1.2 Samarqandda qog’oz ustaxonalarining paydo bo’lishi
1460-yillarda bu ustaxonalar hazrat Xo‘ja Ahror vali mulkiga aylangan.
Yillar Qog‘oz ishlab chiqaruvchi ustaxonalar
1).751 Samarqand shahrida birinchi qog‘oz ishlash ustaxonasi ishga tushgan.
2).1420–1470 Kashmir hukmdori Zaynul Obiddin
5
Samarqand ustaxonalarida
qog‘oz olish bilan shug‘ul-lanuvchi ustalardan bir guruhini Kashmirga olib borib
qog‘oz ishlashni yo‘lga qo‘ygan.
3).1450 Samarqanddagi qog‘oz ustaxonalari Xo‘ja Ahror vali mulkiga aylangan.
4).1520 Samarqand qog‘oz ustaxonasi Qorasuv arig‘i sohilida joylashgan bo‘lib,
quvvati 7–8 tegirmonga yetkazilgan, qog‘oz sifati dunyoga mashur bo‘lgan.
5).1715–1720 Qo‘qon, Buxoro va Toshkent shaharlarida qog‘oz ustaxonalari ishga
tushgan.
5
Иванов С.Н. Технoлогия бумаги. – М.: Лесная пром-сть, 1970.695 c
15
6).715–1724 Qo‘qondan 2,5–3 kilometr narida Cherku qishlog‘i yonida tashkil
etilgan qog‘oz ustaxonasi chamasi 200 yilcha faoliyat yuritgan. Ustaxonani tashkil
qilgan ustaning so‘nggi avlodlari – usta Ubaydulloh Oripov va usta Marazaq eshon
Mayaqubovlar 50 yilga yaqin ishlab,
7).1924-yilgacha qog‘oz ishlab chiqarishgan. Ular yashagan mahalla “Qog‘ozgir”
deb yuritilgan.
8).XIX asr oxirlari Toshkentda Ahmad savdogarning 20 nafar ishchilik qog‘oz olish
manifakturasi ishlab turgan.
9).1915 Toshkentda dudsiz porox olish uchun selluloza zavodini qurish boshlandi.
1921–1922-yillarda zavodda 158 ishchi ishlagan.
10).1918 Buxoroning Gurbun dahasida 40 nafar ishchiga ega 5 bo‘lgan pul qog‘ozi
oladigan ustaxona 1922-yilgacha ishlab turgan.
11).1932 Toshkentdagi qog‘oz
6
fabrikasi (dudsiz porox olish uchun selluloza zavodi
asosida) ishga tushdi (hozirgi nomi “O‘zbek qog‘ozi” AJ).
12).1988 Angren karton ishlab chiqaruvchi fabrika foydalanishga topshirildi.
13).1995 Toshkent qog‘oz fabrikasi qurildi.
14).1997 “Nambum” qo‘shma korxonasi (Namangan qog‘oz fabrikasi).
15).2000 Yangiyo‘l shahrida paxta sellulozasi va qog‘ozi olish fabrikasi ishga
tushdi.
16).2002 Farg‘ona shahrida paxta sellulozasini olish korxonasi ishga tushdi.
Shundan so‘ng qog‘oz ishlab chiqarish birmuncha rivojlandi. Xoja Ahror vali
ustaxonalarga yaqin yerlarda bir necha do‘kon qurdirib, qog‘oz savdosini ham
kengaytirgan. Afsuski, yong‘in tufayli bu ustaxonalar va do‘konlar katta talafot
ko‘rgan. Samarqand qog‘ozi o‘rta asr Sharq xattotlari orasida g‘oyat qadrli bo‘lib,
muayyan qismi o‘lkalarga ham chiqarilgan. Qog‘ozning ko‘payishi ilm, ma’naviyat
va ma’rifat nurlarining taralishiga katta imkoniyat ochdi. Biz bayon etgan
texnologiya, asosan, 1200-yil davom etdi. Qo‘lingizdagi kitob “Kimyoviy
texnologiya”, “Selluloza ishlab chiqarish” va “Qog‘oz ishlab chiqarish” fanlarini
6
. Кларк Дж. Технология целлюлозы. – М.: Лесная пром-ость, 1970.
16
o‘rganayotgan institut kimyogar texnologlari – bakalavr va magistrlari uchun o‘quv
qo‘llanma hisoblanadi. Shu bilan birga bu kitob selluloza-qog‘oz
7
ishlab chiqarish
korxonalarida xizmat qilayotgan muxandis-texnik xodimlari uchun ham foydali
adabiyot deb hisoblaymiz. O‘quvchilar tomonidan aniqlangan darslikdagi kamchilik
va nuqsonlarni mualliflar minatdorchilik bilan qabul qiladilar.
Jahonning ko‘plab davlatlarida qadimdan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi
bo‘lgan. Misrda papirusdan tayyorlangan qog‘ozlar, sharqda xitoy va yapon
qog‘ozlari bunga misol bo‘la oladi. Samarqand ipak qog‘ozi esa o‘zining
umrboqiyligi, silliqligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lganligi, suvda
ivimasligi va ayniqsa o‘ziga xos shaqirlashi bilan shuhrat qozongan.
Kun.uz ijodiy guruhi Samarqand tumanidagi Konigil
8
qishlog‘ida bo‘ldi. Bu
yerda Samarqand qog‘ozi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ‘ ‘Konigil Meros’’
hunarmandchilik korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning rahbari Zarif
Muxtorovning aytishicha, 1994 yilda YUNESKO tashabbusi bilan Buxoroda o‘tgan
xalqaro konferensiyada ilk bor Samarqand qog‘ozi
9
haqida gap boradi.
Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarilmayotganiga qariyb ikki asr bo‘lib qo‘ygan edi.
Zarif Muxtorov qadimiy kitoblarni, ensiklopediyalarni titadi. Samarqand
qog‘ozini ishlab chiqarish texnologiyasini tiklash bo‘yicha naq besh yil o‘z uyida
tajriba o‘tkazadi va nihoyat o‘z maqsadiga erishadi. Samarqand qog‘ozi ishlab
chiqarishning sirli joyi yo‘q: bir yillik tut novdalari kesiladi, ular suvda 4 kun
ivitiladi. Keyin po‘stlog‘i novdalardan ajratiladi. Ajratilgan po‘stloqning qobig‘i
pichoqda shilinadi. Ichki qismi 4 soat davomida qaynatiladi. Po‘stloq
yumshoqlashadi. So‘ngra u suvda yuvilib, tegirmonda 8-10 soat mobaynida
7
Атлас древесины и волокон для бумаги / Е. С. Чавчавадзе, З. Е. Брянцева, Е. В. Гончарёва и др. – М.: Ключ.
1992.
8
Миркамилов T .M . Технология хлопковой целлю лозы . Ташкент, « Фан » , 1996 г., стр . 266. 2. Б .Г .
Кадыров , Ю .Т . Ташпулатов , М .Т .Примкулов . Технология хлопковоголинта , целлюлозы и бумаги.
Ташкент,Фан.2005.
9
Grant R. Getting set for a quantum leap in soft calendaring technology // Palp & Paper internatiole. – 1995. – V.
38. – № 11. – Р. 25 – 27
17
yanchiladi. Yanchilgan massa suvga solinadi va qo‘zg‘alganda titilib ketadi.
Elaksimon formada u tutib olinadi. Tut po‘stlog‘idagi tolalar biri birining ustiga
yotib, to‘qima hosil qiladi. Uni so‘nggi suv tomchilaridan siriqtirish uchun press
ostiga qo‘yiladi. Hali nam qog‘oz taxta sirt yoki deraza oynasiga yopishtirib,
quritiladi.
So‘ngra 2-3 soat davomida agat toshi, dengiz chig‘anog‘i, qoramol shoxi kabi
vositalar yordamida qog‘ozning har ikki tarafi hafsala bilan silliqlanadi. Zarif
Muxtorovning aytishicha, xorijlik mutaxassislar bu yerda tayyorlangan qog‘ozning
strukturasini mikroskop ostida puxta o‘rganib chiqib, qadimiy Samarqand qog‘ozi
to‘liq tiklanganini ta'kidlashgan.
Ayni paytda “Konigil Meros” korxonasida bu mashaqqatli jarayonlar
mahalliy va xorijlik sayyohlarga namoyish etib berilmoqda. Ta'kidlash joizki,
Samarqand qog‘ozi mutlaqo chiqitsiz texnologiya hisoblanadi. Tutning po‘stloqdan
ajratilgan novdalari miniatyuralar uchun ramkalar, turli panjaralar yasash uchun
ishlatiladi. Qattiq qobiqdan karton ishlab chiqariladi.
Bugungi kunda korxonada kuniga 100–120 dona turli hajm, zichlik va
ranglardagi qog‘oz ishlab chiqarilmoqda. Zarif aka qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha
15 nafarga yaqin shogirdlar tayyorlagan, shu qishloqning yosh xotin-qizlari ish bilan
ta'minlangan. Ular turli buyumlar yasashadi, chizishadi, bo‘yashadi. Qadimiy
hunarmandchilik korxonasidan turistlarning qadami uzilmaydi. Bu yerdan ular
Samarqand qog‘ozidan yasalgan turli suvenirlarni xarid qilishadi. Ushbu
qog‘ozlardan asosan qadimiy qo‘lyozmalarimizni rekonstruksiya qilishda
foydalanilmoqda.
|