uchun axborot himoyasi muammosi keskinroqdir. Extranet VPN uchun ishbilarmon
sheriklar o‘zlarining tarmoqlarida qo‘llashlari mumkin bo‘lgan turli VPN-echimlar
bilan aloqa qilish imkoniyatlarini kafolatlovchi standartlashtirilgan VPN-
mahsulotlardan foydalanish xa-rakterlidir.
Bir necha kompaniyalar birga ishlashga kelishib, bir-birlariga tarmoqlarini
ochishganida, ular yangi sheriklarining faqat ma’lum axbo-rotdan foydalanishlariga
yo‘l qo‘yishlari lozim. Bunda konfidensial ax-borot ruxsatsiz foydalanishdan
ishonchli himoyalanishi zarur. Aynan, shu sababli korporatsiyalararo
tarmoqlarda ochiq tarmoq tomonidan tarmoqlararo ekran (brandmauer)
yordamida
nazoratga
katta
ahamiyat
beri-ladi.
Axborotdan
haqiqiy
foydalanuvchining foydalanishini kafolatlov-chi autentifikatsiyalash ham muhim
hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashning
saflangan tizimi o‘ziga e’tibor-ni jalb qilmasligi shart.
Extranet VPN ulanishlari intranet VPN va remote access VPN lar amalga
oshirilishidagi ishlatilgan arxitektura va protokollardan foyda-lanib saflanadi. Asosiy
farq shundan iboratki, extranet VPN foydala-nuvchilariga beriladigan foydalanishga
ruxsat ular sherigining tarmog‘i bilan bog‘liq.
Ba’zida VPN tarmog‘ining lokal varianti (Localnet VPN) alohida guruhga
ajratiladi. Localnet VPN lokal tarmog‘i kompaniya lokal tarmog‘i ichida (odatda,
markaziy ofis) aylanuvchi axborotlar oqimidan kompaniya-dan ishlovchi "ortiqcha
qiziquvchi" xodimlarning ruxsatsiz foydalanishi-dan himoyalashni ta’minlaydi.
Ta’kidlash lozimki, hozirda VPNni amalga oshiruvchi turli usullarning
konvergensiyasi g‘oyasi ko‘zga tashlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: