Stolni tanlash
Stol imkoni boricha katta bo‘lishi lozim. Bu asosiy shartdir, chunki agar
barcha moslamalarni o‘rnatish uchun joy kamlik qilsa, ergonomika to‘g‘risida
eslamasa ham bo‘ladi. Stolning balandligi qorin o‘rtasi bilan bir sathda bo‘lishi,
oyoqlar polda tekis turishi, bo‘ksa pol bilan parallel bo‘lishi, gavda esa tik
holatda bo‘lishi kerak.
Shuningdek, stol qancha og‘ir bo‘lsa, shuncha yaxshi. Stol qimirlamay,
mahkam turishi kerak, chunki vibratsiya – texnika dushmandir. 2ta stolni to‘g‘ri
burchak ostida bir-biriga yonma-yon qilib qo‘ysangiz undan ham yaxshi, bunda
ikkinchi stolni ishlayotgan qo‘lingiz sichqonchadan bemalol foydalanishi uchun
o‘ng
tomonga
qo‘ying.
Stol
va
devor
o‘rtasi
ochiq
tursin.
Yaxshisi kompyuter uchun maxsus stol olganingiz ma’qul.
Monitor
Yassi ekranli monitorda ishlang. Transportda ketayotib, o‘qish ko‘z uchun
juda zararlidir.Xuddi shuningdek, bo‘rtib chiqqan ekranli monitor bilan ishlash
ham sog‘liq uchun ziyondir, uzoq vaqt davomida ekran markazidan uning
chetlariga qarab ishlaganda gavhar mushaklari huddi transportda o‘qiyotgandagi
kabi ishni amalga oshiradi. Gavhar mushaklarining toliqishi spazmaga olib keladi
va natijada ko‘rish qobiliyati 3ta birlikkacha yo‘qolishi mumkin.
Monitorni qanday tanlamoq va o‘rnatmoq kerak?
“Ish joyingizni tashkil etishga alohida ahamiyat bering: monitorgacha
bo‘lgan masofa 40-50 smdan kam bo‘lmasligi; 2ta ishlayotgan kompyuter
orasidagi masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi shart, aks holda ulardan chiqayotgan
magnit maydonlari birlashib, nur taratishni kuchaytiradi. Nur kamroq taralishi va
ko‘zlarga yuk kamroq tushishi uchun monitordagi tasvir ravshanligi minimal
darajada bo‘lishi kerak.
45 daqiqa davomida kompyuterda ishlang, 15 daqiqa dam oling, xonani
tez-tez shamollatib turing. Ish joyingizni to‘g‘ri yoritish yodingizdan chiqmasin.
Ekranga nurlar tushmasligi uchun yorug‘lik chap tomondan tushishi kerak.
Texnika xavfsizligi qoidalariga qatoiy amal qiling.
Agar o‘z xavfsizligingiz va sog‘lingiz haqida qayg‘ursangiz, o‘zingizga
g‘amxo‘rlikni sifatli texnika sotib olishdan boshlang. Yaxshi monitorlarda turli
yo‘nalishda nur taralishini kamaytirish maqsadida ekran usti va korpus ichi
himoya qoplamasi bilan qoplanadi. Bunday monitorlarda SO logotipi va Low
radiation ( past nur taratilishi) degan yozuvlar bo‘ladi.SO himoyasi standartlari
o‘z klassifikasiyaga ega:92-elektromagnit nur taralishidan himoya; 7-monitor
korpusi himoyasi va uni tayyorlashda tarkibida toksik moddalar bo‘lmagan
plastmassadan foydalanish; 99-avvalgilariga qo‘shimcha tarzda kelgusida
texnikani utilizatsiya qilish imkoniyati.
Bu himoya qoplamalarining barchasi nur taratilishini to‘liq to‘xtata
olmaydi, lekin ma’lum darajada kamaytiradi. Darvoqe, zamonaviy suyuq kristalli
monitorlarning nur taratishi minimal darajada, ekranlarning antiblokli himoyalari
esa ko‘zni asrashga yordam beradi. Himoya qoplamalarida iqtisod qilish -
kompyuter texnikalari narxini arzonlashtirish usullaridan biri ekanligi bejiz
emas”.
Dostları ilə paylaş: |