Kirishish
beton yoshiga, tsement miqdoriga, tayyorlash texnologiyasiga,
elementning kesim yuzasi va shakliga bog’liq. U dastlabki kunlari juda tez kechadi,
keyinchalik asta sekin to’xtaydi.
Betonda tsement va suv miqdori qancha ko’p bo’lsa hamda atrof-muhit namligi
qancha past bo’lsa kirishish shuncha ko’p bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,
kirishish deformatsiyasi quruq issiq iqlimli mintaqalarda
namli mintaqalarga
qaraganda 1,5...2 barobar va undan ko’proq bo’ladi. Ma’lumotlarga ko’ra betonning
kirishishi
sh
=(30...50)x10
-5
gacha bo’lishi mumkin. Bu degani 1 metr uzunlikda
0,3...0,5 mm gacha qisqarishi mumkin. Bunday deformatsiya bir qarashda kamdek
ko’rinadi, lekin u qurilishda o’zining sezilarli ta’sirni ko’rsatadi. Umuman shuni
ta’kidlash joizki, qurilish konstruktsiyalarida deformatsiya
miqdorini juda kichik
konstruktiv elementlar deformatsiya miqdoriga nisbatan taqqoslab bo’lmaydi.
Temirbeton konstruktsiyalaridagi armatura kirishishni ikki martadan ortiq
kamaytiradi. Bunga sabab shuki, armatura ko’proq elastiklik moduliga ega va u beton
bilan birikib uni erkin deformatsiyalanishiga yo’l qo’ymaydi.
Kirishish betonni
armatura bilan yanada mahkam tishlashishiga (stsepleniya) sabab bo’ladi, bu albatta
ijobiy holdir, ammo betonning turli qatlamlarini har xildagi kirishuvi (yuqori
qismida-ko’proq, ichki qismida-kamroq) ichki kuchlanishni yuzaga keltiradi (ichki
qatlamlar ustki qatlamini erkin deformatsiyalanishiga qarshilik qiladi, natijada
yuzadagi qatlamlarda tortishish kuchi yuzaga keladi). Bu kuchlanishlar betonda
mikrobuzilishga olib kelishi mumkin. Mikrobuzilishlar asosan to’ldiruvchi
bilan
tsement toshi bog’langan sirtlarda paydo bo’ladi, bunday holatni bo’lmagani ma’qul.
SHuni ta’kidlash joizki, hajmi katta bo’lgan konstruktsiyalarda kirishish ta’siri ancha
sezilarli bo’ladi.
Betonni suvda qotayotganda hajm jihatdan kengayishi shishish deyiladi.
SHishganda beton deformatsiyasining qiymati kichrayishga qaraganda 2-5 marta
kam, ya’ni shishishning o’rtacha qiymati 0,10 mm/m ga teng.
Betonni harorat ta’siridagi deformatsiyasi alohida ahamiyatga ega.
Harorat deformatsiyasi va kuchlanishini hisoblash uchun betonning chiziqli
kengayish koeffitsientidan foydalaniladi, uning qiymati tajriba ma’lumotlariga ko’ra -
40° C dan +50°C gacha bo’lgan haroratda o’rtacha
t
=(0,7...1)
10
-5
1
grad tashkil
etadi. (harorat 1°C o’zgarganda beton deformatsiyasi 0,01 mm/m ni tashkil etadi. Bu
koeffitsientning qiymati to’ldiruvchining turiga, beton qorishmasining tarkibiga, atrof
muhitning issiqliligi va namliligiga, betonning yoshi va o’lchamlariga bog’liq.
Betonning harorat ta’sirida deformatsiyalanishi ikki qismdan iborat bo’ladi.
1.
Deformatsiya haroratning o’zgarishiga
proportsional ravishda
o’zgaradi .
t
t
(t–t
0
)
t
t
(1.2)
Bu yerda
t
-betoning harorat ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsienti;
t
-muhit haroratining o’zgarishidan xosil bo’ladigan farq,
0
C.
2.Harorat farqidan hosil bo’ladigan ichki kuchlanish
t
E
E
t
b
t
b
t
(1.3)
bu yerda
E
b
-betonning elastiklik moduli. Bu massiv konstruktsiyalarda
(gidrotexnik) hamda statik noaniq tizimli konstruktsiyalarda qo’shimcha kuchlanishni
yuzaga keltiradi. SHuning uchun qurilish me’yorlarida binodagi temirbeton
konstruktsiyalarining deformatsiya blokining uzunligi cheklangan. (binolarda
deformatsiya choklari cho’kish va seysmik choklar bilan birgalikda olib boriladi).
Dostları ilə paylaş: