A. G. Abdukadirov 2017 y


Texnik amalga oshirish bo‘yicha URMning turkumlanishi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix22.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134093
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
395121 (1)

Texnik amalga oshirish bo‘yicha URMning turkumlanishi. Virtual xususiy 
tarmoqning konfiguratsiyasi va xarakteristikalari ko‘p jihatdan ishlatiladigan VPN-
qurilmalarining turiga bog‘liq. 
Texnik amalga oshirish bo‘yicha VPNning quyidagi guruhlari farqlanadi: 
- marshrutizatorlar asosidagi VPN; 
- tarmoqlararo ekranlar asosidagi VPN; 
- dasturiy ta’minot asosidagi VPN; 
- ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPN. Marshrutizatorlar 
asosidagi VPN. VPN qurishning ushbu usuliga 


binoan himoyalangan kanallarni yaratishda marshrutizatorlardan foydala-niladi. 
Lokal tarmoqdan chiquvchi barcha axborot marshrutizator orqali o‘tganligi sababli, 
unga shifrlash vazifasini yuklash tabiiy. Marshrutiza-tor asosidagi VPN asbob-
uskunalariga misol tariqasida Cisco-Systems kompaniyasining qurilmalarini 
ko‘rsatish mumkin. 
Tarmotslararo ekranlar asosidagi VPN. Aksariyat ishlab chiqaruvchilarning 
tarmoqlararo ekrani tunnellash va ma’lumotlarni shifrlash vazifalarini madadlaydi. 
Tarmoqlararo ekranlar asosidagi echimga misol tariqasida Check Point Software 
Technologies kompaniyasi-ning Fire Wall-1 mahsulotini ko‘rsatish mumkin. 
SHaxsiy kompyuter aso-sidagi tarmoqlararo ekranlar faqat uzatiluvchi axborot hajmi 
nisbatan kichik bo‘lgan tarmoqlarda qo‘llaniladi. Ushbu usulning kamchiligi bita 
ishchi o‘rniga hisoblanganda echim narhining yuqoriligi va unumdorlikning 
tarmoqlararo ekran ishlaydigan apparat ta’minotiga bog‘liqligi. 
Dasshuriy ta’minot asosidagi VPN. Dasturiy usul bo‘yicha amalga oshirilgan 
VPN mahsulotlar unumdorlik nuqtai nazaridan ixtisoslashti-rilgan qurilmadan 
qolishsada, VPN-tarmoqlarni amalga oshirilishida etarli quvvatga ega. Ta’kidlash 
lozimki, masofadan foydalanishda zaruriy o‘tkazish polosasiga talablar katta emas. 
SHu sababli, dasturiy mahsulotlarning o‘zi masofadan foydalanish uchun etarli 
unumdorlikni ta’minlaydi. Dasturiy mahsulotlarning shubhasiz afzalligi— 
qo‘llanilishining moslanuvchanligi va qulayligi, hamda narxining nisba-tan yuqori 
emasligi. 
Ixtisoslashtirilgan apparat vositalari asosidagi VPN. Ixtisos-lashtirilgan 
apparat vositalari asosidagi VPNlarning eng muhim afzal-ligi unumdorligining 
yuqoriligidir. Ixtisoslashtirilgan VPN tizimlar-da shifrlashning mikrosxemalarda 
amalga oshirilishi tezkorlikning ta’minlanishiga sabab bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan 
VPN-qurilmalar xav-fsizlikning yuqori darajasini ta’minlaydi, ammo ularning narhi 
ancha-gina yuqori. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin