5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

„Charxpalak“ o‘yini.
Bu o‘yinda bolalar ishoraga muvofiq
harakat qilish malakasini hosil qiladilar. 8—10 m li
arqonning ikki uchini bir-biriga bog‘lab, yerga qo‘yib,
aylana hosil qilinadi. Rahbarning ishorasidan keyin o‘yin-
chilar yugurib kelib arqonni o‘ng yoki chap qo‘l bilan
ushlab, yerdan ko‘taradilar va aylana bo‘ylab yurib, quyidagi
so‘zlarni aytadilar: „Charxpalakni zo‘rg‘a aylantirdik“. Avva-
liga o‘yinchilar sekin harakat qiladilar. „Yuguring!“ buy-
rug‘idan keyin yugurishadi. „Buriling!“ buyrug‘idan keyin,
endi o‘yinchilar ikkinchi qo‘llari bilan arqondan ushlab,
qarama-qarshi tomonga yuguradilar. O‘yinboshi o‘yinchilarga
quyidagi so‘zlarni aytadi: „Sekin, sekin, shoshmasdan,
charxpalak, to‘xtang. Bir-ikki, bir-ikki“. Charxpalakning
harakati sekinlasha borib, to‘xtaydi. O‘yinchilar arqonni
yerga qo‘yib, maydon bo‘ylab tarqalib yuguradilar. Birinchi
ishora berilishi bilan ular yana charxpalakka qarab shoshi-
ladilar. O‘yin qaytadan boshlanadi. Charxpalakni eng oxiri
ushlagan o‘yinchi yutqazgan hisoblanadi.
„Otishma“ o‘yini.
Bu o‘yinda bolalardagi epchillik ma-
lakasi rivojlantiriladi. Kamida 10½20 m keladigan maydon
o‘rtasidan chiziq tortiladi, uning ikki tomonidagi chiziqdan
1,5—2 m beridan chiziqlar bilan yo‘lak hosil qilinadi (unda
asir tushganlar turadilar). O‘yinchilar teng ikki guruhga
bo‘linib, har biri o‘z tomonidagi maydonchaning xohlagan
joyida turadi. O‘yinboshi maydonchaning o‘rtasida turib,
rahbarning yuqoriga otgan to‘pini ilib olib, o‘z sheriklariga
uzatishga harakat qiladilar. Òo‘pni olgan guruh o‘yinchilari
o‘rta chiziqdan o‘tib ketmasdan, raqib guruhining o‘yin-
chilariga to‘pni tekkizishga harakat qiladilar. Òo‘p tekkan
o‘yinchilar raqib guruhining asirlariga mo‘ljallangan yo‘lakka
borib turadilar. O‘z guruhdoshlari uni qutqarishga harakat
qiladilar. Bunda to‘pni yuqoridan otib, sherigiga uzatish
mumkin. Asir o‘yinchi to‘pni ilib olsa, u qutqarilgan hi-
soblanib, hatto o‘sha to‘p bilan raqibini urishi ham mumkin.
O‘yin 10 daqiqa davom etadi. Belgilangan vaqtdan ilgari
o‘z raqiblarini „otib“ tugatgan guruh yutgan hisoblanadi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin