347. Matn va Iqtibos mavzusi!!!
348. Yodlang!!! Gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma
shaklda yuzaga kelgan tarkibiy, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi bo‘lgan yirik birlik
matn deyiladi. Matn tilning eng yirik birligidir.
349. Esda saqlang!!! Har qanday matnda muayyan bir uslub voqelanadi. Shunga ko‘ra
so‘zlashuv matni, ilmiy matn, rasmiy matn, badiiy matn va publitsistik matn farqlanadi.
Odatda matndagi yaxlit mavzu-mazmun, asosiy g‘oya, mullaifning maqsadiga muvofiq
uning nomi—sarlavhasi bo‘ladi. Muayyan bir kishi muallif bo‘lgan matnda boshqa
matnlardan olingan katta-kichik parchalar bo‘lishi mumkin. Bunday parchalar ifodalanyotgan
fikrni dalillash, isbotlash, boshqa fikrni ma’qullash yoki rad qilish, tahlil va tanqid qilish,
unga munosabat bildirish kabi turli maqsadlar bilan matnga kiritiladi.
350. Diqqat!!! Bir matndan boshqasiga kiritilgan parcha iqtibos deb yuritiladi.
Iqtiboslar har qanday nutq uslublarida ham kuzatilsada, ayniqsa, ilmiy matnda alohida
o‘ringa ega. Ilmiy matndagi iqtiboslar ilmiy matnning o‘ziga xos belgilariga aylangan.
351. O‘rganib chiqing!!! Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha ataylab
yashiriladi yoki turli ishoralar bilan ifodalanadi, bunda o‘quvchining bilimlari, umumiy
badiiy-ma’rifiy tasavvurlari, badiiy-estetik idrokini harakatga keltirish nazarda tutiladi.
Badiiy matnga iqtiboslarning kiritilishi badiiy tasvir usulidir. Masalan, yozuvchi Murod
Muhammad Do‘stning «Lolazor» romanidan olingan quyidagi parchada asar bosh qahramoni
Yaxshiboyev nutqida Alisher Navoiyning mashhur «Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga
sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot» bayti keltirilgan va uning manbasi, kimga
tegishliligi aytilmagan, shu tariqa ijodkor maqsadiga – qahramon xarakterining bir qirrasini
ochib berishga batamom xizmat qiladigan poetik ifoda yuzaga kelgan:
Dostları ilə paylaş: