O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti “tarix”


 Bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilish



Yüklə 369,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix05.07.2023
ölçüsü369,55 Kb.
#135798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
USLUBIY QO

 
3. Bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilish 
BMIga rahbarlikka kafedraning ilmiy darajaga ega bo`lgan 
o`qituvchilari, tajribalari katta o`qituvchilari yoki boshqa muassasalarda 
ish olib borayotgan yetuk mutaxassislar tayinlanadi. 
Malakaviy ish rahbari; 

BMI bo`yicha topshiriq beradi

Ishni bajarish jadvalini rejalashtiradi. 

Mavzu bo`yicha dastlabki ma`lumotlar beruvchi adabiyotlar 
ro`yxatini va boshqa manbalarni tavsiya qiladi. 

BMIning bajarilishini doimo nazorat qiladi va tegishli 
tavsiyalar berib boradi. 

BMIning sifatiga baho beradi. 

BMIning talaba tomonidan mustaqil bajarilishiga javob 
beradi. 
BMI bo`yicha topshiriq shakli ilovada keltirilgan. Unda 
malakaviy ishning mavzusi, buyruq bilan tasdiqlash sanasi, ishni 
topshirish muddati, ishning maqsad va vazifalari, ishni bajarish rejasi 
keltirilgan bo`lib, uni BMI rahbari imzolaydi, talaba esa topshiriq 
olganini imzosi bilan tasdiqlaydi. BMI bo`yicha topshiriq ikki nusxada 
to`ldirilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Topshiriqni bir 
nusxasi talabaga beriladi, ikkinchi nusxasi kafedrada saqlanadi. 



Ilmiy rahbarning taklifi asosida kafedra BMIning ayrim 
bo`limlari bo`yicha konsul’tant-maslahatchilar tayinlashi mumkin. 
Bunday holatda topshiriqning 6-bandi to`ldiriladi. 
BMIning o`z vaqtida bajarilishi va sifatli qilib tayyorlanishi ko`p 
jihatdan ishni bajarish rejasining to`g`ri tuzilganiga bog`liqdir. 
BMI bajarish rejasi bevosita rahbar boshchiligida ishlab chiqiladi. 
Rejada bajariladigan ishlar bosqichma-bosqich ko`rsatilib (adabiyotlar 
bilan ishlash, tajriba o`tkazish, ma’lumotlarni yig`ish, hisob-kitob 
ishlari, ilova, chizma va rasmlarni tayyorlash) ularni aniq bajarish 
muddati ko`rsatiladi. 
Bitiruv malakaviy ishining muvaffaqiyatli yakunida, yuqorida qayd 
etilganidek, ilmiy-tadqiqot rahbarining ham roli katta hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishiga rahbarlar tegishli kafedraning ilmiy darajali 
professor-o‘qituvchilari, tajribali katta o‘qituvchilari, boshqa oliy ta'lim 
muassasasining tarix yo‘nalishi mutaxassislari hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari (Tarix 
instituti, Sharqshunoslik instituti, Arxeologiya instituti) yetuk olimlari 
hamda ilmiy xodimlari tayinlanadi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi 
bo‘yicha talabaga ilmiy rahbarlikka tayinlangan ilmiy rahbar vazifasiga 
quyidagilar kiradi: 
1.
Tadqiqot mavzusini bajarish bo‘yicha kengaytirilgan ish rejasini 
tuzish va tadqiqot rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirishi 
bo‘yicha kalendar reja tuzishga yordam beradi; 
2.
Talabaga mavzuni yoritish bo‘yicha adabiyotlar, tarixiy 
manbalarni to‘plash bo‘yicha maslahatlar beradi; 
3.
Tadqiqot mavzusini yoritishda tuman, shahar, viloyat, 
respublika miqyosidagi kutubxonalar, muzeylar, tegishli 
arxivlardagi adabiyot va manbalar bilan tanishish uchun 
ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibini tushuntiradi; 
4.
Mavzuga oid yig‘ilgan adabiyotlar, manbalarni umumlashtirish 
va reja asosida klassifikatsiya qilish usullari bo‘yicha tushuncha 
beradi; 


10 
5.
O‘zi rahbarlik qilayotgan talaba bilan belgilangan kun va 
soatlarda tegishli rejani bajarilishi yuzasidan muntazam ravishda 
maslahatlar berib boradi; 
6.
Bitiruv malakaviy ishi bajarilish jarayonini nazorat qilib boradi 
va tegishli holatlarda kafedra yig‘ilishlarida talaba tomonidan 
ilmiy-tadqiqotni davomi xususida axborot berib boradi; 
7.
Bitiruv malakaviy ishi bajarilishi qismlari va mutanosib uzviy 
bog‘liqligi hamda yaxlitligi bo‘yicha sifatiga baho beradi; 
8.
Bitiruv malakaviy ishi talaba tomonidan mustaqil bajarilishiga 
javob beradi; 
9.
Bitiruv malakaviy ishi bajarilishi bo‘yicha ilmiy va uslubiy 
yordam beradi, zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritadi; 
10.
Tadqiqotning tayyorlanganlik darajasi va uni himoyaga tavsiya 
qilish (yoki qilmaslik) bo‘yicha yozma xulosa beradi. 
Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha ilmiy rahbar talabaga o‘z ilmiy-
tadqiqotini vaqtida, sifatli yakunlashga qaratilgan topshiriqlar beradi. 
Ushbu topshiriqda bitiruv malakaviy ishi mavzusi, mavzuni tasdiqlangan 
sanasi, mavzuga oid adabiyot va manbalarni yig‘ish muddati, ish rejasini 
tuzish, yig‘ilgan adabiyotlarni, manbalarni o‘rganish hamda rejadagi 
tegishli qismlarga oid klassifikatsiya qismi, ishni bajarilish rejasini 
keltirishga oid bo‘lib, uni bitiruv malakaviy ishi rahbari va bitiruvchi 
talaba imzolaydi. Ushbu topshiriq 3 nus’hada to‘ldirilib, kafedra mudiri 
tasdig‘idan keyin ilmiy rahbar, talaba va kafedrada saqlanadi. 
Ilmiy rahbar bitiruv malakaviy ishi mavzusidan kelib chiqib, 
talaba tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishining ayrim 
bo‘limlari bo‘yicha konsultant-maslahatchilar zarurligi to‘g‘risida 
kafedra mudiriga murojaat qilishi mumkin. O‘z navbatida tegishli 
kafedra qarori asosida va oliy ta'lim muassasasi rektorining buyrug‘i 
bilan konsultant-maslahatchi tayinlanishi mumkin. 

Yüklə 369,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin