116
1- mashqlar majmuyi
Sport anjomlarisiz, erkin bajariladigan mashqlar.
1.
Dastlabki holat
— qo‘llarni ko‘krak barobarida qo‘-
yib, avval yon tomonlarga, so‘ngra
yuqoriga kuch bilan
yoying.
2.
Dastlabki holat
— qo‘llar yonda (pastda). Avval qo‘l-
larni asta oldinga, yuqoriga, keyin pastga yo‘naltiring. Keyin
shu harakatni iloji boricha tezroq bajaring.
3.
Dastlabki holat
— oyoqlar yelka kengligida ochilgan.
O‘ng qo‘lni yuqoriga ko‘taring, keyin chap qo‘l bilan o‘ng
qo‘lni orqangizga olib o‘tib, barmoqlaringizni birlashtiring.
Dastlabki holatga qayting. Endi shu mashqni boshqa qo‘l
bilan bajaring.
4.
Dastlabki holat
— tizzalarda turib, qo‘llarni
ikki to-
monga yozing. Endi orqaga egilib, tovoningizga qo‘lingizni
yetkazishga harakat qiling.
5.
Dastlabki holat
— qo‘llar yonda. Avval o‘ng tomonga
egilib, o‘ng qo‘l bilan chap oyoqning tovonini, so‘ngra
chap
tomonga egilib, chap qo‘l bilan o‘ng oyoqning to-
vonini ushlang.
2- mashqlar majmuyi
Gimnastik devor yonidagi mashqlar.
1.
Dastlabki holat
— devor yonida unga orqa bilan tiralib
ensa, kuraklar, yelka, dumba,
tovonlarni tekkizib turish
va qad-qomatni to‘g‘ri saqlagan holda uch qadam oldinga
yurish, yana orqaga qaytish.
2.
Dastlabki holat
— xuddi shuning o‘zi, qo‘llar tepaga
ko‘tarilgan. Gavdani to‘g‘ri tutib, devorga tiralgan holda
qomatni to‘g‘ri tutib, o‘tirib-turish.
3.
Dastlabki holat
— xuddi shuning o‘zi, qo‘llar pastda.
Qo‘llarni harakatga keltirib yonlarga yozish, oldinga cho‘zish
va bellarga qo‘yish.
4.
Dastlabki holat
— xuddi shuning o‘zi, navbatma-
navbat o‘ng va
chap oyoqni tizzalardan bukish, ko‘tarib,
qo‘llar bilan uni ushlab o‘ziga tortish.
5.
Dastlabki holat
— xuddi shuning o‘zi, qo‘llar yuqorida.
117
Gavdani to‘g‘ri tutib, devorga tegib turgan holda chapga,
o‘ngga bukilish.
6.
Dastlabki holat
— xuddi shuning o‘zi, qo‘llar belda.
Oyoqlarni chap va o‘ng tomonlarga siltab ko‘tarish.
7.
Dastlabki holat
— xuddi shuning o‘zi, qo‘llar yonga
uzatilgan. Devorga tegib turgan holda o‘ng va chap tomon-
larga bukilish.
Dostları ilə paylaş: