96
basketbol yoki voleybol to‘pidan foydalaniladi. O‘yinchilar
ikki guruhga bo‘linib, bir-birlaridan 3 metr oraliqda, yon-
ma-yon qatorlarga saflanadilar.
Qatorlar boshida turgan
o‘yinchilarning oyoqlari oldidan start chizig‘i o‘tkaziladi.
Qatorlar oldidan taxminan 18—20 metr nariga savat o‘rna-
tilgan basketbol taxtasi yoki biron narsaga biriktirilgan hal-
qa qo‘yiladi. Start chizig‘idan savatchagacha bo‘lgan maso-
faga (har bir qatorga) 2—3 ta g‘o‘lacha qo‘yiladi. Qatorlar
oldida turgan o‘yinchilarga bittadan to‘p beriladi.
O‘yinboshi „Òayyorlan!“, „Marsh!“ deb buyruq berishi
bilan qatorlar boshida turgan o‘yinchilar to‘pni bir qo‘llab
yerga urib-urib, oldinga yuguradilar. Ular o‘z g‘o‘lachalarini
aylanib o‘tib, savat yoki
halqaga yaqinlashib keladilar,
to‘pni savat yoki halqa ichiga tashlab yana ilib oladilar.
Keyin to‘pni yerga qattiq uradilar, bunda to‘p
yerdan sapchib
chiqib, o‘z guruhida navbat kutib turgan sherigiga yetib
borishi kerak. Navbatdagi o‘yinchi ham to‘pni
ilib olishi
bilanoq uni yerga urib-urib,
oldinga yugurib ketadi va
birinchi o‘yinchining harakatlarini takrorlaydi. Har bir
o‘yinchi vazifani bajarib bo‘lib, qator oxiriga borib turadi.
Òo‘p bilan yugurishni oldin tamomlagan guruh g‘olib
hisoblanadi.
Bu o‘yinda:
— to‘pni qo‘ldan chiqarib yuborgan o‘yinchi
uni olib
kelishi va shu joydan yugurishni davom ettirishi lozim;
— to‘pni olib ketayotgan o‘yinchi g‘o‘lachani
qulatib
yuborsa, uni joyiga turg‘azib qo‘yishi va shundan keyingina
harakatni
davom ettirishi kerak;
— navbat kutib turgan o‘yinchi to‘pni olayotganida start
chizig‘idan o‘tmasligi lozim;
— natijani hisoblashda to‘p savatga tushgan-tushmaganligi
hisobga olinadi. Òo‘pni yerga urib yurish malakasi mus-
tahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: