5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


„Òop, lekin aytma“ o‘yini



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

„Òop, lekin aytma“ o‘yini.
Bu o‘yinda bolalarda sezgirlik
va topqirlik malakasi mustahkamlanadi. Bolalar maydon-


95
chaning bir tomonida yuzlarini tarbiyachi tomonga qaratib
turadilar. Òarbiyachining ishorasidan keyin ular o‘girilib,
devorga qarab turadilar. Shu payt tarbiyachi ro‘molchani
yashirib qo‘yadi. Keyin bolalar o‘girilib, ko‘zlarini ochi-
shadi-da, tarbiyachi tomon burilishadi va ro‘molchani qi-
dira boshlashadi. Ro‘molchani topgan bola uni topganligini
bildirmasdan sekin tarbiyachining yoniga keladi va uning
qulog‘iga ro‘molchaning qayerdaligini aytadi-da, qatordagi
o‘z joyiga kelib turadi (yoki o‘rindiqqa (skameykaga) kelib
o‘tiradi). Bolalarning ko‘pchiligi ro‘molchani topmagunla-
richa o‘yin davom etaveradi. O‘yin 3—4 marta takrorlanadi
va ro‘molchani kim ko‘p marta topganligi aytilib, rag‘bat-
lantiriladi.
„Kim yo‘q?“ o‘yini.
Bu o‘yinda bolalarning ziyraklik
fazilati rivojlantiriladi. Bolalar davra qurib yoki yarim doira
shaklida turadilar. O‘qituvchi o‘yinda qatnashayotgan bola-
lardan biriga o‘z yonida turgan o‘rtoqlaridan 5—6 ta bolani
eslab qolishni, keyin xonadan chiqib turishni yoki burilib,
ko‘zini yumib turishni taklif qiladi. Bolalardan biri yashirinib
oladi. Keyin o‘qituvchi: „Qani, top-chi, kim yo‘q?“ deydi.
Agar bola topsa, uning o‘rniga boshqa bola topuvchi qilib
tayinlanadi. Agar topa olmasa, o‘zi yana o‘girilib, topuvchi
bo‘lib qoladi. Yashiringan bola esa joyiga qaytib kelib turadi.
O‘yin 4—5 marta takrorlanadi. O‘yinda kim ko‘proq to‘g‘ri
topsa, shu o‘yinchi g‘olib sanaladi.
„Futbolga oid quvlashmachoq“ o‘yini.
 
Bu o‘yinda bolalarda
futbol to‘pini olib yurish malakasi orttiriladi. 20½30 m li
maydonchada 10—12 ta o‘yinchi joylashadi. Ulardan 2—3
tasi o‘yinboshi bo‘ladi va ularda bittadan futbol to‘pi bo‘la-
di. Ishora qilinishi bilan o‘yinchilar o‘z to‘plarini surib yura
boshlaydilar va o‘yinboshi bilan uchrashmaslikka harakat
qiladilar. O‘yinboshining vazifasi o‘zining to‘pini tepib birorta
o‘yinchining to‘piga tekkizishdir. Agar buning uddasidan
chiqa olsa, o‘yinchilar joylarini almashadilar. O‘yin 8—10
daqiqa davom etadi, faol o‘yinchilar alohida aytilgach,
tanaffusdan so‘ng o‘yin yana davom ettiriladi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin