125
tura olish qobiliyatidir. Biz uchun kuchni rivojlantirishning
eng ma’qul usuli, bu trenajorlarda mashq qilishdir. Ular
yordamida oyoq, yelka mushaklari kuchini, sakrash kuchini,
qo‘l
pay mushaklari kuchini, ko‘krak qafasi mushaklari
kuchi va boshqa mushaklar kuchini rivojlantirish mumkin.
Trenajorlarda shug‘ullanganda o‘qituvchi yoki murabbiy
nazorati ostida shoshilmay, ehtiyot bo‘lib
mashq qilish
zarur. Shug‘ullanishni haftada uch marta, kunning ikkinchi
yarmida 30—60 daqiqadan o‘tkazgan ma’qul. Mashqlar
orasidagi tanaffuslarda „velosiðed“, oyoqlarni silkitish,
gavdani ko‘tarish, arg‘amchida sakrash, halqani aylantirish
(qiz bolalar) va h.k. mashqlarni bajarish lozim.
Agar maktabda yoki sport zalida shug‘ullanishning im-
kîni bo‘lmasa, unda uy sharoitida quyidagi mustaqil
mashqlarni bajarish mumkin.
Kuchni rivojlantirib, qo‘l va
yelka mushaklarini mustah-
kamlashda o‘g‘il bolalar gantel, espander, rezina lentadan
turnikda tortilish, polda qo‘lga tayanib yotib-turishdan
foydalanadilar. Qiz bolalar yotgan holda qo‘llarni bukib-
yozish, oyoqlarni ko‘tarib-tushirishdan,
past turnikda tor-
tilish va shu kabilardan foydalanadilar.
Bolalarsiz shug‘ullanish uchun shunday og‘irlikdagi
gantellarni tanlangki, toki u bilan mashqni 8—10 marta
takrorlash mumkin bo‘lsin. Ushbu og‘irlikdagi gantellar
bilan mashq qilishni 1,5—2 oy davom ettirib,
takrorlash
sonini sekin-asta 15—20 tagacha yetkazing. Shundan so‘ng
gantellarning og‘irligini 0,5 kg ga oshirish mumkin. Ilk
bosqichda ko‘pam og‘ir gantellardan foydalanmang, bu
sog‘liqqa zarar yetkazishi va organizmning o‘sishini sustlash-
tirishi mumkin. Bu qoidaga boshqa mashqlarni bajarishda
ham doimo amal qilgan ma’qul. Tik turganda qo‘llar bilan
devorga tayanib, qo‘llarni bukib-yozish, shuning o‘zini,
deraza tokchasi yoki stolga tayanib, tizzada o‘tirgan holda
qo‘llarni bukib-yozish. Skameyka yoki stulga tayanib yotgan
holatda oyoqlarni navbatma-navbat ko‘tarib-tushirish.
„Turnikda tortilish“ mashqlarini bajarishga tayyorgarlik
ko‘rishda quyidagi mashqlarning nafi katta:
126
a) qo‘lni orqaga va oldinga
qilgan holda skameykaga
tayanib, qo‘llarni bukib-yozish; oyoqlar poldan yuqoridagi
tayanchda, kaftga, mushtga, barmoqlarga tayanib, qo‘llarni
bukib-yozish (o‘g‘il bolalar);
b) doira bo‘ylab oyoqlarni qimirlatmay, qo‘llarni hara-
katlantirish;
d) sherigi yordamida tortilish;
e) langar cho‘pni ikki va bir qo‘lda ushlab arqonga
chiqish; qo‘llar bilan brus chetidan ushlab, uni bukib-
yozish (yordamchi bilan va mustaqil ravishda) — o‘g‘il
bolalar;
f) turli shakldagi yog‘och
oyoqlarda harakatlanish;
g) qo‘llarda og‘ir yuk bilan mashq bajarish.
Mashg‘ulot davomida gavdaga tushadigan yuklamani
bir tekis taqsimlang, mushaklarning zo‘riqishiga yo‘l qo‘y-
mang, mashqlar og‘irlik qilganda uni birmuncha yengillari
bilan almashtiring yoki faol hordiq chiqargandan so‘ng
bajaring. Masalan, kuch talab qiladigan mashqlarni bajar-
gach, bo‘shashtiruvchi yurish yoki nafas olishni bir maromga
soluvchi mashqlarni oralatib bajaring.
Dastlabki mashg‘ulotlardan keyin mushaklarda og‘riq
paydo bo‘lishi mumkin. Bu inson tanasida hali ko‘nikma
hosil bo‘lmaganligidan dalolatdir. O‘z-o‘zini massaj qilish,
qaynoq dush qabul qilish hamda parxonali hammomga
tushish yo‘li bilan og‘riqni tezda bartaraf etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: