Suzishni bilmaganda o‘zini tutish qoidalari. Birinchidan, kishi o‘zini qo‘lga olishi, o‘zini osoyishta
tutishi, og‘ziga suv kirib ketishidan saqlanishi lozim.
Shunday qilgan odam cho‘kmaydi.
Ikkinchidan, qanday bo‘lmasin, darhol qirg‘oqqa qarab
intilish to‘g‘ri emas. Gavdani suv yuzasida saqlab turish
uchun uncha tez bo‘lmagan oyoq va qo‘l harakatlari yetar-
lidir. Suvdan chiqib, turolmagan kishi qo‘llarini suvdan
chiqarib silkitishi mumkin emas. Suvdan tayanch topgan-
dagina yordamga chaqirish mumkin. Suv ostiga tushib
ketmaslik uchun qo‘l harakatlarini to‘xtatmaslik kerak.
Suzish bilan shug‘ullanish uchun maxsus kiyimlar ki-
yiladi. Boshqalarning kiyimidan foydalanish mumkin emas,
chunki gigiyena qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Havza joylash-
gan binoda rezina poyabzallar: slansi, tapochka kiyib yuri-
ladi. Bu turli teri kasalliklari yuqishidan asraydi.
Suzishni bilmaydiganlar suvga ko‘nikish mashqlarini
mustaqil yoki sheriklari bilan bajarishlari mumkin. Dastlab
mashqlar beldan, so‘ngra ko‘krakdan keladigan suvda
bajariladi. Mashqlarni bajarish chog‘ida to‘g‘ri nafas olish
va nafas chiqarishga alohida e’tibor beriladi. Suv ostiga
kirganda, sho‘ng‘iganda, suv yuzasida suzish paytida nafas
olinadi va uni tutib turiladi. Suvga kirgach nafas chiqariladi.
Bu mashqni yaxshi o‘zlashtirib olish kerak (80- rasm).
Beldan suvda turib, qirg‘oq bo‘ylab qo‘l, oyoq, gavda
bilan turli harakatlar bajariladi: chapga, o‘ngga burilib
sakrash, suvda o‘tirib-turish va hokazo. Qo‘lni eshkak
eshgandek qilib yuriladi va yuguriladi (81- rasm).
Qirg‘oqqa qarab ko‘krakdan keladigan suvda oyoqlar
yelka kengligida kir chayish mashqi bajariladi. Nafas olishni
kuzatish, nafas olmay 10 gacha sanash, so‘ngra turib nafas
olishni 15—20 soniya to‘xtatish. Qo‘llar tizzada, nafas oli-
nadi, yuzni suvga botiriladi, suvga nafas chiqariladi, gavda
rostlanadi. Nafas olib suv ostiga o‘tiriladi va uzoq nafas
chiqariladi (82- rasm).
Endi quyidagi mashqlarni ham bajarib ko‘ring: suv
ostidan chiqib, yana chuqur nafas olinadi. Yana o‘tirgan
holda tizzalar quchoqlanib, unga jag‘ qo‘yiladi. Nafas