5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

ERTALABKI BADANTARBIYA
Salomatlikni mustahkamlashdagi eng birinchi, muhim
qadam bu ertalabki badantarbiyadir. „Salomatlik — tuman
boylik, bu boylikni badantarbiya bilan mustahkamlaylik“,
degan so‘zlar bejiz aytilmagan. Bu mashg‘ulotlardan salo-
matligingiz uchun manfaat topmoq istasangiz, uning amalda
bajariladigan qonun-qoidalarini yaxshi bilib olish lozim.
Masalan, bunday tonggi badantarbiya 5 — 6- sinf o‘quvchi-
lari uchun 12—15 daqiqa davom etadi.
Ertalabki badantarbiyani ko‘chada yoki stadionda ham,
shamollatib turiladigan xonada ham o‘tkazsa bo‘ladi.
Mashg‘ulotga yengil kiyimda yoki sport kiyimida,
yalangoyoq yoki oddiy shiðpakda chiqish mumkin. Mashqlar
barcha mushaklarga teng ta’sir ko‘rsatadigan, turli hara-
katlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lmog‘i shart. Ba-
dantarbiyaning mohiyati — shug‘ullanuvchi tana a’zolarining
mukammal rivojlanishi uchun yordam berish. Shunday ekan,
uni buyumlardan foydalanib yoki buyumlarsiz to‘g‘ri tashkil
etish muhim ahamiyatga ega. Binobarin, bu mashg‘ulotni
gantel yordamida tashkil etish mumkin. Bunda o‘g‘il bola-
lar 1 kg li gantellardan, gimnastika tayoqchasidan, sakra-
gich arqoncha (skakalka)dan hamda rezinka lentalardan
foydalanishlari mumkin.
Tonggi mashqlar kompleksi 8—10 tadan oshirilmagani
ma’qul. Erta tongdan katta kuch-quvvat va zo‘riqishni talab
qiladigan mashqlarni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda har
bir mashqni 8—10 martadan bajarishga odatlaning. Mashq-
lar 10 martadan kam bajarilsa, samara bermasligi mumkin.
Mashqlar kompleksini bajarishda quyidagi ketma-ketlikka
rioya qilinishi zarur:
— qo‘lni yuqori ko‘tarib, ko‘krakni kerish, yelka orqaga
tortiladi;
— qo‘l va yelka mushaklari uchun mashqlar bajariladi;


110
— gavda qismiga tegishli harakatlar bajariladi;
— oyoq mushaklari uchun mashqlar bajariladi;
— yugurish yoki sakrash harakatlari bajariladi;
— nafas yo‘llari bilan bog‘liq mashqlar, osoyishta yurish
kabi harakatlar bajariladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, murakkab mashqlarni
bajarish vaqtida, albatta, nafas olish sur’atiga e’tibor berish
zarur. Aks holda nafas tiqilib, tezda toliqib qolish mumkin.
Bu ko‘ngilsiz holatdan xalos bo‘lish uchun mashq baja-
rishdan avval, dastlabki holatda nafas olib, mashqni baja-
rayotgan vaqtda nafas chiqariladi. Masalan, o‘tirganda nafas
chiqarilib, dastlabki holat — to‘g‘ri turganda nafas olinadi.
Eng muhimi, nafasni bir maromda olishga erishishdir.
Kuch va zo‘riqishni talab etadigan mashqlardan so‘ng, har
doim yengil mashqlar bajarilishi kerak.
Bu tartib va qoidalarga rioya qilsangiz, shubhasiz, mashq-
larni to‘g‘ri tanlab va oqilona bajarishga erishasiz. Bu mashq-
harakatlarni har oyda o‘zgartirib turishingiz mumkin.
Siz hamisha rioya qiladigan yana bir narsa, bu mashq-
lardan keyin o‘zingizni qanday his qilyapsiz, pulsingiz
qanday? Bularni muntazam kuzatib boring. Pulsingiz mash-
g‘ulotlardan 3—5 daqiqa o‘tgach, avvalgi holiga kelishi lozim.
Mabodo, toliqib qolgan bo‘lsangiz, mashqlardan murak-
kablarini vaqtincha chiqarib tashlab, ertalabki gimnastika
mashqlarinigina ado etishingiz mumkin. Ertalabki badan-
tarbiyani yaxshi kayfiyatda, yoqimli musiqa bilan baja-
rish ayni muddao bo‘ladi. Buning uchun o‘zingizdagi bor
musiqa ijrolaridan foydalanishingiz mumkin.
Ertalabki badantarbiyani dastlab buyumlarsiz, keyin-
chalik gimnastika tayoqchasi, arqoncha va boshqa buyumlar
bilan bajarishingiz mumkin.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin