Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
Uning iliq tafti va go‘daklarga xos mayin hidini go‘yo butun umrga singdirib olgandayman. Qadrdon 
Tyan-Shan tog‘lari, mavjlanib yotgan moviy Issiqko‘l, ilk va so‘nggi muhabbatimni topgan tog‘ 
etaklaridagi jonajon dashtlar meni o‘ziga tortardi. .Xadicha bularning hammasini bilardi, biroq men uni 
hech narsada ayblamaganimdek, u ham meni biron narsada ayblamas edi. Nega ham ayblardik? Biz 
birga yashay olmasligimizni nihoyat tushungan edik. 
O‘sha yili Anorxoyga bahor erta keldi. Adirlarni qoplab yotgan qorlar tezda erib, kunlar isib, o‘t-
o‘lanlar ko‘kara boshladi. Dashtga jon kira bordi, u issiqlik va namlikni emib bug‘lanib yotardi. 
Tunlari havo shishadek musaffo bo‘lar, osmonda yulduzlar charaqlardi. 
Biz parmalash vishkasi yonidagi chodirda yotgan edik. Har vaqtdagidek uyqu kelmasdi. 
Kutilmaganda allaqayoqlardan parovozning qichqirgan ovozi zo‘r-bazo‘r eshitilib, cho‘l sukunatini 
buzdi. Uning bu tomonlarga qay tarzda yetib kelganini aytish qiyin. Qozoq temir yo‘li bizdan dasht 
bo‘ylab yarim kunlik yo‘l narida. Yoki menga bu tovush shunchaki eshitilgandek bo‘ldimi, 
bilolmayman. Biroq yuragim «jiz» etib ketdi. U meni yo‘lga chorlardi. Shunda men: 
— Bu yerdan ketaman, Xadicha, — dedim. 
— To‘g‘ri, Ilyos. Ajralishimiz kerak, — dedi u. Biz ajralishdik. Xadicha Shimoliy Qozog‘istonga, 
qo‘riq yerlarga jo‘nab ketdi. Eh, xudo, uning baxtiyor bo‘lishini chin yurakdan istardim. Men 
Xadichaning ko‘nglidagi odamini topishiga, balki o‘zi ham sezmay-bilmay turib uni izlab yurgan yigit 
bilan uchrashishiga ishongim kelardi. U birinchi eridan yolchimadi. Unga ko‘ngilsiz bo‘lib, ajralishib 
ketdi. Shuningdek, men bilan ham o‘z baxtini topolmadi. Agar men haqiqiy, chinakam sevgi nima 
ekanligini, sevish va sevilishning ma’nosini to‘la anglab yetmaganimda, ehtimol, u bilan turmush qurib 
ketgan bo‘lar edimmi?.. Darvoqe bu shunaqangi narsaki, uning nega bunday bo‘lishi keragu unga 
o‘zgacha bo‘lishi mumkin emasligini izohlashga ojizlik qilib qolasan kishi. 
Xadichani stantsiyagacha olib borib, poezdga o‘tqazib yubordim va to orqada qolib 
ketmagunimcha vagon bilan yonma-yon chopib boraverdim. «Safaring xayrli bo‘lsin. Xadicha, 
oramizda o‘tgan yaxshi-yomonni unut!» — deb shivirlab qoldim so‘nggi marta. 
Turnalar Anorxoy osmonidan janubga tomon uchib borardi, men esa shimolga, Tyan-Shan tomon 
borardim... 
 
* * * 
Manzilga yetib keldimu hech qaerda to‘xtamasdan, to‘ppa-to‘g‘ri ovulga jo‘nadim. Chamadonimni 
rayon mehmonxonasida qoldirdim. Yo‘lovchi mashina ham juda qulay kelib qoldi: u toqqa, geolog-
razvedkachilar huzuriga ketayotgan ekan. Men kuzovda borar ekanman, hech narsa haqida 
o‘ylamaslikka urindim, butun vujudimni bir vaqtda ham qo‘rqinch, ham quvonch chulg‘ab olgan edi. 
Biz tog‘ etagidagi dasht yo‘lidan, Asal bilan uchrashgan o‘sha qadrdon yo‘ldan ketayotgan edik. 
Ammo u endi ilgarigi torgina qishloq yo‘li emas, balki shag‘al yotqizilgan, beton ko‘priklari va yo‘l 
belgilariga ega bo‘lgan keng va tep-tekis ko‘cha bo‘lib ketibdi. Men hatto avvalgi oddiy yo‘ldan asar 
qolmaganiga bir oz achingandek bo‘ldim. Mashinam tiqilib qolgan ariqni, Asal o‘tirgan o‘sha xarsang 
toshni ham taniyolmay qoldim. 
Ovulga yetmasdanoq kabina tepasini qoqa boshladim. 
— Nima gap? — deb boshini chiqarib so‘radi shofyor. 
— To‘xtat, tushaman. 
— O‘rta yo‘lda-ya? Hozir yetamiz-ku. 
— Rahmat! Yaqin qoldi, — deb magpinadan yerga sakrab tushdim. — Buyog‘iga piyoda bora 
qolarman. — U mening qayoqqa va nega kelayotganimni qayoqdan bilsin. Pul uzatdim. 
— Qo‘y! — dedi u. — Shofyorlardan, hamkasabalardan olmaymiz. 
— Ushla buni, shofyorligim peshonamga yozib qo‘yilgani yo‘q-ku. 
— Yurish-turishingdan sezib turibman. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin