20
asosiy talab - bitiruv malakaviy ishi mazmunini aniq va ravshan bayon
etish.
Muallifga annotatsiya matnining quyidagi
ketma - ketligi tavsiya
etiladi:
mavzuning dolzarbligi;
ishning maqsadi va vazifalari;
tadqiqot ob'ekti
va predmeti;
tadqiqot uslubiyati va uslublari;
tadqiqot natijalarining ilmiy jixatdan yangilik darajasi;
tadqiqot natijalarining amaliy axamiyati
va tadbiqi;
ish tuzilishi va tarkibi;
bajarilgan ishning asosiy natijalari;
xulosa va takliflarning qisqacha umumlashgirilgan ifodasi.
Mualliflik annotatsiyasiga asosan korxona
va tashkilotlar ushbu
bitiruv malakaviy ishni tayyorlagan talabani ishga taklif etishi mumkin.
Muallif annotatsiyasi A4 formatdagi oq qog‘ozning ikki tomoniga
kompyuterda bosilishi lozim. Annotatsiya 1,5 intervalda 2
bet xajmida
bosiladi. Annotatsiyani chop etishda Microsoft Word matn muxarriri va
14 o‘lchamli Times New Roman shriftidan foydalanish zarur.
Annotatsiya matni qog‘oz chetlaridan quyidagi masofalar qoldirilib
bosiladi: chap tomondan 20 mm, ung tomondan 20 mm, bosh
tomondan 20 mm, varaqning oxiridan 20 mm.
Muallif
annotatsiyasining namunaviy tuzilishi ilovada keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishda adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish tartibi
ilovada keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: