Omon nurmurodov



Yüklə 431,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.07.2023
ölçüsü431,47 Kb.
#136394
1   2   3   4   5
10-sinf ona tili ma\'lumotnoma

Vaqt 
so‘zi qolganlaridan keng tushunchaga ega. 
2) Payt, zamon, mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza 
so‘zlari
 
ma’lum 
chegaralangan vaqtni bildiradi. Shuning uchun bu so‘zlar ifodalanayotgan vaqt chegarasini
aniqlab ko‘rsatuvchi so‘zlar bilan birga qo‘llanadi: yoz payti, 
bir zamon, har mahal, shu
on, shu chog‘, o‘sha kezda, har lahza, kuz pallasi 
kabi. 
3) 
Muddat 
o‘lchangan,
 
belgilangan vaqtni bildiradi. 
4) 
Zamon
biror voqea-hodisa bilan xarakterli bo‘lgan vaqt oralig‘ini ham bildiradi. 
5) 
Lahza, on
vaqtning juda qisqa darajasini bildiradi va ko‘proq kitobiy uslubga xos 
6) Fursat ko‘pincha, ma’lum ish uchun lozim bo‘lgan, shu ishga belgilangan vaqt 
ma’nosini anglatadi. 
316. !!! Undalmalar gap bo‘laklari bilan aloqga kirishmaydi 
317. !!! Undalmalar gapning barcha o‘rnida qo‘llana oladi 


318. !!! Undalmalar gap o‘rtasi va oxirida kelsa emotsionallaik bo‘yog‘i, subyektiv 
munosabatni ifodalaydi 
319. !!! Undalmalar gap boshida kelsa tinglovchining diqqatini jalb qilish uchun 
qo‘llanadi 
320. GAPDAGI KIRISHLAR USLUBIYATI 
321. !!! Tilimizdagi kirishlar deb umumlashtiriladigan birliklar juda katta uslubiy
ekspressiv-emotsional imkoniyatlarga ega. Kirishlar so‘zlovchining bayon qilinayotgan 
fikrga bo‘lgan subyektiv bahosi, turli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi, ya’ni 
nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligi, ekspressivligini ta’minlaydi. Ular: 
1) ishonch 
(U, albatta,
keladi),
2) 
gumon-taxmin
 (U, ehtimol, keladi),
3) 
istak, mamnunlik
 (U, xayriyat, keldi),
4)
taajjub
 (Tavba, u kelmaydimi?!),
5) 
ta’kid
 (Axir, u keladi),
6) 
fikrning kimga tegishliligi
 (Menimcha, u keladi),
7) 
fikrni jamlash,
 
xulosalash (
Xullas, u keladi)
kabi bir qancha uslubiy ma’nolarni 
ifodalaydi. 
322. !!! Kirishlar mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga xoslangani uchun rasmiy 
uslubda deyarli qo‘llanmaydi. 
323. Kirishlar: 
1) alohida so‘z 
(afsuski, sizningcha, aytishlaricha
kabi) 
2) so‘z birikmasi 
(gapning ochig‘i, dangalini aytganda, so‘zning qisqasi kabi)
3) 
gaplar 
(Rostini aytsam, O‘ylab ko‘rsam, Buni qarang
kabi) yoki undan katta birliklar 
shaklida bo‘lishi mumkin. 
324. !!! Kirishlar asosiy gapdan verguldan tashqari, ayniqsa, gapga teng holatlarda 
qavslar, ba’zan tire bilan ajratilishi mumkin. 
325. Yodlang!!! BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, 
kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Ijrosini 
o‘rniga qo‘ymoq. 
1) 
Boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, 
do‘ndirmoq 
oddiy ish-harakatlarga nisbatan ham, shuningdek, bajarilishi
 
ustalik, mahorat 
talab etadigan harakatga nisbatan ham qo‘llana oladi. 
2) 
Qiymoq, eshmoq 
ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos, bular bajarilishi ustalik,
 
mahorat 
talab etadigan harakatalarga nisbatan qo‘llanadi va bu so‘zlarda belgi darajasi ancha yuqori 
bo‘ladi. 
3) 
Kelishtirmoq
nisbatan kam qo‘llanadi. 
4) 
Mondalamoq 
shevaga xos. 


326. KIRITMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI! 
327. Esda saqlang!!! Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar 
so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‘shimcha izohi, to‘ldiruvchi ma’lumotini 
ifodalaydi. Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini ta’minlaydigan muhim vositalar sifatida 
nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi. Ammo badiiy va publitsistik uslublarda 
qahramon xarakterini ochish, uning nutqini individuallashtirishdagi muayyan holatlarni 
izohlash, fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi. 
328. Diqqat!!! Kiritmalar ham so‘z, so‘z birikmasi va gap shakllarida bo‘lishi mumkin. 
Ko‘pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi: 
1) 

Yüklə 431,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin