Ўзбекистон
Республикаси
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Наманган муҳандислик - педагогика
институти
«
Қурилиш» факультети
«Бинолар ва иншоотлар қурилиши» кафедраси
Қурилиш конструкциялари фанидан
Бажарди:
26-БИҚ-13 гуруҳ
талабаси Носиржонов Нодирбек
Қабул қилди:
асс. Р.Мавлонов
Наманган - 2016 йил
MAVZU: BETONNING ASOSIY FIZIK-MEXANIK XOSSALARI
REJA:
1. Betonning mustahkamligi klasslari
2. Betonning hisobiy
qarshiliklari
3. Beton deformatsiyasi
1. Beton va uning mustahkamligi klasslari
Beton qurilish materiallari ichida eng ko’p qo’llaniladi.
U qurilish zaruriyati
uchun yaratilgan, faqat qurilish uchun ishlab chiqarilgan.
Beton narxi boshqa
materiallarga nisbatan ancha arzon. Zero uning mexanik xususiyati po’latnikiga
qaraganda ancha farq qilsada, ularning afzalligini solishtirib bo’lmaydi.
Bunday
holatda betonga teng keladigan material yo’q. U hamma joyda yetarli, ya’ni
uning
tarkibiga hamma yerda mavjud bo’lgan materiallar kiradi. Yana bir ma’qul bo’lgan
tomoni shundan iboratki, beton mustahkamligi yildan yilga ortib boradi. Bu xususiyat
temirbeton konstruktsiyalari uzoq davrga chidamli ekanligini ko’rsatadi.
Betonning bunday fizik – mexanik va iqtisodiy ko’rsatgichlari haqida gap
ketganda «beton» o’zi nima degan haqli savol tug’iladi.
Bog’lovchi, to’ldiruvchi va suv aralashmasining qotishidan hosil bo’lgan
sun’iy tosh -
b e t o n deb ataladi.
Beton anizotrop material bo’lib, uning mustahkamligi
quyidagi omillarga
bog’liq:
tarkibi; bog’lovchi va to’ldiruvchining xili; suv va tsementning nisbati