Omon nurmurodov



Yüklə 431,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix11.07.2023
ölçüsü431,47 Kb.
#136394
1   2   3   4   5
10-sinf ona tili ma\'lumotnoma

Xullas, xotin, bu 
gulshan ichra yo‘qdur
baqo guliga sabot, ajab saodat erur, qolsa yaxshilik bila ot. Lekin 
o‘shal otni qachon qoldiramiz, qoldirib ulguramizmi?
352. Esda saqlang!!! Ilmiy matnda esa iqtiboslarning qayerdan olinganligi, kimga 
tegishliligi, manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Aks holda, bu holat qonunan plagiat, ya’ni 
o‘g‘irlik hisoblanadi. Ayni paytda ilmiy odob qoidalariga ham mutlaqo ziddir. 
353. «Abdulla Qodiriy, – deydi u, – o‘ziga yaqin bo‘lgan qardosh xalqlar adabiyotlari
xususan, ozarbayjon, tatar, rus adabiyotlari tajribalaridan foydalanib, birinchi o‘zbek romani 
– yevropa adabiyoti mezonlari bilan o‘lchanadigan roman yaratdi” Fikr muallifi kim?
Maqsud Shayxzoda 
354. «Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari» monografiyasi muallifi kim?
E. Begmatov 
355. «Istiqlol qayg‘usi» nomli tadqiqot muallifi kim?
Umarali Normatov 


356. «Badiiy matn lingvopoetikasi» monografiyasi muallifi kim?
M. Yo‘ldoshev 
357. Sinonimlarni yodlang!!! VATAN, mamlakat, yurt, diyor, el, mulk. Kishi tug‘ilib 
o‘sgan, o‘zi uning fuqarosi bo‘lgan joy, territoriya. 
1) 
Vatan 
so‘zida fuqaro, xalq tushunchasi u mansub bo‘lgan joy tushunchasi
 
bilan 
birlashgan, shuningdek, unda joy (hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning «yashash joy»i 
bo‘yog‘i aks etib turadi. 
2) 
Mamlakat
ko‘proq adabiy nutqqa xos bo‘lib, unda «yashash joyi» bo‘yog‘i juda 
kuchsiz, hatto yo‘q darajada bo‘ladi. Bu so‘z, umuman, biror xalq yoki xalqlar uchun 
umumiy (birlashtiruvchi) hududni bildiradi. 
3) 
Yurt
ko‘proq oddiy nutqqa xos va u ma’lum joy (hudud) bilan shu joyga mansub 
xalqni ham qo‘shib ifodalay oladi. 
4) 
El
nisbatan eskirgan, hozir ko‘proq poetik asarlarda uchraydi. 
5) 
Diyor
poetik uslubga xos. Bu so‘z, umuman, ma’lum bir joy ma’nosida (ma’lum bir 
xalqqa mansublik tushunchasisiz) ham qo‘llanadi. 
358. Tilning eng yirik birligi nima?
Matn 
359. Qanday uslubda iqtibosning manbaasi ko‘rsatilmaydi?
Badiiy uslubda 
360. Qanday uslubda keltirilgan iqtibos(bayt, jumla, aforizm kabilar) manbasi 
ko‘rsatilishi shart?
Ilmiy uslubda 
361. «Davlat tili haqida»gi qonunimizning qaysi moddalarida ish yuritishning tilga 
aloqador jihatlari qoidalashtirilgan? 8-14-moddalarda 
362. Yodda saqlang!!! Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. 
Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat 
jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, 
hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu 
jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy 
qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy 
hujjatlar yuzaga kelgan. Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri 
xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vositalar 
sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z 
shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida 
kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana
dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, 
o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat 
qiluvchi usullar ishlatilmaydi... 


Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikma laridan ko‘proq 
foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari
iboralar, muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga 
qaraganda, 8–10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga, qoliplashgan so‘z birikmalari 
hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini 
beradi. Ma’lumki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga 
xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha 
qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin: 
...lavozimga tayinlansin; ...lavozimidan ozod 
qilinsin...
363. Esda Saqlang!!! Ish yuritish jarayonida eng ko‘p ishlatiladigan ariza, bayonnoma, 
dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi 
hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi ish qog‘ozlari ma’lumot-axborot hujjatlari sifatida 
umumlashtiriladi. 



Yüklə 431,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin