100
Suzish mashqlari asab faoliyatini
rivojlantiribgina qol-
may, balki jismoniy sifatlarning o‘sishiga ham sezilarli
yordam beradi. Masalan, 11 dan 17 yoshgacha bo‘lgan
yosh suzuvchi sportchilar
bilan ikki yil davomida olib
borilgan tekshirishlardan so‘ng shu narsa ma’lum bo‘ldiki,
suzish bilan muntazam shug‘ullanganlarda kuch, tezlik,
chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari odatda-
gidan yaxshi rivojlanib borgan. Suzish turlari juda ko‘p. Ama-
liy,
sinxron suzish, suv ostida suzish, o‘yinli
suzish va
suvga sakrashdan iborat suzish turlari shular jumlasidandir.
Sport suzishi,
asosan, to‘rtta turdan: krol, brass, chal-
qanchasiga suzish, delfin suzishdan iborat. Suzishni bilish
ko‘pgina mutaxassislarga majburiy. Masalan,
dengizchilar,
baliqchilar, parus, baydarka sport turlari bilan shug‘ulla-
nadiganlar va harbiy dengiz xizmatidagilarga ham suzishni
bilish shart. Suzishni tajribali sport murabbiylari va suzishni
biladigan ota-onalardan o‘rganish kerak.
Suvda hamma vaqt o‘zini tuta bilish qoidalari va talab-
larini bilish diqqat markazida bo‘lmog‘i zarur.
Mashg‘ulot chog‘ida amal qilinadigan qoidalar.
— Suzishni yaxshi o‘rgangunga
qadar kattalar nazora-
tida bo‘lgan yaxshi. Suzishni toza, 20°
darajadagi suvda
o‘tkazgan ma’qul. Suzish mashqi havza bo‘lmaganda, oqar
suvning ifloslanmagan qismida o‘tkaziladi.
— Oftobda qizib turib, sport yoki harakatli o‘yinlardan
so‘ng terlab turganda suvga tushib bo‘lmaydi.
— Suzishga oid barcha mashqlar maxsus ajratilgan
joylarda bajariladi.
— Sovuq qotib, badanda titroq paydo bo‘lsa,
suvdan
tezda chiqish, sochiq bilan artinib, kiyinib olish zarur.
— Charchoq
belgilari sezilsa, suzish bilan shug‘ullan-
magan ma’qul.
— Suvga kalla tashlash, to‘siqlar ortiga suzib o‘tish
qat’iyan man qilinadi.
— Yolg‘ondan „Cho‘kyapman. Yordam bering“, deb
baqirish mutlaqo mumkin emas.
— Havzada o‘zini tutish qoidalarini bilish va unga qat’iy
amal
qilish zarur, ularni doimo yodda tuting.