11
Tadqiqot uslublarini tanlash.
Kerakli tajriba va tadqiqotlarni o`tkazish, ma`lumotlar
yig`ish.
Olingan natijalar va to`plangan ma`lumotlarni tahlil qilish.
Xulosa va takliflar ishlab chiqish.
BMI qoralama variantini yozish.
BMIni oqqa ko`chirish, belgilangan tartibda rasmiylashtirish
BMI reja asosida talaba tomonidan shaxsan bajarilishi lozim.
Ilmiy rahbar talabaga BMIni bajarish jarayonida
ilmiy-uslubiy yordam
beradi, tegishli tuzatishlar kiritadi hamda ayrim masalalarni hal qilish
yuzasidan tavsiyalar beradi.
Bitiruv malakaviy ishlar universitetning kutubxonasi,
maxsus
ajratilgan xonalarda, ilmiy-tekshirish muassasalari labaratoriyalarida va
ishlab chiqarish korxonalarida bajariladi.
BMIning bajarilishi ilmiy
rahbar, kafedra mudiri va fakul’tet dekani tomonidan doimo nazorat
qilib boriladi.
Ma`lumki, har qanday tadqiqot sohaga doir adabiyotlarni
o`rganishdan
boshlanadi.
Talaba
dastlab
topshiriq
varaqasida
ko`rsatilgan adabiyotlarni sinchiklab o`rganadi,
kerakli joylarni
kartotekaga yozib boradi (3-ilova).
Ushbu ishlar amalga oshgandan so`ng talaba BMI mavzusiga
tegishli yangi ma`lumotlarni sohaga oid ilmiy jurnallardan,
internetdan
izlab topadi, ularni o`rganadi, tahlil qiladi va kartotekaga kiritadi.
BMIning uslubiy tadqiqot usullarini tanlash ishga qo`yilayotgan
talablar asosida amalga oshiriladi. Talaba o`z mutaxassisligi bo`yicha
mavjud tadqiqot usullarini mukammal tahlil qiladi, ularning afzalligini
va kamchiliklarini aniqlaydi. Shundan so`ng
ilmiy rahbar bilan
maslahatlashib kerakli usullarni tanlaydi.
Bitiruv malakaviy ishini yozishga kirishgan talaba oldida olgan
nazariy-uslubiy bilimlarini umumlashtirgan holda, tarix yo‘nalishidagi
muammoli va ayni paytda ilmiy izlanishlar orqali o‘z yechimini topish
mumkin bo‘lgan ilmiy-tadqiqot mavzusini yoritishga qaratilgan quyidagi
vazifalarni amalga oshirishi lozim:
12
1.
Muammoli, hali har tomonlama o‘rganilmagan, dolzarb,
tarixiy
muammoni o‘z ichiga olgan bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlash;
2.
Ilmiy rahbari bilan maslahatlashgan holda tanlagan mavzusiga
yaqin ilmiy-tadqiqotlar, tarixiy adabiyotlarni o‘rganish;
3.
Mavzuga oid adabiyotlar va manbalarni chuqur o‘rganish hamda
qiyosiy tahlil qilish;
4.
Ilmiy rahbari bilan maslahatlashgan holda
bitiruv malakaviy ishi
va kengaytirilgan ish rejasini tuzish;
5.
Ilmiy rahbar tomonidan berilgan yozma topshiriqni bosqichma-
bosqich, o‘z vaqtida bajarib borish;
6.
Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida muntazam ilmiy rahbar
maslahatini
olib borish;
7.
Ilmiy adabiyotlar, manbalar orqali mavzuning o‘rganish jarayonini
aniqlash;
8.
Mavzuga oid nazariy bilimlarini yanada chuqurlashtirish va shu
asosda bitiruv malakaviy ishi yozish ko‘nikmasini hosil qilish;
9.
Tadqiqot bo‘yicha yozma ishni rasmiylashtirish ko‘nikmalarini
rivojlantirish;
Bitiruv malakaviy ishi talaba tomonidan qo‘lyozma shaklida yoki
fakultet Ilmiy Kengashi qaroriga asosan kompyuterda yozilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: