviriy hujjatlarni muntazam ravishda
jamlab borish va ularni but saqlanishini ta’minlashda davlat arxivlarining oʻrni
muhimdir. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud boʻlgan davlatlar va ularning
davlatchilik tarixini oʻrganish bugungi kun tarixchilari oldida turgan muhim
masalalardan biridir. Mintaqada tashkil topgan qadimgi davlatlarning boshquv
tizimi va xoʻjalik hayotini oʻrganish uchun oʻsha davrda yuritilgan hujjat va
manbalarning ahamiyati beqiyos. Markaziy Osiyoning oʻrta asrlar va yangi davr
15
Axmadaliyeva , N. Q. qizi. (2023). QOG‘OZNING O‘ZBEKISTONGA KIRIB KELISHI VA SAMARQAND QOG‘OZI.
16
Petr Yevgenevich Kornilov (1896-1981) tarixchi-san`atshunos olim 1927-1928- yillarda Termiz arxeologik
ekspeditsiyasi ishtirokchisi. U 1930-yilda Buxoroga keladi va 1932-yilgacha Buxoro o`lkashunoslik muzeyida
direktor o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.
24
tarixi “Xonliklar davri tarixi” deb qayd etilgan. Xiva va Qoʻqon xonligi, shu bilan
birga Buxoro amirligi oʻzbek davlatchiligi tarixida alohida ahamiyatga ega boʻlib,
ushbu davlatlar va ulardagi boshqaruv an’analari xususidagi ma’lumotlar mazkur
davr hujjatlarda oʻz aksini topgan. Xonliklardagi markaziy va mahalliy boshqaruv
tizimlarida rasmiy idoraviy hujjatlarni yuritish, saqlash, tartiblash kabi
xususiyatlarni oʻrganish muhimdir. Xon, devonbegi, qo’shbegi, mingboshi,
yasovulboshi, qozikalon, bek, munshiy, mirzaboshi, muftiy kabi lavozimlar va
ularning faoliyat doiralarida koʻrib chiqilgan masalalar va ularning yechimlari bilan
bogʻliq ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarning jamlanmasi arxiv muassasalari
tarixini oʻrganishda ham ahamiyatga molikdir.Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva
xonligining XIX asr soʻnggi choragida harbiy harakatlar asnosida egallanishidan
keyin xonlik siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini oʻzida aks etgan hujjatlar imperiya
hukumati ma’murlari ixtiyoriga oʻtdi. Ular bu kabi ma’lumotlarni qoʻlga kiritish
maqsadida harbiy harakatlarni amalga oshirishdan oldin maxsus ekspeditsiyalar
uyushtirgan va bu yoʻnalishda dasturlar ishlab chiqqan. Dasturlarda
17
tarixiy
geografiyaning
alohida
boʻlimlari
va
yozma
manbalar
majmuasi
mujassamlashtirilgan. Ular oʻz navbatida xonlikda mavjud va ilmiy ahamiyatga
molik sharq qoʻlyozmalarini (kitob rastalari, bozorlar, mansabdor shaxslar) qoʻlga
kitirish, shu bilan birga rasmiy hujjatlarni jamlash, toʻplash naqadar muhimligini
ta’kidlagan edi. Dasturning 4-bandida shunday deyilgan: “Shak-shubhasiz, hujjatlar
faqat rasmiy shaxslar xonadonida emas, balki oddiy odamlar xonadonida ham
topiladi, chunki qachonlardir oʻsha oddiy odamlarning ajdodi mansabdor shaxs
boʻlganlar. Ularda yorliqlar, shartnomalar yoxud ularning nusxalarini uchratish
mumkin. Masalan, oqsoqollar soliq tushumlarini qayd etib borishgan. Bu kabi
hujjatlarning hammasi ilmiy ahamiyat kasb etadi1. Mazkur dastur bandlarining
ijrosini ta’minlash maqsadida Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman Xiva
xonligiga uyushtirgan harbiy yurishlari davrida sharqshunos A.L.Kunning ishtirok
etishi xususida tegishli koʻrsatma bergan. A.Kun 1873-yil 5-oktabrda Turkiston
17
Ёдгоров У. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Арк қўрғонига ташрифи //Buxoronoma. 2017 йил 12 март.
25
general-gubernatori nomiga yoʻllagan hisobot xatida ekspeditsiya va oʻz oldiga
qoʻyilgan vazifalar ijrosi xususida atroflicha ma’lumotlarni taqdim etib:
1) xonlik haqidagi statistik-etnografik materiallar;
2) Xiva saroyini egallanishidan soʻng sharq qoʻlyozmalari, tanga va hujjatlar
musodara qilinishi;
3) ayollarning kumush taqinchoqlari, ularning bir qismi tijorat, bir qismi kontributiv
mol-mulklar ekanligi, turkman va turkmanlar ayolining kostyum kolleksiyalari
(jamlanmalari);
4) Xiva xoni taxti musodara qilingan;
5) chaqa tanga soʻqish uchun moʻljallangan xon muhrlari,Buxoro muzeyshunosligi
va arxivshunosligi shtamplari;
6) Koʻhna Urganchda chiqarilgan tamgʻalar qoʻlga kiritilganligini ta’kidlagan.
Sharq qoʻlyozmalari kolleksiyalarning bir qismi va Xiva xoni taxti Osiyo muzeyiga,
kitoblar, hujjatlar, kumush buyumlar, kiyim-kechaklar, qadimiy tangalar, muhrlar
Imperator ommaviy kutubxonasiga yuborildi. A.Kun ta’rifiga koʻra saroyni
musodara qilishning ikkinchi kunida 300 tagacha qoʻlyozma yigʻib olindi. Ular
orasida 140 tomlik 129 tarixiy insholar, 30 tomli 20 dan ortiq sharq shoirlarining
ijodiy majmuasi 40 huquqiy - sha’riy insholar (50 tom), Qur’oni Karimning 18
nusxasi, hamda 50 dan ortiq darsliklar bor edi. A.Kun
18
fikricha, Yunus Mirabning
“Xiva xonlari tarixi” risolasi qoʻlga kiritilgan barcha qoʻlyozmalar ichida eng
bebahosi edi. Yunus Mirab xon saroyida rasmiy tarixnavis boʻlib faoliyat yuritgan.
Ushbu qoʻlyozmada Rossiya imperiyasi bosqinidan ancha oldin hukmronlik qilgan
Qoʻngʻirotlar sulolasi asoschisi, Eltuzarxondan boshlangan xonlik shajarasi tarixi
oʻz aksini topgan edi. Bu qoʻlyozma oʻz navbatida Xiva xonligi davlat an’anasiga
binoan avloddan avlodga meros boʻlib qoluvchi lavozim-rasmiy tarixnavislar
tomonidan yozilgan. Osiyo muzeyi 1818-yil noyabr oyida Rossiya imperatori Pyotr
18
Aдам Мец. Мусулманский ренессанс. М.; 1973-г. c-372
26
I davridan boshlab oʻz faoliyati boshlagan. Muzey
19
asosan Rossiyadagi eng yirik
sharq qoʻlyozmalar, kitoblar va tangalar fondiga ega boʻlgan. 1917-yilda eng yirik
kutubxonali muzeyga aylangan. 1921-yildan muzey huzurida sharqshunos olimlar
Kollegiyasi ta’sis etiladi. 1926-yilga kelib uning fondlarida 200 mingdan ziyoda turli
sharq tillardagi kitoblar, jurnalar va qoʻlyozmalar toʻplangan. 1930 -yilga kelib esa
muzeyning sharqshunoslar Kollegiyasi SSSR FA Sharqshunoslik insitutini tashkil
etishda asosiy rol oʻynagan. Muzeyda X.D.Fren (birinchi direktor), B.A.Dorn,
S.F.Oldenburg, V.V.Bartold, I.Yu.Krachkovskiylar
20
faoliyat yuritganlar. 1992 -
yildan mazkur muzey Rossiya davlat sharq muzeyi maqomida faoliyat olib
bormoqda. Imperator ommaviy kutubxonasiga 1795 -yilda quricha Yekaterina II
tomonidan Sankt-Peterburg shahrida asos solindi. 1925-yildan boshlab Rossiya
jamoat kutubxonasi deb nomlangan.1932-yildan boshlab kutubxona M.Ye.Saltikov-
Shedrin nomi bilan yuritila boshlangan.1992-yil 27 mart sanasidan boshlab bu
muassasa Davlat jamoat kutubxonasi deb oʻzgartirlgan Xivaga yurish vaqtida
mazmuniga koʻra quyida aks ettirilgan arxiv ma’lumotlari ham toʻplangan: 1)
moliyaviy masalalar (xonlik daromadi va xarajatlari) ; 2) vaqf va mulk shakldagi yer
hujjatlari; 3) rasmiy nomalar ( turli xil diplomatik yozishmalar, iltimosnomalar).
Birinchi (guruhda) oʻrinda salgʻut soligʻi qaydnomalar kitobiga e’tibor qaratilgan.
Ikkinchi xonlik xarajatlari haqidagi devonbegi Matmurod hisobotlari turgan.
Uchinchi Buxoro, Kralinsk, Konstantinopolda yashovchi xivalik savdogarlarining
Xiva xoniga yuborgan iltimosnomalari. Ma’lum yerga ega boʻlish uchun yer
masalalarini kengaytirishga nisbatan aytilgan fikrlar kiradi. Diplomatik yozishmalar
orasida Ost-Indiya kompaniyasi general-gubernatori Nors Bruk nomasi, turk
sultonlari nomalari, ruxsatnomalar bor boʻlib ular rus elchisi Danilevskiy, Xiva xoni
hamda Turkiston general-gubernatori bilan olib borgan yozishmalari ham oʻrin
egallagan. A.Kunning yuqorida keltirgan muhim arxiv materiallarining tarkibi
mukammal emas degan fikri asosli boʻlib, ushbu arxiv hujjatlarni tadqiq etganida
19
Альмеев Р.В. Бухара город-музей. –Ташкент: Фан, 1999. –С.20; Курбанов Г.Н. Бухарскому краеведческому
музею-60 лет //Общественные науки в Узбекистане. – Ташкент: 1983. № 1. – С.64-65; Корнилов П.Е.
Государственный Бухарский музей //“Советский музей”. –Москва: 1931. №4. -С. 92-96.
20
Технология целлюлозно-бумажного производства том 2 (Часть 1). – СПб.: Политехника. 2005. – 423 с
27
ikki muhim vaziyatni qayd etgan. Birinchidan, Rossiya imperiyasining bosqinchilik
siyosati va siyosiy vaziyatlari bilan boʻgliq chigalliklar. Ikkinchidan, Markaziy
Osiyo xonliklarida davlat arxivlari va yozma hujjatlarni saqlash an’analari
shakllanmaganligi hamda bu kabi hujjatlarni saqlash maqsadida maxsus joylar
ajratilmaganligini ham alohida ta’kidlaydi. Biroq shuni ta’kidlash lozimki, A.Kun
tomonidan sharq qoʻlyozmalari toʻplangan boʻlsa-da, ular orasida Xiva xonligining
hujjatlari achinarli ahvolda boʻlgan. N.P.Ostroumovning kundalik qaydlarida
yozilishicha, 1891-yili 5- sentabr kuni Xiva xonligi bosh kotibi Mirza Boshi Polvon
bilan uchrashganida u Kunning Xiva xonligidan 1500 turli xil mazmundagi
hujjatlarni olib ketib, qayiqda qaytayotganini bildiradi. Shu paytda hujjatlarni
ma’lum qismi suvda namlanib qolganidan madrasadan 150 mulla soʻraganini,
mullalar yordamida hujjatlarni quritishga harakat qilganini aytib beradi. Shunda
ayrim hujjatlar mullalar tomonidan Buxoro
21
muzeyshunosligi va arxivshunosligi
olib qoʻyilib yashirilganligini va Mirzaboshi ushbu hujjatlarning ma’lum qismi
Buxoroda ekanligini ham qayd etgan1. Xiva xonlari arxivi asosan qoʻshbegi,
devonbegi, mehtar devonxonalari hujjatlarining yigʻindisidan tashkil topgan.1948-
yilning iyul oyida Xorazm viloyati davlat arxivi “Xiva xonligi konselyariyasi”
fondida saqlangan hamda 1874-1917-yillar voqealarini qamrab olgan 98
jamlanmadan iborat arxiv hujjatlari Oʻzbekiston Markaziy davlat arxiviga
topshirildi. Bular asosan Amudaryo boʻlimi boshligʻining Xiva xoni devonxonasi
bilan soliq yigʻimi, jinoiy va fuqaro ishlari xususida olib borgan yozishmalaridan
iborat boʻlgan. Bir yildan soʻng mazkur fond Qoraqalpogʻiston hududidan olingan
turli xildagi qozilik, vaqf mulklari hujjatlari, xonlik aholisining murojaati,
devonxona kitoblari (soliq tushumlari, muayyan yer egalarining yer hajmlari, suv
inshootlarini tozalashda ishtirok etgan ishchilar xususidagi statistik ma’lumotdan
iborat hujjatlar bilan toʻldirilgan. 1960-yillarda respublika Arxivi ishi boshqarmasi
rahbarligida Xiva xoni arxiviga tegishli hujjatlarning aholi orasida izlashi, sotib olish
ishlari olib borish maqsadida ekspeditsiya tashkil qilinadi. Xorazm viloyati davlat
21
2Альмеев Р.В. Музей Узбекистана и социально-культурные перспективы их развития. –Ташкент:
Издательско-полиграфический творческий дом имени Г.Гуляма, 2007. –С.49
28
arxivi ishchilaridan iborat ekspeditsiya tarkibiga MDA xodimi S.Davletshina
boshliq etib tayinlangan. Bu ekspeditsiya 1961-yilning iyun oyida amalga oshirilgan
tadbirlari natijasida mahalliy aholidan 111 ta hujjat sotib oldi va 120 tasini bepul
qoʻlga kiritdi. Shu bilan birga Qaraqalpogʻiston mintaqasida yashovchi aholidan 35
ta hujjat sotib olindi, 15 ta hujjat esa bepul qoʻlga kiritildi2. Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy davlat arxivi(hozirda esa ushbu muasssasa Oʻzbekiston
Milliy arxivi deb nomlanadi)ning Xiva xonligi konselyariyasi fondi 1962-yilga
kelib. M.E.Saltikov Shedrin nomidagi Davlat ommaviy kutubxonasi, (avvalgi
Imperatorlik jamoat kutubxonasi hozirgi paytda Rossiya Milliy Kutubxonasi deb
nomlangan) – tomonidan 10158 varaqdan iborat arxiv hujjatlari bilan toʻldirildi.
Keyingi yillarda hujjatlarga ilmiy texnikaviy ishlov berildi, hujjatlarning izohi
tuzilib, ish hujjatlari tartibga keltirildi. 1988-yil 20-aprelda fond toʻliqligicha
qimmatli ekanligi ekspertlar tomonidan belgilandi. Hozirgi kunda arxiv fondida
1269 birlikdagi hujjatlar saqlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |