Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
uyog‘i nima bo‘lishini kim bilsin. 
Tyan-Shan traktidan mashinalar odatdagidek turnaqator tizilishib u yoqdan-bu yoqqa qatnab 
turardi, biroq men o‘zimizning avtobaza mashinalaridan birontasida ketishni ma’qul ko‘rdim. Mana, 
tanish mashinalardan biri yaqinlashib kelmoqda. Qo‘l ko‘tardim. 
Kabinada o‘tirgan shofyor hadeganda meni payqamay qoldi. Katta tezlik bilan kelayotgan mashina 
g‘izillab o‘tib ketdi-yu, biroq shu zahotiyoq taqqa to‘xtadi. Men chamadonimni qo‘lga oldim. Shofyor 
kabinadan chiqdi. Bunday qarasam, polkdoshim Ermak, u stajirovkani armiyada mening qo‘limda 
o‘tagan edi. Ermak o‘sha kezlarda hali yoshgina yigitcha edi. U menga qarab jimgina jilmayib turardi. 
— Tanimayapsanmi? 
— Serjant... Ilyos! Ilyos Aliboev! — Nihoyat esladi u. 
— Xuddi o‘zi! — deb iljaydimu, ammo o‘zimga juda alam qilib ketdi, odamlar zo‘r-bazo‘r 
tanigandan keyin, juda o‘zgarib ketibman-da. 
Biz yo‘lga tushdik. U yoqdan-bu yoqdan gaplashib bordik, armiyada xizmat qilgan yillarimizni 
esladik. Ishqilib, mening turmushim haqida gap ochib, surishtirib qolmasa bo‘lgani, deb cho‘chib 
turardim. Ammo Ermak, aftidan, hech narsadan xabarsizdek ko‘rinardi. Men biroz tinchlandim. 
— Uyga qachon qaytding? — deb so‘radim men. 
— Ishlayotganimga mana ikki yil bo‘ldi. 
— Alibek Jonturin qaerda? 
— Bilmadim. Men kelsam, u ketib qolgan ekan. Aytishlaricha, Pomirning allaqaeridagi avtobazada 
bosh mexanik bo‘lib ishlayotgan emish. 
«Qoyilman, Alibek! Qoyilman senga, do‘stim! Puxta yigitsan!» — deb undan behad xursand 
bo‘ldim. Demak, oxiri o‘z maqsadiga erishibdi-da, u armiyada xizmat qilib yurgan kezlaridayoq 
avtomobil va yo‘l texnikumida sirtdan o‘qib yurgan edi. U institutni ham sirtdan tugatishni orzu qilib 
yurardi. 
— Boshliqlaring Omonjo‘lovmi? 
— Yo‘q, yangi odam. Omonjo‘lov ministrlikka ko‘tarilib ketdi. 
— Seningcha, qalay, meni ishga olisharmikin? 
— Nega endi olishmasakan, olishadi, albatta. Birinchi klass shofyorsan, axir armiyada ham 
yaxshilar qatorida eding-ku. 
— Qachonlardir shunday edim, — deb to‘ng‘illadim men. — Jontoyni-chi, bilasanmi uni? 
— Bizda unaqa odam yo‘q. Hech qachon eshitmaganman ham. 
«Ha, avtobazada ozmuncha o‘zgarishlar bo‘lmapti...» — deb xayolimdan o‘tkazdim. Keyin 
so‘radim: 
— Pritseplar bilan ishlash qalay? Dovondan olib o‘tyapsizlarmi ? 
— Ha, bemalol o‘tib yuribmiz, — dedi u e’tiborsizgina. — Yukning qanaqaligiga bog‘liq. Zarur 
bo‘lsa tirkab olishadi-yu, ketishaveradi. Hozir mashinalar juda baquvvat emasmi... 
Bu pritseplar menga naqadar qimmatga tushganini u bilmasdi. Anorxoy dashtida ishlab yurgan 
kezlarimda ham bu hodisa haqida ko‘p bosh qotirardim. Bu ishda birgina men aybdormanmi yoki yana 
qandaydir bo‘lak sabablar ham bormikin? Agar bunday o‘ylab qaralsa, bu juda oddiy, uncha bosh 
qotirib o‘tiradigan ish emas edi. Qanchalik og‘ir va qanchalik qiyin bo‘lmasin, Do‘landan pritsep ulab 
o‘tish mumkin ekanligi oxiri isbotlandi-ku, endilikda, agar zaruriyat tug‘ilib qolsa, bemalol olib 
o‘tilyapti-ku. Ammo bari balo shundaki, biror yangilik o‘zining ishda qo‘llanilishini talab 
etayotgandek, eshigingni qoqib turgan taqdirda ham o‘z vaqtida sezib ololmaymiz. Nega odamlar 
mening taklifimga shunchalik ishonchsizlik bilan qarashdi? Bu taklifni tog‘ sharoitida amalga oshirish 
haqiqatan ham qiyinligidan tashqari, yana bizning trassada mashinalardan foydalanish va yuk tashish 
qonun-qoidalari instruktsiyasi ham bor edi, unda dovondan pritsep ulab o‘tish man etilgandi. Xudo 
biladi, bu instruktsiya qachon ishlab chiqilgan ekan. 
Ehtimol urushdan avval polutorkalarga moslab tuzilgandir. Bu bechora polutorka pritsep uyoqda 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin