119
Yengil atletikadan darslar o‘tilayotganda quyidagi
mashqlarni bajarishni uyga vazifa sifatida tavsiya etamiz:
1. Ertalabki badantarbiya — gimnastikaga oid 6—8
mashqdan iborat.
2. Sog‘lomlashtiruvchi asta yugurish 7—8 daqiqa.
3. Oyoqning tizza va son qismini yuqori ko‘tarib, bir
joyda yugurish (10
soniyadan, 2—3 marta).
4. Arg‘amchida bir daqiqa davomida sakrash.
5. Tepalikka tez chiqish va tushish. Bu mashq 20 m
masofa oralig‘ida 5—6 marta bajarilsa, to‘g‘ri bo‘ladi.
6. Tennis koptokchasini mo‘ljalga otib tekkizish (10—
13 marta).
7. Uzunlikka xuddi „baqalardek“ sakrash (10—12 marta).
8. Avval o‘ng, keyin chap oyog‘ingizda 20 martadan
sakrang (mashqni 2—3 marta takrorlang).
9. Sakragichdan har bir oyoqda 30 martadan sakrash.
10. Bir joyda turib, tizzalarni baland ko‘tarib yugurish,
10 soniyadan, 1—2 marta.
11. Bir joyda turib, tizzalarni ko‘krakka bukib sakrash —
o‘g‘il bolalar 5—10 marta, qiz bolalar 4—8 marta.
12. Yerga yotib, barmoqlarga tayanib, 45° gacha
burchak
hosil qilib, qo‘llarni bukish. O‘g‘il bolalar 8—10 marta,
qiz bolalar 5—8 marta.
13. To‘pni yerga sekin urib, bir joyda asta o‘tirib-turish,
har bir qo‘l bilan 6—10 martadan urish.
14. Himoyada turish holatidan navbatma-navbat chap
va o‘ng oyoqni oldinga va chapga-o‘ngga tashlash, yana hi-
moya holatiga qaytish, 8—10 marta.
15. Ertalabki badantarbiya kompleksidan xohishga qa-
rab, 6—8 mashq bajarish.
16. Bir joyda turib to‘pni
harakatda, bir joyda, qadam
tashlab uzatish va tutib olishni taqlid qilib mashq bajarish.
17. Devordan 1 metr narida turib to‘pni tepadan uzatish
va uni qabul qilib olish.
18. Devordan 14 metr narida o‘tirib, to‘pni tepadan
uzatish va uni qabul qilib olish.
19. To‘pni boshidan oshirib uzatish.
20. To‘pni pastdan qabul qilib olishni taqlid qilish.
120
21. To‘p yerga tushib sakragach,
uni pastdan qabul
qilib olish.
22. Arg‘amchidan bir daqiqa davomida sakrash.
23. Qo‘l barmoqlarini bukib-yozish, qiz bolalar 50
marta, o‘g‘il bolalar 60 marta.
24. Bir joydan turib uzoqqa „Qurbaqa“ usulida sakrash,
10—15 marta.
Dostları ilə paylaş: