A. G. Abdukadirov 2017 y



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/42
tarix22.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134093
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
395121 (1)

Ko‘zoynak tanlash 
Ko‘zlaringizning ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lsa va qoidalarga amal 
qilsangiz, qo‘rqmang, ko‘rish qobiliyatingiz pasaymaydi. Ko‘zoynak taqsangiz 
va ayni paytda ko‘zoynakni olish yodingizdan ko‘tarilgan bo‘lsagina monitorga 
yaqinroq surilib o‘tirishingiz mumkin. Lekin ko‘zoynagingiz bor bo‘lsa, 
kompyuter bilan ishlayotganda albatta taqib oling. 
Yaqinni ko‘ra olmaydiganlar va astigmatizmi borlar kompyuter bilan 
ishlaganda uzoqni ko‘ra olmaydiganlarga nisbatan tezroq charchaydilar, natijada 
bosh og‘riy boshlashi mumkin. U holda ko‘z shifokori bilan Maslahat qiling va u 
sizga ko‘zlar uchun maxsus mashqlar kursini belgilaydi. Kompyuterda 3-4 soat 
davomida ishlagandan so‘ng ko‘zlarga dam bermoq zarur. 
Ko‘rish qobiliyatining turli nuqsonlari bor bo‘lgan taqdirda kompyuter 
bilan ishlashda nimalarga ahamiyat bermoq kerak? 
Bunday odamlar kompyuter bilan ishlashidan avval bajariladigan ish turi 
va uning qanchalik og‘irligi, shuningdek, nuqson xarakterini eotiborga olishlari 
kerak. Rossiya Federatsiyasi tibbiiy sanoat Sog‘liqni saqlash vazirligining bu 
haqdagi hujjatida ishga qabul qilinayotganlar avval oftalmolog ko‘rigidan 
o‘tishlari shart ekanligi aytib o‘tilgan. 
I-toifali og‘irlikdagi ishlar ko‘zlarni zo‘riqtirmaydi, bunday ishlar bilan 
shug‘ullanadigan shaxslarning maxsus ko‘rikdan o‘tishlariga hojat yo‘q, lekin 
hech bo‘lmaganda ko‘zlarning birining korreksiyali ko‘rish darajasi 0.4dan kam 


bo‘lmasligi kerak, shunda standart shriftni 60-70 sm masofadan bemalol o‘qiy 
olish mumkin, ko‘rish qobiliyati past bo‘lsa shriftni kattalashtirish, yani ishchi 
dasturni o‘zgartirish kerak bo‘ladi. 
II-toifali og‘irlikdagi ishlarda ko‘zlar zo‘riqadi. Bunday ishga qabul 
qilinayotgan shaxslar yaqinni va uzoqni ko‘rish darajalari 8.0 dptr gacha
astigmatism 3,0 dptr.gacha, korreksiyali ko‘rish ravshanligi darajasi 0.5/0.2 
bo‘lishi mumkin, kompensatsiyasiz va subkompensatsiyali glaukomasi bor 
shaxslar ishga qabul qilinmaydilar. 
III-toifadali og‘irlikdagi ishlar operatorlarning ko‘rish aozolariga yanada 
kuchliroq talablarni qo‘yadi. Yaqinni ko‘ra olmaslik darajasi 2,0 dptr. gacha, 
uzoqni ko‘ra olmaslik 5,0 dptr.gacha astigmatizmi 1,5 dptr.gacha korreksiyali 
ko‘rish ravshanligi 0,9/0,6dan past bo‘lmasligi kerak. Avvaldan ishlayotganlar 
uchun yaqinni ko‘ra olmaslik darajasi 3,0 dptr.gacha, uzoqni ko‘ra olmaslik 
darajasi 6,0 dptr.gacha, astigmatism 2,0 dptr.gacha, korreksiyali ko‘rish 
ravshanligi esa 0,7/0,5 dan past bo‘lmasligi kerak. 
Ishga qabul qilinayotganlarda akkomodatsiya hajmi uning yoshi bilan mos 
bo‘lishi lozim (20 yoshgacha –5,0 dptr, 21-25 yoshdagilar –4 dptr, 26-30 
yoshdagilar-3,0, 31-35 yoshdagilar –2,0 dptr, 35 yoshdan oshganlar uchun 
bunday talablar yo‘q). 
Ko‘z ichi bosimining oshishiga moyilligi bor shaxslar ishga qabul 
qilinmaydi. Ko‘z shamollashi va allergik kasalliklar oqibatida ko‘zlaridan yosh 
oqish, yorug‘likdan qo‘rqish va boshqalar, ko‘z pardasi va ko‘rish nervi 
kasalliklariga uchragan shaxslar ikkinchi va uchinchi toifali og‘irlikdagi ishlarga 
qo‘yilmaydilar. 
Rangli ma’lumotlarga ega dasturlar bo‘yicha ishlashda ranglarni ajrata 
bilish qobiliyatining buzilishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holdir (qizil rangni ajrata 
olmaslik – pronotopiya, yashil rangni ajrata olmaslik – deyteranopiya). 
Displeylardan 
foydalanuvchilarning 
optik 
korreksiyasi 
tamoyillari 
korreksiyaning umumiy tamoiyllaridan farq qilmaydi. 


Uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligi endi rivojlana boshlagan bolalar va 
o‘smirlar uchun ko‘zoynaklar, odatda, faqat uzoqni – sinf xonasi yoki 
auditoriyada ishlash, kino, teatr tomoshalari va televizor ko‘rish uchun tavsiya 
etiladi. Bunday odamlarga kompyuter bilan ishlaganlarida ko‘zoynak taqishning 
keragi yo‘q. Lekin bolalarning ekranga juda yaqin o‘tirishlariga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak. Ko‘z va ekran orasidagi masofa 50 smdan kam bo‘lmasligi lozim. 
Uzoqni ko‘ra olmaslik darajasi kuchli bo‘lsa, kompyuterda ishlash uchun 
boshqa ko‘zoynak kerak bo‘ladi. Ammo ular uzoqni ko‘rishga yordam beradigan 
ko‘zoynakdan 1,0-1,5 dptr.pastroq bo‘lishi lozim, shunda akkomodatsiyaga 
ortiqcha zo‘riqish kelmaydi. Kompyuter bilan ishlashda taqiladigan ko‘zoynak 
matning 65-75 sm masofadan bemalol o‘qilishini taominlashi kerak. 
Doimo ko‘zoynak taqib yuradigan katta yoshdagilar (uzoqni ko‘rmaydiganlar) 
kompyuter bilan ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynakni faqat o‘z ko‘zoynagida 
gazeta shriftini 60-70 sm masofadan (ekrangacha) va ko‘zdan 30-33 sm 
(matngacha) masofada qiynalib o‘qisa taqishi mumkin. Agar bir ko‘zoynakda har 
ikkala masofadan ham o‘qiy olmasa, u holda bunday odamga bifocal ko‘zoynak 
tavsiya etiladi. 
Kontakt linzalarini taqadiganlar ekran va matnni yaxshi ko‘rayotganlariga 
ishonch hosil qilishlari darkor. Ishlash uchun zarur bo‘lsa, qo‘shimcha 
ko‘zoynak tavsiya etilishi mumkin. 
Ko‘zi yaqinni ko‘ra olmaydiganlar uchun ko‘z xiralashganida yoki g‘ilay 
bo‘lsa yoki ishlash oqibatiga kishi charchasa, ko‘zoynak tavsiya etilladi. 
Bolalarga ko‘zoynakni doimo taqib yurish tavsiya etiladi. Katta yoshdagilar 
uchun yo doimo taqish, yo bo‘lmasa yaqin masofada ishlash uchun tavsiya 
etiladi. Monitorda ishlash uchun ko‘zoynak uzoqni ko‘ra olmaydiganlar uchun 
kabi tanlanadi: u ekrandagi matnning 60-70 sm masofadan bemalol ko‘rinishini 
taominlashi kerak. Buning uchun ko‘zoynak uzoqni ko‘rishida yordam beradigan 
ko‘zoynakdan ancha kuchliroq, yaqinni ko‘rsatadigan ko‘zoynakdan bir oz 
kuchsizroq bo‘lishi kerak. 


Astigmatizm refraksiyaning mustaqil ko‘rinishi hisoblanmaydi. U 
ko‘zning bir oz “yapasqi” bo‘lishi, uning sfera shaklidan og‘ishi va ellipsoid 
shakliga yaqinlashishidir. 
Agar xodim ilgari ham astigmatik ko‘zoynak taqqan bo‘lsa yoki ekran 
bilan ishlash mobaynida qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan astigmatizm 
aniqlangan bo‘lsa, u holda kompyuter bilan ishlash uchun bunday xodimga 
astigmatik ko‘zoynak tavsiya etiladi. Lekin bunday hodisa kamdan-kam 
uchraydi, va ko‘zoynak tanlayotganda silindrlar haqiqatdan engillik 
keltirayotganiga ishonch hosil qilish zarur. Ko‘p hollarda xodim odatda 
taqadigan ko‘zoynagini taqib yurishi mumkin. Muhimi, ekrandagi yozuvni 
yuqorida berilgan masofalardan bemalol ko‘ra olsin. 
Presbiopiya (yosh ulg‘ayganda yaqinni yaxshi ko‘ra olmaslik) – odatda 
35-40 yoshlarda rivojlana boshlaydi va 60 yoshlarda rivojlanish to‘xtaydi. 
Presbiopiyaga uchragan odamlarga yaqin masofada ishlash uchun ko‘zoynak 
tavsiya etiladi. Displey bilan ishlaydiganlar uchun presbiopik ko‘zoynak o‘qish 
uchun taqiladigan ko‘zoynakdan bir oz kuchsizroq bo‘lishi kerak,chunki bu 
ko‘zoynakda ekran ham (60-70 sm), matn ham (30-38 sm) aniq ko‘rinishi kerak. 
Kompyuterda 
ishlaydigan 
xodimlar 
uchun 
maxsus 
svetofiltrli 
ko‘zoynaklar ishlab chiqariladi. Bu ko‘zoynaklar rang xarakteristikalarining 
inson ko‘zlarining spektral sezuvchanligiga yaqinlashtirishi yo‘li bilan monitor 
ekranidagi tasvir kontrastini kuchaytiradilar. 
Bunday filtrlar bilan har qanday linzalarni qoplash mumkin. Faqat 
reseptga “COM” deb yozib qo‘yish kerak, bu kompyuter bilan ishlash uchun filtr 
bilan qoplangan degani. 


Agar siz yuqoridagi qoidalarga amal qilmasangiz, quyidagi kasalliklarga 
chalinishingiz xavfi bor; 
- ko‘rish qobiliyatining pasayishi; 
- astigmatizm; 
- yorug‘likdan qo‘rqish; 
- umurtqa pog‘onasining istagan qismi osteoxondrozi; 
- gemorroy; 
- varikoz; 
- kichik tos aozolari xastaliklari; 
- qo‘llarning pay xaltalari xastaliklari; 
- yurak-tomir xastaliklari. 
Va eng asosiysi-ishlash uchun doimo qulay sharoit bo‘lsin. 
Ish kuni oxiriga kelib tanangizda zo‘riqish va charchoq his etmasangiz, demak, 
ergonomika etarli darajada deb hisoblanadi. 


XULOSA 
Men usbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida aloqasi korxonalarida 
VPN tarmog‘ini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini oʻrgandim. Tarmoq 
turlari, tarmoqdasturlarini oʻrnatish ishlah samaradorligin oshirish usullarini bayon 
qilishga xarakat qildim. Kirish qismida kompyuter va axborot texnologiyalari
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib 
borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish haqida fikrlar keltirdim. 
Sanoat korxonalarining ijobiy ko‘rsatkichlarini ortishi haqida va tarmoq 
operatsion tizimlari haqida ma’lumotlar oʻrganib tarmoq dasturlarin oʻrnatdim. 
Tarmoqlarning xarakteristikasi va ularning qo‘llash xususiyati, NetWare 
tarmog‘I, Server tizimlari, Unix operatsion tizimi, tarmoqni tashkil etishda 
kabellarni ahamiyati, Wi-Fi tarmog‘i va uning afzalliklari haqida ma’lumotlar 
keltirilgan. Pochta aloqasi korxonalarida VPN tarmog‘ini tashkil etish xususiyatlari 
oʻrganib chiqdim. 
Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlar va ularning turkumlanishi. 
himoyalangan korporativ tarmoqlarni qurish uchun VPN echimlar hamda kanal va 
seans sathlarda himoyalangan virtual kanallarni qurish haqida ma’lumot keltirdim. 
Mehnat muhofazasi bo‘limida kompyuter bilan ishlash qoidalari va talablar 
keltirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati hamda ilovalar keltirilgan. 



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin