Z nishanova, G. Alimova


bolaning ko‘pgina harakatlari uning tafakkuriga emas, balki hissiyotiga



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/170
tarix09.07.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#136186
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170
@mustaqilishlar Bolalar psixologiyasi

bolaning ko‘pgina harakatlari uning tafakkuriga emas, balki hissiyotiga
tobe bo‘ladi. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalar hali biron bir
ishga o‘zlarini majbur etishning uddasidan chiqa olmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojlanishida
ular nutqining tobora o‘sib borishi juda katta ahamiyatga ega.
Tarbiyachilar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarga og‘zaki suratda
turli xil vazifalami topshiradilar. Bolalar ayni chog‘dagi o ‘yinlari
yoki boshqa qilayotgan ishlarini qo‘yib, kattalaming topshirgan
vazifalarini bajarishlari kerak. Ana shunday topshiriqlar berish orqali
bolalarda ixtiyoriy harakatlami o‘stirib borish mumkin. Lekin og‘zaki
topshiriqlarni bog‘cha yoshidagi hamma bolalar ham bir xilda
bajaravermaydilar. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari, ya’ni
uch yoshli bolalar og‘zaki berilgan topshiriqlami xotiralarida uzoq
vaqt saqlab turolmaydilar. Ular topshiriqni tezda unutib qo‘yib, uning
o‘miga o‘zlari xohlagan ish bilan shug‘ullanadilar. Bunday holat
ulami tashvishlantirmaydi. Nutq asosan o‘rta va katta guruh yoshidagi
bolalar irodasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu yoshda
bolalar topshiriqlarni ixtiyoriy ravishda bajarishda so‘z orqali
tushuntirib berilgan usullarga rioya qilishga intiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy harakatlar rivojlanishi bilan
birga irodaviy jarayonlar ham ko‘rina boshlaydi (maqsad qo‘yish,
yo‘l-yo‘riq hamda vositalami belgilash, qarorga kelish va qaromi ijro
etish). Lekin kichik yoshdagi bolalarda bunday irodaviy jarayonlar
hali aniq emas. 
0
‘tkazilgan tekshirishlaming ko‘rsatishicha, 3 yoshli
bolalarning harakatlari qo‘yilgan qat’iy bir maqsaddan kelib
chiqmaydi. Aksincha, biror maqsad harakat davomida belgilanadi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin