O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti “tarix”



Yüklə 369,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix05.07.2023
ölçüsü369,55 Kb.
#135798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
USLUBIY QO

“Mavzular banki” 
ishlab chiqiladi. Kafedrada ishlab 
chiqilayotgan mavzular Vatanimiz va jahon tarixida o‘rganilmagan 
jabhalarni, qadimgi dunyo, o‘rta asrlar, yangi va mustaqillik yillarida 
tariximizdagi dolzarb, qiziqarli ahamiyatli hamda istiqbolli mavzularni 
qamrab olishi kerak.
Talaba yoki talabani o‘qishi uchun to‘lov-shartnoma, mablag‘ini 
to‘lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan mutaxassis tayyorlovchi 
kafedraning roziligi hamda fakultet, oliy o‘quv yurti ilmiy-uslubiy, Ilmiy 
Kengashining qarori asosida bitiruv malakaviy ishi uchun o‘zlari 
tanlagan mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi 



mumkin. Boshqa hollarda oliy ta'lim muassasasi Ilmiy Kengashi 
tomonidan tasdiqlangan 
“Mavzular banki”
dan talabaga bitiruv 
malakaviy ishi mavzusini tanlash huquqi beriladi. Talaba tomonidan 
tarixiy tadqiqot uchun tanlanagan bitiruv malakaviy ishi mavzusida 
quyidagilarga e'tibor berish maqsadga muvofiq: 
1.
Talaba o‘zi tanlayotgan mavzu tegishli kafedra ilmiy-tadqiqot 
ishlari rejasidan o‘rin olganligini hisobga olishi kerak; 
2.
Tanlanayotgan mavzu talaba uchun shu paytga qadar olib 
borgan ilmiy-tadqiqot ishlariga, xususan yozgan kurs ishlarining 
mantiqiy davomi bo‘lishi, qo‘yilgan muammo yechimida muo‘im 
ahamiyat kasb etadi; 
3.
Talaba o‘zi tanlayotgan mavzuning qiziqarli, hali chuqur 
o‘rganilmaganligiga e'tibor qaratishi lozim; 
4.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning o‘rganilish darajasi 
hamda mavzuga doir tarixiy adabiyotlar, manbalarni mavjudligini 
tasavvur qila olishi zarur; 
5.
Mavzu tarix yo‘nalishidagi mustaqil muammoni o‘z ichiga 
olgan bo‘lishi kerak; 
6.
Tanlanayotgan mavzuni yoritishga talaba o‘zida nazariy-amaliy 
bilimlarga, uslubiy tayyorgarlikka ega ekanligiga ishonchi komil bo‘lishi 
zarur; 
7.
Mavzuga oid materiallar, manbalar nafaqat o‘zbek tilida, balki 
xorijiy tillarda bo‘lsa ham, manbalar rus tilida va eski o‘zbek (arab) 
alifbosida yozilgan taqdirda ham undan foydalana olish imkoniyati 
borligini hisobga olishi kerak; 
8.
Har qanday bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu 
o‘zida tadqiqotga, tarixiy yangilikka va buni ilmiy mushohadalar orqali 
asoslashga qaratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq; 
9.
Mavzu nomida aks etgan tarixiy-geografik hudud, xronologik 
davr ham ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi muvaffaqiyat uchun xizmat 
qiladi; 
10.
Mavzuning to‘g‘ri tanlanganligi ma'lum darajada bitiruv 
malakaviy ishini muvaffaqiyatini chiqishini ta'minlabgina qolmasdan, 



ilmiy-tadqiqot olib borishning keyingi bosqichlari – magistrlik hamda 
nomzodlik dissertatsiyalari uchun ham zamin yaratadi; 
11.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga o‘zgartirish kiritish 
talabaning ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda asosli arizasiga ko‘ra, 
oliy ta'lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshirilishi 
mumkin; 
12.Talaba tomonilan tanlangan mavzuga tegishli kafedra ilmiy 
rahbar va taqrizchi tayinlaydi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi hamda 
rahbari oliy ta'lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanib, buyruq 
bilan rasmiylashtiriladi. 

Yüklə 369,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin