98
SUZISH
Xalq
orasida jasur, dovyurak va mard insonlar haqida
„U suvda ham cho‘kmaydi, o‘tda ham yonmaydi“, degan
ibora yuradi. Darhaqiqat, inson suvda o‘zini tutishni hamda
suzishni yaxshi bilishi zarur. Xususan, „Qobusnoma“
asarining XXVII bobida shunday so‘zlar yozilgan: „Ey
farzand, agar farzanding bo‘lsa, anga yaxshi ot qo‘yg‘il,
nedinkim, otadin farzand haqlaridin biri, unga yaxshi ot
qo‘ymoqdir. Yana biri uldurkim, farzandni oqil va mehri-
bon doyalarga (murabbiyga) topshurg‘aysan¾ Ulug‘roq
bo‘lg‘ondan so‘ng, agar raiyat bo‘lsang,
unga hunar va
kasb o‘rgatg‘aysan, agar siðoh ahlidin bo‘lsang, siðoh
ilmini o‘rgatg‘aysan. Bularni bilg‘ondan so‘ng shinovarlik,
ya’ni suvda yuzmakni o‘rgatg‘il. Andoqkim, men o‘n
yoshimda¾ bir hojibim bor edi, uni Manzar sohib der
erdilar. Ul ot minmak ilmin
yaxshi bilur erdi va Rayhon
otliq bir xodimim bor edi. Otam meni ul ikkoviga topshirdi,
toki ular menga otda yurmoq, nayza urmoq¾ ilmin
o‘rgatg‘aylar. Undan so‘ng Manzar sohib va Rayhon xodim
meni otamning oldiga olib borib dedilar: „Ey amir, agar
ruxsat bersangiz erta tongda sahroda farzandingiz amirzoda
o‘ynasa, siz uning barcha o‘rgang‘on ishlarini ko‘rsangiz“.
Amir: „Ko‘p yaxshi bo‘lur!“ dedi.
Men ikkinchi kun har
na bilg‘on ilmim va hunarimni otamga namoyish qildim,
otam hojib va xodimga yaxshi xil’atlar in’om etdi. Undan
so‘ng ularga dedi: „Farzandimga o‘rgatg‘on ishlaringizni
barchasin yaxshi bilibdur, hunarlarning yaxshisin o‘rgat-
mishsizlar, lekin yana bir zarur hunar qolibdur“. Ular
dedilar: „Ul na hunardur?“ Otam dedi: „Bu o‘rgatg‘on
hunarlaringizni zarur vaqtda
farzandim uchun boshqalar
ham qila olur, lekin uning o‘zi qiladurg‘on, uning uchun
boshqalar qila olmayturg‘on hunar qolibdur“. Ular: „Ul
qaysi hunar?“ dedilar. Amir: „Suvda yuzmakdurkim, bunday
ishni farzandim uchun hamma odamlar qila olmas“, dedi.
Shundan keyin ¾ ikki kemachini keltirib,
meni ularga
99
topshirdi. Ular menga yuzmak hunarini o‘rgatdilar. Men ¾
ul ishga mashg‘ul bo‘ldim va yaxshi o‘rgandim. Bir vaqt bir
necha kishi bilan kemaga kirib Dajla daryosidan o‘tar bo‘l-
dik. Tog‘gira otlig‘ joyda girdob bor edi va xavflig‘ joy erdi.
Ustod kemachilar undan ko‘p mashaqqatlar bilan o‘tar
edilar. Biz kema bilan o‘sha joyga yetushdik. Ammo kemachi
usta ermas va kemani nechuk surarni bilmadi. Alqissa, yigir-
ma yetti chog‘lik kishi birdan g‘arq bo‘ldik. Ammo men va
bir kishi, ya’ni mening g‘ulomim, uni ziyrak Kaykovus
der erdilar, suzib chiqdik. Bu voqeadan so‘ng
otamning
mehri ko‘nglimda behad ziyoda bo‘ldi¾ ko‘p duolar qildim.
Men otamning boshiga ham shunday ish tushg‘onin bilmas
erdim. Shuning uchun menga yuzmak hunarini o‘rgatg‘on
ekan“.
1
Shunday qilib, suzishni bilish inson hayotida nechog‘-
liq zarur ekanligini bilib oldik. Suzish bo‘yicha sport muso-
baqalari 1- Olimpiya o‘yinlarida (1896- yilda) Afinada o‘t-
kazilgan. Shu paytdan boshlab suzish bo‘yicha barcha olim-
piada o‘yinlarining dasturidan munosib joy olib kelmoqda.
Haqiqatan ham ilgari suzish bo‘yicha musobaqalar ho-
zirgidek o‘tkazilmas edi.
Musobaqalar ochiq havzalarda,
anhorga o‘xshash joylarda o‘tkazilar, oldin suzish yo‘lak-
chalari, start tumbochkalari bo‘lmas edi.
Suzishni biladigan kishi chuqurlikdan qo‘rqmaydi, xavf-
siramay, bilmagan joydagi suvga ham tushib ketaveradi.
Suv havzasimi, ko‘lmi, daryomi unga baribir, qo‘rqib
o‘tirmaydi. Daryo, ko‘llarning bir qirg‘og‘idan ikkinchi
qirg‘og‘iga qanday o‘taman, deb o‘ylab o‘tirmaydi. Mohir
suzuvchi cho‘kib ketayotgan kishiga vaqtni o‘tkazmay, o‘zi
yordam bera oladi, hayotini saqlab qolishga tayyor turadi.
Suzish bilan shug‘ullangan kishida
yurak-qon aylanish tizimi
yaxshi faoliyat ko‘rsatadi, tana a’zolari mushaklari bir tekis
rivojlanadi va organizmi uncha-muncha shamollashlarga
qarshi tura oladi. Bulardan tashqari, kishilarning dam oli-
shi, hordiq chiqarishida unga teng keladigani kam.
1
Dostları ilə paylaş: