5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

80-rasm.
82-rasm.
81-rasm.


103
chiqarmay shu holatda suv tagida 10—15 soniya o‘tiriladi.
Suvning yuzasiga chiqqach, suv ustida yotgan holatda oyoq
va qo‘llar uzatiladi, suvga nafas chiqarib turiladi. Shundan
so‘ng orqaga aylanib, suvga chalqancha yotiladi, oyoqlar
harakatlantiriladi (83- rasm). Suzishni bilmaydiganlar shu
mashqlarni bajarib bo‘lganlaridan keyin, ularga yordam
tariqasida tayyorlab qo‘yilgan havo to‘ldirilgan suzish vosi-
tasi beriladi.
Ko‘krakda
suzish.
Suvga tushib qirg‘oqqa qarab turiladi,
chuqur nafas olinadi va suv tubidan oyoq bilan harakat-
lanib, kaftlarni pastga qaratib qo‘llar cho‘ziladi. Oyoqlar
qo‘llar bilan uyg‘un holda harakatlanadi. Gavda gorizontal
holatda bo‘ladi. So‘ngra bir qo‘l oldinga cho‘ziladi, bosh-
qasi orqaga—songa tushiriladi. Shu tarzda qo‘llar holati
almashinib turiladi (84- rasm).
Chalqancha
suzish.
Bunday usulda suzganda bosh orqasi
suvda, gavda gorizontal holatda bo‘ladi. Qo‘llar kafti va
oyoqlar bilan yuqoriga va pastga yengil harakatlar bajariladi
(85- rasm).
83-rasm.
84-rasm.
85-rasm.


104
SUZISHNING ASOSIY USULLARI
Qulochkashlab suzish (krol)—bu eng tez va keng tar-
qalgan sportcha suzish usulidir. Uning keng tarqalganligining
boisi, undan suv polosi, sinxron suzish, ochiq havzalarda
suzishda foydalaniladi. Qulochkashlab ko‘krakda suzganda
gavda gorizontal holatda, yuz suvda, gavda bo‘sh qo‘yilgan,
erkin holatda bo‘ladi. Oyoqlarni erkin uzatib, bir tekis
harakatlantiriladi. Oyoqning tinimsiz, bir tekis harakati
suzish texnikasini yaxshi o‘rganganlik belgisidir. Shuning
uchun taxta ustida yotib, oyoq-qo‘llarni mashq qilib turishni
tavsiya etamiz. Suvda suzganda qo‘llar suv ustidan oldinga
cho‘ziladi va navbatma-navbat harakatlanadi. Qo‘l yuqoriga
chiqib tirsakdan biroz bukiladi va tirsak kiftdan balandroq
holatda harakatlanadi. So‘ngra u asta yana suvga tushadi. Qo‘l
suvga to‘la kirganidan keyin uning harakati tezlashadi va
suzish jarayoni eng yuqori nuqtasiga yetadi. Kaftlar suvni
yaxshiroq ilib olish uchun panjalar biroz bukilgan bo‘ladi.
Agar qo‘llarning ikkita to‘la harakatiga oyoqlarning olti
marta zarbasi to‘g‘ri kelsa, demak, qo‘l va oyoqlarning
harakati muvofiqlashgan hisoblanadi. Nafas olish uchun
bosh buriladi, shunda og‘iz suv ustiga chiqadi. 
Boshni chapga
burib, nafas olish quyidagicha bajariladi:
suzish chog‘ida
chap qo‘l ortda, o‘ng qo‘l esa oldinga cho‘zilgan bo‘ladi
va og‘iz suvning ustiga chiqquniga qadar bosh buriladi va
shunda nafas olinadi. Bosh pastga qaraganda nafas suvga
to‘la chiqariladi. Bu holat boshni o‘ng tomonga burgunga
qadar tugatiladi, nafas og‘iz hamda burun orqali olinadi
(84-rasmga qarang).
Chalqancha qulochkashlab suzish.
Bu usulning o‘ziga
xos tomoni shundaki, bu holatda nafas to‘liq olinaveradi
hamda nafas chiqarilaveradi (85- rasmga qarang).
Chalqancha qulochkashlab suzishda gavda gorizontal
holatda bo‘ladi, oyoqlar esa ko‘krakda, qulochkashlab
suzgan holatdagidek harakatda bo‘ladi, ular erkin holatda
suvga tezlik bilan, asosan, balanddan pastga bosim berib
harakatlanadi. Qo‘llar havoda erkin harakat qilib, yuqoriga


105
va yonga cho‘ziladi, suvga yengil tushiriladi. Qo‘llar bilan
tez harakat qilinadi, ammo suzishning o‘rtasiga kelib, qo‘l
biroz bukiladi. Chalqancha qulochkashlab suzganda bir qo‘l
uzatilganda og‘iz-burun bilan nafas olinadi, ikkinchi qo‘l
cho‘zilganda burun bilan nafas chiqariladi.
Brass usulida suzish.
Bu suzish usuli suzishning boshqa
usullaridan harakatlarning vazminligi bilan ajralib turadi.
Ammo uning amaliy suzishda ahamiyati kattadir. Brass usuli
shovqinsiz suzishga, katta masofalarni bosib o‘tishga, jarohat
olganlarni yoki turli ashyolarni qutqarishga imkon yaratadi.
Brassdan, shuningdek, suv ostida suzib yurishda ham foy-
dalaniladi. Brass usulida suzganda suzuvchining gavdasi
ko‘krak bilan suv ustida gorizontal holatda oldinga cho‘zil-
gan, qo‘l kaftlari birlashtirilib pastga qaratilgan, oyoqlar
cho‘zilgan va birlashtirilgan bo‘ladi. Shu holatda qo‘llar
kafti tashqariga buriladi, so‘ngra har ikkala qo‘l ikki tomonga
harakatlanadi va biroz pastda suzadi. Suzishning oxiriga ke-
lib qo‘llar tirsakdan bukiladi, tirsaklar pastga tushirilib,
kaftlar yaqinlashadi va qo‘llar dastlabki holatga qaytadi. Bu
paytda oyoqlar suzish harakatiga tayyorlanadi, tizza va son-
dan bukiladi, so‘ng oyoqning tizza va boldir qismi yonga
yoyiladi, qo‘lni to‘g‘rilash chog‘ida oyoqlar tez harakatla-
nadi. Qo‘l cho‘zilganda nafas olinadi, boshqa harakat pay-
tida nafas chiqariladi (86- rasm).
Start va burilishlar. 
Chalqancha suzishdan boshqa bar-
cha startlar tumbochkadan bajariladi. Start beruvchi birin-
chi hushtak chalganida suzuvchi tumbochkaning orqaroq
qismiga chiqib turadi, ikkinchi hushtak chalganida tum-
bochkaning old qismiga keladi va dastlabki holatni egal-
laydi. Bunda tizzalar teng qo‘yilib, ular orasidagi masofa
10—15 sm ga teng bo‘ladi. Oyoq panjalari tumbochka cheti-
ga, gavda barobar turadi, oldinga egilgan, oyoqlar esa
tizzadan taxminan 150° bukilgan, qo‘llar orqada, bosh
biroz yuqori ko‘tarilgan. Start berilgach, suzuvchi tumboch-
kadan oldinga siltanib sakraydi, qo‘llar ham oldinga, yuqoriga
kuchli siltanadi va suvga kelib tushadi. Uchayotganda tana
to‘g‘rilanadi, bosh qo‘llar orasiga o‘tadi, oyoqlar birlashadi,
oyoq kaftlari cho‘ziladi.


106
Burilishlarni bajarish
uzunligi 25—50 metrli havza-
larda musobaqa paytlari yoki suzishga o‘rgatish chog‘ida
to‘g‘ri burilish yasashga alohida e’tibor beriladi. Quloch-
kashlab suzish usulida suzayotgan suzuvchi devorga yaqin
keladi, chuqur nafas oladi, devorga o‘ng qo‘lini tekkizadi
va boshi bilan suvga kiradi, tezda oyoqlarini bukib, qo‘li
bilan devorga tayanib buriladi. Burilgandan keyin u oyoq-
larini devorga tiraydi, boshini ko‘tarmay, qo‘llarini oldinga
cho‘zadi va kuch bilan devordan itariladi. Itarilgandan
keyin suv ostida harakat biroz sekinlashgach, suzuvchi
yana suzishni boshlaydi (87- rasm).
Brass usulida suzganda burilish texnikasi boshqacha.
Bunda suzuvchi devorga har ikkala qo‘li bilan tegishi, tizza-
larini ko‘kragiga tekkizishi (shu payt nafas olish uchun
boshini ko‘taradi) va burilishi hamda har ikkala oyog‘i
bilan devordan itarilishi kerak.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin