O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

 
Elektron manbalar 
1. 
www.Ziyonet.uz
  
2. 
www.Geografiya.uz
 
3. 
www.vikipedia.ru
  






I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy 
ta’limdagi o’rni 
Geografiya ta‘limi joy nomlari bilan juda bog‘langan. Geografiyada biror ma‘lumot 
yo‘qki, u joy nomi bilan bog‘lanmagan bo‘lsin. Joy nomlarini, ularning ma‘nosi, kelib chiqishini 
bilmasdan turib, shu joy geografiyasini to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Toponimika va terminologiya 
kishilarning ilmiy, ma‘naviy saviyasini, madaniyatini rivojlantiradi. 
Har bir geografiya o‘qituvchisi darsni yuqori saviyada olib borishi uchun joy nomlari 
xaqidagi ma‘lumotlardan foydalanishi zarur. Har bir fanni uning terminlari haqida bilimga ega 
bo‘lmasdan turib, yaxshi egallash emas. Mazkur kurs geograf mutaxassislariga geografik joy 
nomlari (toponimlar) va ilmiy terminlar haqida bilim beradi. 
II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi 
Fanni o’qitishdan maqsad
–talabalar mazkur kursni o‘rganish natijasida toponimik 
atamalarni, toponimikanining rivojlanish tarixini, xususan O‘rta Osiyo toponimikaning 
taraqqiyot tarixi, toponimika va terminalogiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar 
ishlarini bilib olishadi. Toponimlarning hosil bo‘lishi, o‘zgarishi, turlari xaqida, geografik 
terminlarning mazmuni, ularga qo‘yiladigan talablar, manbalari,o‘zgarishi xaqida bilim olishadi. 
Fanning vazifasi-
talabalarga toponimlarning ma‘nosi, hosil bo‘lish va turlariga qarab 
tasnif qilishni, hosil bo‘lishini tahlil etishni, dunyodagi eng yirik toponimlar, mamlakatimizdagi 
makro va mezotoponimlar ma‘nosini, shuningdek termin, tushuncha va iboralarni xech 
qiynalmay ajratib bera olish kabilarni o‘rgatishdan iborat. 
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. 
Talaba: 
-toponimlarning hosil bo‘lishi,o‘zgarishi, turlari xaqida, geografik terminlarning 
mazmuni, ularga qo‘yiladigan talablar, manbalari, o‘zgarishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi; 
-geografiyadan dars berish jarayonida toponimik ma‘lumotlarni qo‘llashni, ularni turli 
manbalarga asoslanib izoxlashni bilishi va ulardantfoydalana olishi; 
-joy nomlarining tarqalish qonuniyatlarni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin