97
gan o‘yinchilar bittadan basketbol to‘pini oladilar. Rah-
barning ishorasidan keyin ular to‘pni
savatga tashlaydilar
va shit tomon yugurib borib, to‘pni
ushlab oladilar, u
savatga tushadimi yoki yo‘qmi, bundan qat’i nazar, uni
o‘z guruhidagi ikkinchi o‘yinchiga uzatadilar. O‘zlari esa
qator oxiriga borib turadilar. O‘yinni navbatdagi o‘yinchilar
davom ettiradilar.
Har bir guruh o‘yinchilari savatga tushgan to‘pni baland
ovoz bilan sanaydilar. Òo‘pni kim tez — 10—12 marta
savatga tushirsa, shu guruh o‘yinchilari yutgan hisoblana-
dilar. So‘ngra guruhlar to‘pni oldingi joyiga qo‘ygan holda
joylarini almashadilar. O‘yin yangidan boshlanadi.
„Futbol estafetasi“ o‘yini.
Bolalar bu o‘yinda oyoq bilan
to‘p olib yurish malakasini o‘zlashtiradilar. O‘yinchilar
2—4 guruhga bo‘linib, har bir
guruh bir qatorga zal yoki
maydonchaning bir tomonida, start chizig‘i
orqasida saf-
lanadilar. Maydoncha yoki zalning qarama-qarshi tomonida
har bir guruh qarshisida ustunchalar yoki to‘ldirma to‘p
qo‘yilgan bo‘ladi.
Qatordagi birinchi turgan o‘yinchilar to‘pni olib, chiziq
ustiga qo‘yib, o‘yinga shay bo‘lib turadilar.
Rahbar
ishora qilgach, ular oyoqlari bilan to‘pni surib
borib, qo‘yilgan ustuncha yoki to‘ldirma to‘pning o‘ng
tomonidan aylanib o‘tib, orqaga qaytib kelib, to‘pni keyingi
o‘yinchiga uzatadilar va o‘zlari qator oxiriga borib turadilar.
Ikkinchi o‘yinchilar ham o‘yinni shu tarzda davom ettira-
dilar va ular ham vazifani bajarib, to‘pni uchinchi o‘yinchiga
uzatadilar va hokazo.
O‘yinni birinchi bo‘lib tugallagan
guruh yutgan hisob-
lanadi.
Dostları ilə paylaş: