plazm otsit (plasmocytus) - immunoglobulin ishlab chiqaruvchi,
limfoid to‘qima xujayrasi. G ‘ildiraksimon shaklli yadro va keskin
bazofil vakuolizirlangan sitoplazmaga ega.
Sog‘lom odamda plazmotsitlar, suyak ko‘migi va limfatik
to‘qimalarda, kamroq - periferik qonda bo‘ladi.
Qonda turli infeksion va yallig‘lanish jarayonlarida, virusli
infeksiyalarda (qizamiq, skarlatina, qizilcha, qoqshol, virusli gepatit,
adenovirus infeksiya, infeksion mononukleoz), o ‘smalarda, zardob
kasalligi, kollagenozlarda,nurlanishdan keyin oz miqdorda
(0 ,5 - 3 %)
ortadi.
LE- xujayra fenomeni quyidagilardan iborat: gematoksilin
tanachalari, «rozetkalar» va LE- xujayralari. Yuqoridagilardan eng
ahamiyatga moyili LE- xujayralarini topilishi xisoblanadi.
LE - xujayra (qizil yugurik xujayralari, Xargreyvs xujayralari) -
yetilgan granulotsitlar bo‘lib, yadrosi boshqa xujayraning fagotsitlangan
yadroli moddasi bilan, periferiyaga siqilgan. Quyidagi xolatlarda
kuzatiladi:
• sistemali qizil yugurikda
(80 % kasallarda);
• revmatoid artritda;
• o ‘tkir gepatitda;
• sklerodermiya;
• dorivor moddalarga (talvasaga qarshi preparatlar, prokainamid,
metildopa qabul qilganda).
Bolalarda leykotsitar formulaning o ‘ziga xosligi Leykotsitlar soni emizikli bolalardau o ‘rtacha
11 x
109/1 dan
16 x
109/1 gacha tebranib turadi. Bu vaqtda leykotsitlar soni yuqoriroq.
32
1 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning leykotsitar formulas! % da (A.F. Tur bo‘yicha) yoshi neytrofillar eozinofillar monotsitlar limfotsitlar