Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
37
Alibek men tomon yurdi. Rangida qoni yo‘q, oppoq oqarib ketgan, g‘azabdan tutilib-tutilib 
gapirardi. 
— Ablah! — deb ko‘kragimdan itarib yubordi u. — Alam qilganidan dovon uchun qasd 
olyapsanmi? O‘ylama, sensiz, qahramonlarsiz ham ishlay olamiz!.. 
Men indamay turaverdim. Biron narsani tushuntirib beradigan holim yo‘q edi hozir. Jontoyning 
haddan tashqari surbetlarcha aytgan yolg‘on-yashiq so‘zlaridan shunchalik iztirobga tutpgan edimki, 
hatto biron og‘iz so‘z aytolmay qoldim. O‘rtoqlarim menga o‘qrayib turishardi. Jontoy bo‘lsa labidagi 
qonni tumog‘i bilan artib, hamon o‘kirardi. 
Men mashinaga sakrab chiqdim-da, avtobazadan tashqariga haydab ketdim. 
Yo‘lda ichib oldim. Ta’bim juda xira edi. O‘zimga nisbatan bo‘lgan qahr-u g‘azabni bartaraf eta 
olmas va so‘nggi kunlarda bo‘lib o‘tgan hamma qilmishlarimni unuta olmas edim. Asalni eslasam, 
vijdon azobida yana qiynalardim. 
Dastlabki yo‘l bo‘yidagi magazinchalardan biriga kirib chiqdim, foydasi bo‘lmadi, so‘ngra yo‘l-
yo‘lakay yana bir to‘xtab, to‘la stakanni paqqos urdim. Shundan keyingina sal yengillashdim. 
Ko‘priklar, yo‘l bo‘yidagi belgilar va qarshidan kelayotgan mashinalargina ko‘z o‘ngimdan lip-lip 
o‘tib borardi. Ko‘nglim ancha yorishgandek bo‘ldi. «Eh! — deya o‘ylardim o‘zimcha. — Bo‘lganicha 
bo‘lar. Senga nima yetishmaydi, mashinangni haydab yuribsan, bo‘ldi-da, Xadichaning bu ishlarga 
nima daxli bor, senga u nima yomonlik qildi, boshqalardan uning qaeri kam? Yoshgina, chiroyli, dilbar 
ayol
;
bo‘lsa. Seni jon-dilidan yaxshi ko‘radi. Sen uchun har narsaga tayyor, sen bo‘lsang, u haqida 
bo‘lmag‘ur turli xayollarga borib yuribsan. Axir u bilan o‘tkazgan tuning yomon bo‘ldimi. Yaxshilikni 
bilmagan ahmoq!» 
Kechqurun uyga qaytib keldim. Kalta po‘stinimni bir kiftimga kiyib olganimcha, eshik oldida 
gandiraklab turibman: men ba’zan rulni boshqarish oson bo‘lsin uchun o‘ng yengimni yechib olardim. 
Bu bolaligimdan odat bo‘lib qolgan, bolalar bilan tosh otib, kimo‘zar o‘ynaganimizda ham shunday 
qilardim... 
Asal ko‘zi tushishi bilan menga otildi. Ammo qay ahvoldaligimni ko‘rib qo‘rqib, hayron bo‘lib 
turib qoldi. 
— Sizga nima bo‘ldi, Ilyos? — So‘ngra gap nimada ekanligini angladi shekilli: — Voy, nega 
turibsiz? Charchadingizmi, sovqotdingizmi? Qani, yechining! — dedi. 
Asal yordamlashmoqchi bo‘lib qo‘lini cho‘zdi, biroq churq etmasdan uning qo‘lini o‘zimdan 
nariga surib qo‘ydim. Nomus qilayotganimni qo‘pollik bilan bekitishga to‘g‘ri keldi. Qoqinib-surilib 
borarkanman, nimanidir taraqlatib tepib yubordim-da, o‘zimni gurs etib stulga tashladim. 
— Biror narsa bo‘ldimi, Ilyos? — dedi Asal menga yaqinlashib kelarkan, mast-alast ko‘zlarimga 
tashvish bilan tikilib. 
— Nima, sen hali bilmaysami? — deb boshimni quyi soldim; yaxshisi, uning yuziga qaramayin. 
Men, Asal hozir o‘pkalab, takdirdan noliy boshlaydi, deb kutib turardim. O‘zimni oqlamay, har qancha 
koyisa ham tinglashga tayyor edim. Ammo u go‘yo uyda yo‘kdek churq etmasdi. Men sekingina ko‘z 
qirimni tashladim. Asal orqasini o‘girgancha deraza yonida turardi. Garchand uning yuzini 
ko‘rmayotgan bo‘lsam ham iztirob chekayotganini va ko‘zlarida yosh miltillab turganini sezdim. Unga 
juda rahmim kelib ketdi, yuragim ezila boshladi. 
— Bilasanmi, Asal, men senga bir narsani aytmoqchi edim, — deb gap boshladim jur’atsizlik 
bilan. — Shuni aytmoqchimanki! — nafasim bo‘g‘zimga tiqilib ortiq so‘zlay olmadim. Qilgan 
gunohimga iqror bo‘lishga yuragim dov bermadi. Yo‘q, u mendan buni hech qachon kutmagan, ayta 
olmayman. Unga rahmim kelgandi, ammo bekor qilgan ekanman. O‘sha daqiqada o‘zimni-o‘zim 
yenga olmadim. — Biz, ehtimol, bu yaqin-orada sizlarnikiga, ovulga bora olmasak kerak, — deb gapni 
boshqa yoqqa burdim. — Keyinchalik vaqt-soati bilan borarmiz... Hozir bundan ko‘ra zarurroq ishlar 
bor... 
— Xo‘p, mayli! Keyinroq borarmiz, shoshadigan joyi yo‘q! — dedi Asal va ko‘z yoshlarini artib, 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin