19
BMI himoyasi ochiq, oshkora, ilmiy
etika qoidalariga amal
qilingan holda o`tkaziladi. DAK raisi BMI himoyasi to`g`risidagi
axborotni e`lon qiladi. U dastlab bitiruvchining familiyasi va otasining
ismini, BMI mavzusi
va rahbarining familiyasi, ishda himoya uchun
kerakli hujjatlar mavjudligini aytib o`tadi. Shundan so`ng ishning asosiy
mazmunini bayon etish uchun bitiruvchiga 10-15 minut vaqt beriladi.
Talaba oldindan tayyorlangan slaydi asosida o`z
ishining asosiy
jihatlarini og`zaki ta`riflab beradi. Ma`ruza tushunarli bo`lishi uchun
talaba ko`rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin.
Ma`ruzadan keyin himoyada qatnashganlar va DAK a`zolari
savollar berishlari mumkin. Talaba har bir savolga to`liq, aniq va ravon
tilda javob berishi kerak. Savol-javob tugagandan so`ng
bitiruv
malakaviy ishi rahbari va taqrizchiga so`z beriladi. Keyin taqrizchi
ko`rsatgan kamchiliklarga javob berish uchun talabaga so`z beriladi.
BMIlar 100 ballik tizimda baholanadi.
DAKning BMI bo`yicha xulosa va unga qo`yilgan baho
hay`atning yopiq majlisida ko`rilib, ochiq ovoz berish yo`li bilan qabul
qilinadi. Ovozlar teng bo`lganda DAK raisining
ovozi hal qiluvchi
hisoblanadi.
DAKning ish bo`yicha qarori himoya kuni e`lon qilinadi.
BMIlar himoyadan keyin o`quv bo`limiga topshiriladi.
YAkuniy davlat attestatsiyasi natijalariga asosan DAKning
bitiruvchiga ta`lim yo`nalishi bo`yicha malaka berish va oliy ma`lumot
to`g`risida diplom berish haqidagi qarori bekor qilish to`g`risida
qayta
qaror qabul qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: