Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
36
hamon pritseplar uchun yasaladigan qandaydir moslamalar va yana allanimalar haqida tushuntirardi. 
Jontoy bir chekkada quloq solib turardi. 
— O‘z holimga qo‘ysang-chi! — deb qo‘limni tortib oldim. — Mendan nima kerak senlarga? 
Sudga bo‘lsa sudga beringlar! Shu yog‘i ham yetar! Hech qanday pritsepning keragi yo‘q menga! Hech 
kimga sherik ham bo‘lmayman! Tushundingmi? 
Alibekning qovog‘i osildi, peshonasi tirishdi: 
— O‘zing boshlab, o‘zing o‘t qalab, endi birinchi bo‘lib dumingni xoda qilib qochmoqchimisan? 
Shunaqami? 
Qanday tushunsang, shunday tushunaver! — dedim-da, shartta burilib, garaj tomon ketdim. 
Mashina oldiga keldim, qo‘llarim qaltirardi, nima qilishni bilmasdim. Nima uchundir mashina 
ostidagi chuqurga sakrab tushdim-da, sal o‘zimni bosib olish uchun terib qo‘yilgan g‘ishtlarga 
yonboshladim. 
— Menga qara, Ilyos! — tepamdan shivirlagan ovoz eshitildi. 
Boshimni ko‘tarib qaradim: bunisi yana kim bo‘ldi! Tumoq kiyib olgan Jontoy menga ayyorona 
tikilgancha chuqur tepasida xuddi qo‘ziqorindek cho‘nqayib o‘ti-rardi. 
Uni juda boplading-da, Ilyos! — dedi u. 
— Kimni? 
— Alibekni-da, aktivistni! Naq nishonga urding! Darrov nafasi o‘chdi-qoldi, bo‘lmasa bu novator 
quloqni batangga keltirardi. 
— Xo‘sh, sening qanchalik ishing bor? 
— Nima ishim borligini o‘zing ham tushunib turgan bo‘lsang kerak. Biz shofyorlarga pritsepning 
keragi yo‘q. Uning oqibati qanday bo‘lishini bilamiz: birortasi ishlab chiqarish normasini oshiradi
yo‘lni qisqartadi, keyin hammalaring o‘sha ilg‘or darajasiga ko‘tarilinglar deyiladi-yu, biroq yuk 
tashish uchun to‘lanadigan haqni kesib qoladilar. Xo‘sh, kim o‘z cho‘ntagiga zarar keltirishni istaydi? 
Bir kunlik shuhrat, obro‘ kimga kerak? Biz sendan xafa bo‘layotganimiz yo‘q. Ha, ko‘ngling to‘q 
bo‘lsin... 
— Biz deganing kimlar? — deb so‘radim undan bamaylixotir bo‘lishga intilib. Ammo birdan bosib 
kelgan g‘azabdan yuragim siqilib ketdi: — Mashinani shatakka olib ketayotganimda nega nafasingni 
chiqarmay o‘tib ketganingni endi angladim! Olisni ko‘zlabsan-u, ammo tumshug‘ing ostidan narini 
ko‘rolmabsan, seningcha, boshqalar hech narsani tushunmaydi. O‘zingcha meni ahmoq deb 
o‘ylayapsan shekilli! Biz deganing senmi? — deb so‘radim yana. 
— Faqat mengina emas, — dedi Jontoy ko‘zlarini pirpiratib. 
— Yolgon, mag‘zay, bit! Seni deb qasddan pritsep bilan yurganim bo‘lsin! Tanimda jonim bor 
ekan, aytganimni qilaman. Sen bilan ana o‘shanda gaplashaman. Qani, tuyog‘ingni shiqillatib qol-chi! 
— Hay-hay, haddingdan oshma! — deb o‘dag‘ayladi Jontoy. — Sening ham qanaqaligingni yaxshi 
bilamiz... Biroq o‘ylab ko‘r... Anoviga kelsak, davring kelganda yurib qol... 
— He seni!.. — deb jahl ustida qichqirib yubordim-da, joni qahrim bilan.jag‘iga tushirdim. 
U xandaq chekkasiga qanday o‘tirgan bo‘lsa, shundayicha orqasiga ag‘anab tushdi. Tumog‘i ham 
uchib ketdi. Men xandakdan mushukdek sakrab chiqdim-u unga tashlandim. Ammo Jontoy o‘rnidan 
turib olgandi, u o‘zini chekkaga olib qochib, butun hovlini boshiga ko‘tarib dodlay boshladi: 
— Bezori! Kazzob! Musht bilan qo‘rqita olmaysan meni! Sening ham adabingni berib qo‘yadigan 
kuch topilar! Haddingdan oshma, zararkunanda!.. 
Har tomondan odamlar yugurib kela boshladilar. Alibek ham chopib keldi. 
— Nima gap? Nega urding uni? 
— Haqiqat uchun! — deya battarroq baqira boshladi Jontoy. — Haq gapni yuziga aytganim uchun! 
Pritsepni o‘g‘irlagan ham o‘zi, dovonda ag‘darib tashlab ketib, ishni barbod qilgan ham o‘zi, yana 
boshqalar vijdonan uning xatosini tuzatmoqchi bo‘lishsa, u tumshuqqa soladi! Endi bu ishdan 
manfaatdor emas, chunki obro‘ va shon-shuhratni qo‘ldan boy berib qo‘ydi!.. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin