MEHNAT MUXOFAZASI
Ergonomika- inson tomonidan boshqariladigan samarali tizimlarni
o‘rganadigan va barpo etadigan fandir. Ergonomika insonning mehnat faoliyati
jarayonidagi haddi-harakati, uning energiya sarflashi, aniq ish bajarishi paytidagi
samaradorlik va jadallikni o‘rganadi. Ergonomika atamasi 1949 yili Buyuk
Britaniyada, bir guruh ingliz olimlari Ergonomik tekshiruv jamiyatini tashkil eta
boshlaganlarida qabul qilingan. Sobiq SSSRda 20-yillarda bu fanni ergologiya
deb atash taklifi kiritilgan. AQSHda ilgari bu fan inson faktorlarini o‘rganish
deb, Germaniya Federativ Respublikasida esa – antropotexnika deb atalgan,
lekin bugungi kunda inglizcha atama butun dunyoga keng yoyilgan. Ergonomika
mini-, midi- va makroergonomikaga bo‘linadi. (grekchadan ergon-ish+ nomos –
qonun).
Makroergonomika
“inson-jamiyat”,
“tashkilot-tashkilotlar
tizimi”
tizimlarini o‘rganish va loyihalashtirish bilan shug‘ullanadi. Midiergonomika
“inson-jamoa”, “jamoa-mashina”, “inson-tarmoq”, “jamoa-tashkilot” tizimlarini
o‘rganadi.
Mikroergonomika “inson-mashina” tizimiga bag‘ishlangan. Ergonomika
fani 2 ta tamoyilga: insonning ishga moslashuvi va ishning insonga
moslashtiriluviga asoslangandir. Bular butunlay boshqa-boshqa narsalardir.
Birinchi holda samaradorlik asosiy deb hisoblansa, ikkinchi holda qulaylik
oldinga chiqadi (bu tamoyil Usabulity Engineering, qisqacha yuzabiliti deb
ataladigan boshqa bir yo‘nalishga juda yaqindir.) Bu esa yuqori samaradorlikka
ega tizim albatta noqulay, qulay tizim esa samarasiz bo‘ladi, degani emas, also.
Hamma gap uni qaerda qo‘yishdadir.
Gipodinamiya
Gipodinamiya –(gipo va grekchadan dinamis –kuch) inson organizmi (qon
aylanish, nafas olish, taomni hazm qilish, tayanch –harakat apparati) funksiyalari
harakat qilish faolligining cheklanganligi, mushaklar qisqarishi kuchining
pasayishi
natijasida
buzilishidir.
Mehnatni
avtomatlashtirish
va
mexanizasiyalashtirish, kommunikasiya vositalari rolining o‘sishi tufayli
gipodinamiya
kundan-kunga
ommalashib
bormoqda
(accoopa.ru.dagi
ensiklopediya). Bu muammo bevosita kompyuter bilan bog‘liq emas. O‘tirgan
holda mehnat qiladigan odamlarning barchasi uchun gipodinamiyaga chalinish
xavfi bor. Uzoq vaqt o‘tirganda gavdaning har qanday holati tayanch-harakat
apparati uchun zararli bo‘lib, bundan tashqari ichki aozolarda va kapillarlarda
qonning to‘xtab qolishiga olib keladi.
Ko‘proq
revmatik
og‘riqlar
va
varikoz
paydo
bo‘ladi.
Bunday hollarning oldini olish uchun:
kompyuter bilan ishlash vaqtida tez-tez gavda holatini o‘zgartirib turing;
miriqib kerishing;
stol tagida oyoqlar holatini o‘zgartirib turishni unutmang;
telefonni o‘zingizdan uzoqroq joyga qo‘ying;
mabodo kofe, choy yoki boshqa ichimlik ichmoqchi bo‘lsangiz, also
kompyuter oldida ichmang, buning uchun qulay bo‘lgan boshqa joyga
o‘ting;
vaqt-vaqti bilan turib, shunchaki sayr qilishga erinmang;
ish vaqtida deraza oynasi yoniga kelib, ko‘chani tomosha qilib turishni odat
qiling, bu har tomonlama foydalidir.
kompyuter bilan ishlashdan avval va undan keyin vaqtingizni faollikda
o‘tkazing – sayr qiling, sport o‘yinlarini o‘ynang, raqsga tushing, xullas,
istaganingizni qiling, lekin harakat qiling!
Kompyuter bilan ishlash davridagi harakatsizlikni serharakatlik bilan
almashtiring.
Dostları ilə paylaş: |