Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
35
ketgan bo‘lsa edi, hozir bu yerga jon deb kirgan bo‘lardim. Qani endi men ham kirib deraza 
tokchasigami, boshqa yergami chiqib olib, oyoqlarimni chalishtirgancha papi-rosimni chekib, huzur 
qilib o‘tirsam, yonimda o‘tirgan hamkasabalarim bilan u yoq-bu yokdan gaplashsam, ertalabki 
naryadni eshitsam, shofyorlarning ish sohasidagi biror arzimagan narsa yuzasidan beg‘araz 
so‘kishlarini va tortishuvlarini tinglab o‘tirsam... Shu paytgacha bular inson uchun shunchalik zarur, 
shunchalik aziz ekanini hech tasavvur etmagan ekanman. Garchi shunday bo‘lsa-da, shofyorlarning 
ko‘zlariga ko‘rinishga jur’at eta olmasdim. Ko‘rqqanligimdan emas, yo‘q, qo‘rqoqlik qilganim yo‘q. 
Meni ko‘proq o‘sha muvaffaqiyatsizliqdan g‘azablanish, umidsizlikka tushish va ular oldida 
behayolarcha ko‘rsatgan botirligim, ojiz qaysarligim tashvishlantirayotgan, yana bularning ustiga-
ustak, Xadicha bilan tasodifan tunab qolganim meni iztirobga solayotgan edi. Odamlar ham mening 
qilmishimni hali-beri unutmaydiganga o‘xshaydi. Ichkarida xuddi mening haqimda so‘z borardi. Avval 
ichkaridan eshitilib turgan gaplarga e’tibor bermadim. Ammo birdan kimningdir g‘azab bilan baqirib 
gapirayotgan tovushi eshitila boshladi: 
— Bu qanday bemazagarchilik! Uni sudga berish kerak, sizlar bo‘lsangiz uni xaspo‘shlab 
o‘tiribsizlar! Tag‘in ba’zilar uyalmay-netmay, to‘g‘ri o‘ylabdi, deb uni himoya qilishyapti! Axir 
pritsepni dovonga tashlab kelibdi-ku!.. 
Uni boshqa ovoz bo‘ldi: 
— To‘g‘ri! Bunaqalarning ko‘pini ko‘rganmiz. Aql o‘rgatishga juda usta. Shuhrat orttirmoqchi 
bo‘libdi, ko‘ngli mukofot istab qolibdi. Qarang, avtobazaga yaxshilik qilmoqchi emish! Biroq 
hammasi chappasidan ketdi! 
Odamlar tortisha boshladi. G‘ovur-g‘uvur zo‘rayib, hech narsani anglab bo‘lmay qoldi. Men nari 
ketdim, tirqishdan gap poylashni o‘zimga ep ko‘rmadim. Yo‘llanma olish uchun dispetcherxonaga 
qarab yo‘naldim. 
— Men qayoqqa boraman? — deb so‘radim o‘sha kuni navbatchilik qilayotgan qizdan. 
Hozircha meni avvalgi joyimda qoldirishibdi. Aftidan, hali mening masalam uzil-kesil hal 
etilmagan ko‘rinadi. 
Koridor bo‘ylab orqaga qaytdim. Shofyorlarning xonadan gur etib tashqariga chiqayotganlarini 
eshitib, qadamimni tezlatdim. Ular hamon vag‘ir-vug‘ur gaplashishardi. Alibek yo‘l-yo‘lakay kimgadir 
qizishib uqtirardi. 
Pritsepga tormozlarni o‘zimizda o‘rnatamiz. Kompressorda shlangni sug‘urib tashlab, o‘rniga 
kolodkani joylashtirish uncha qiyin ish emas-ku! Anovi Ilyosmi? Ilyos, to‘xta! — deb chaqirdi u meni. 
Men to‘xtamay, garajga qarab ketaverdim. Alibek menga yetib oldi-da, yelkamdan ushlab tortdi. 
— Uh, seni qara-ya! Tushunyapsanmi, axir ishontirdim-da! Tayyorgarlik qilaver, Ilyos! Sherik 
bo‘lib borasanmi? Sinab ko‘ramiz! Pritsep bilan! 
Mening dilim ranjidi: meni yomonotliqdan qutqarmoqchi bo‘libdi, omadsiz o‘rtog‘ini shatakka olar 
emish! Sherik emish! Men uning qo‘lini yelkamdan siltab tashladim: 
— Pritsepingdan o‘rgildim! 
— Namuncha zarda qilasan. O‘zingdan ko‘r! Men senga shunchaki gapirayotganim yo‘q — biz 
uncha-muncha narsalarni o‘ylab qo‘ydik, odamlar bilganlarini aytishdi, qolaversa, dovonda tashlab 
kelgan pritsepingni o‘zim tortib kelganman... Biron ish chiqib qolsa kerak... 
— Qilsang, o‘zing qilaver, meni o‘z holimga qo‘y, bor. 
— Qo‘ysang-chi, shuncha jinnilik qilganing yetar. Ishni yarim yo‘lda tashlab ketish yaxshi emas! 
Ha, rostdanam, unutayozibman. Volodka Shiryaev senga hech narsa demadimi? 
— Yo‘q, uni ko‘rganim yo‘q. Nima edi? 
— Iya, bu qanaqasi bo‘ldi! Qayoqlarda yuribsan o‘zing? Asal yo‘lga chiqib, kim ko‘ringandan seni 
so‘raydi, xavotir olib o‘tiribdi! Sen bo‘lsang!.. 
Turgan yerimda oyoqlarim chalishib ketdi, yurak urishim xuddi to‘xtab qolayozgandek o‘zimni shu 
qadar og‘ir sezdimki, hatto o‘limimga ham ming marta rozi bo‘ldim. Alibek bo‘lsa yengimdan tortib


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin