O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti “tarix”


Foydalanilgan manbaa va adabiyotlar ro`yxatini tuzish



Yüklə 369,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix05.07.2023
ölçüsü369,55 Kb.
#135798
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
USLUBIY QO

 
5.2. Foydalanilgan manbaa va adabiyotlar ro`yxatini tuzish 
Tadqiqot jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati BMIning 
xulosa qismidan so`ng keltiriladi. Ro`yxatga faqat ishni yozish 
jarayonida foydalanilgan adabiyotlar, maqolalar, tezislar, avtoreferatlar 
kiritiladi. BMIda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatida quyidagilar 
keltirilishi lozim: 
Kitob va monografiyalar uchun; 
- muallif(lar)ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari; 
- kitobning nomi; 
-
nashr joyi (shahar); 
-
nashriyot nomi; 
-
nashr yili;
-
betlari 
Agar muallif ikkita bo`lsa, ularning familiyasi keltiriladi, 3-tadan 
ko`proq bo`lsa faqat birinchi muallifning familiyasi keltirilib «va 
boshqalar» degan qo`shimcha kiritiladi. Kitobning nomi shahar (nashr 
joy) nomidan chiziqcha bilan ajratiladi. 

To`plamdagi maqolalar va tezislar uchun; 
- muallif(lar)ning familiyasi, ismi va otasinining ismi bosh 
harflari; 
-maqola nomi; 
-to`plamning nomi; 
-nashr joyi (shahar); 
-nashr yili; 
-betlar; 


16 
To`plamdagi maqola nomi to`plam nomidan // belgisi bilan 
ajritiladi.(6 ilova) 

Jurnaldagi maqolalar uchun: 
-muallifning familiyasi, ismini bosh harfi; 
-maqola nomi; 
-jurnal nomi; 
-yili, nomeri; 
-betlari; 
Maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi. 
BMIda foydalanilgan manbalar adabiyotlar ro`yxatida alfavit 
bo`yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma`lumotlarni internetdan 
olgan bo`lsa, muallif va ishning nomidan keyin Web sayti 
ko`rsatiladi.(6-ilova). 
Ishda keltirilgan adabiyotlar ro`yxati lotin alfaviti bo`yicha 
adabiyotlar ro`yxatining oxirida keltiriladi.(6-ilova) 
 
5.3. Jadval, rasm va chizmalarga qo`yiladigan talablar 
BMIlarda jadval, rasm va chiziqlar matn ichida yoki ilovada 
keltirilib, ular ishning mohiyatini to`la ochish uchun xizmat qiladi. 
Amaldagi Nizomlarda chizma va rasmlarning o`lchami, shrifti va ularga 
beriladigan sharhlar davlat standartlariga qat`iy muvofiq kelishi 
ko`rsatilgan. 
BMIda beriladigan jadval, rasm va chiziqlar quyidagi talablarga 
javob berishlari lozim. 

Sonlar 
bilan 
ifodalangan 
ma`lumotlar 
BMIda 
jadval 
ko`rinishida beriladi (7-ilova). Har qaysi jadval alohida nomlanib, uning 
nomi bosh harf bilan yoziladi. Jadval ustunlari ichidagi so`zlar ham bosh 
harf bilan, undan keyin so`zlar esa oddiy (kichik) harf bilan boshlanadi. 
Qator oralig`i 8 mm dan kam bo`lmasligi kerak. 
Jadvalning chap tomonidan joylashgan ustundagi so`zlar ham 
bosh harf bilan boshlanadi.
Har bir bobdagi jadvallar arab raqamlari bilan alohida belgilanadi 
(1.1-jadval, 2.5-jadval, 3.1-jadval). Jadval boshqa betda davom ettirilsa 
«jadvalning davomi» iborasi keltiriladi. 


17 

Rasmlar o`lchami 6x9, 9x12, 12x15sm bo`lishi kerak. Ular oq-
qora, rangli bo`lishi mumkin. Rasmlarda keltirilayotgan ob`ekt aniq 
ko`rinish kerak. Rasmlar ham bo`lim (bob) bo`yicha arab raqamlari 
bilan belgilanadi (1.1 rasm, 3.4 rasm). Rasm biror manbaadan olingan 
bo`lsa manba ko`rsatilishi zarur. 

Chizmalar A4 formatli qog`ozda bajarilib, o`lchami, shrifti, 
davlat standartiga mos kelishi lozim. Chizmalar ham bob bo`yicha arab 
raqamlari bilan qayd etiladi (1.1 chizma, 2.2 chizma). 

Yüklə 369,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin