Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix23.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#134331
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
 


40 
  Xulosa  
Mustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat korxonalarini 
texnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning investitsion faoliyatini 
rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z samarasini bermoqda. Buning 
natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni yetakchi tarmog’iga aylandi.
O’zbekistonda amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya 
muhiti shakllantirildi, ya`ni qulay investitsiya muhitini shakllanishida iqtisodiy 
rivojlanishning barqaror sur`atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining 
mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bank-
kredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash kabi chora-tadbirlar 
tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda.
Turli iqtisodchi – olimlarning investitsiyalar va investitsiya faoliyati atamlariga 
bergan ta’riflari hamda qarashlari tahlil qilindi. 
Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bog’liq tarmoqlarning eksport 
salohiyatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois, 93 sanoat tarmog’iga 
investitsiyalar jalb etishni kengaytirish, uni rivojlantirish strategik ahamiyatga ega 
bo’lgan yo’nalishlar qatoriga kiradi. Sanoat tarmog’i korxonalarida ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, 
korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini 
oshayotganini ko’rsatish mumkin. O’zbekistonda sanoat korxonalari investitsiya 
loyihalarini moliyalash uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga muhim 
qo’shimcha manba sifatida qaralishi lozim. Xorijiy investitsiyalar mahalliy 
investitsiyalarni to’ldirishi mumkin, biroq, ularning o’rnini bosolmaydi. Shu 
jihatlarni inobatga olganda, investitsiyalashning tashqi manbalarini kengaytirish 
tarmoq korxonalarining investitsiya faoliyatini yuksaltirishda ustuvor vazifa 
hisoblanadi.


41 
Mahalliy investitsiyalarni jalb qilish orqali sanoat tarmog’i korxonalari investitsion 
faoliyatini rivojlantirish yo’llari, muammolarini o’rganish yuzasidan quyidagilarni 
ta`kidlash mumkin: sanoatdagi korxonalarida aksiya va obligatsiyalarni muomalaga 
chiqarish orqali ularni investitsion faoliyatni moliyalashtirishda qo’shimcha 
mablag’lar tarkibini kengaytirish lozim. Ma`lumki, investitsion faoliyatdagi kapital 
qurilish va texnik qayta jihozlash tadbirlari uchun kreditlar kerak. Bu jarayonda 
respublikada investitsion faoliyatni jadallashtirishda tijorat banklari alohida o’rin 
tutadi. Shu nuqtai-nazardan, sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini 
moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlaridan ham foydalanish kerak. Sanoat 
korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishda 
investitsiya va investitsiya faoliyatini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish 
zarur. Ichki va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni sanoat korxonalariga jalb 
etish va ularni investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish orqali 
kelgusida ushbu tarmoqni modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish strategiyasini 
asoslash va eksportga mahsulotlar ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirishda 
foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni amalga oshirishda 
asosiy kuch bu elektr-energiya hisoblandi. Ayrim chekka joylarda elektr-energiya 
quvvati past bo’lib, bu masalaning yechimi sifatida qayta tiklanuvchi energiya 
manbalarini ko’rsatish mumkin. Shuning uchun quyosh batareyalari yoki shamol 
parraklaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sanoat korxonalarini 
barpo etish va ishlab chiqarishini tashkil etish uchun qishloq joylarda barcha shart-
sharoitlar (yer, suv va xom-ashyo) yetarli. Shuning uchun sanoat korxonalarini 
qishloq joylarda barpo etish va u yerda qayta ishlab chiqarishni rivojlantirish zarur. 
Buning uchun investitsiyalarni qishloq joylarga jalb etish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi 


42 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin