• limfatik apparatni tizimli zararlanishlarida (limfogranulematoz,
limfosarkoma);
•
OITSda - spetsifik simptom;
• kortikosteroid terapiya ta'sirida, immunodepressantlar qabul
qilganda.
Monotsitlar (monocytus)
Norma: 3-11 % (0,090-0,600 x 109/1)
Monotsitlar
- noto‘g‘ri shakldagi yadroga ega, eng yirik xujayralar
(diametri 20 mkm ga yaqin). Boshqa leykotsitlar bilan taqqoslaganda
monotsitlar sitoplazmasi, kulrang-xavorang bo‘lib,
katta joyni egallaydi;
yadro atrofida dumaloq yorug‘lik yo‘q.
Qonda monotsitlar qisqa vaqt bo‘ladi, keyin to‘qimalarga o ‘tadi va
makrofaglarga transforatsiyalanadi, katta miqdordagi lizosomalar,
fagosoma, fagolizosomalari paydio bo‘ladi. Mononuklear fagotsitlarning
vazifasi -
organizmning turli ximoya
reaksiyalarida ishtirok etish,
(qisman gumoral va xujayra immunitetida xam) qon xosil bo‘lishiga
ta'sir etuvchi, turli omillar ishlab chiqarish. Tarkibida yuqori miqdorda
lipaza
saqlagani
uchun,
monotsit
makrofaglar
lipid
qobiqli
mikroorganizmlarga faol ta'sir qiladi.
Monotsitoz -
monotsitlar sonining ortishi - immun jarayonlar
rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi,
faqat absolyut monotsitozda
(neytropeniya xisobiga emas).
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
• qator infeksion kasalliklarda (sepsis, tuberkulez, malyariya,
sifilis, infeksion endokardit, sarkoidoz, nospetsifik yarali kolit);
• biriktiruvchi to ‘qimaning sistemali kasalliklarida (revmatizm,
SQV), 50 % xollarda -
sistemali vaskulitda;
• qon kasalliklarida (o‘tkir va surunkali monotsitar leykoz, ba'zan
- limfogranulematozda).
Monotsitlarning
absolyut
miqdori
ortishi
-
infeksion
mononukleozda kuzatiladi.
Monotsitopeniya
- monotsitlar sonining kamayishi -
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
• qorin tifining gipertoksik shaklida va boshqa infeksiyalarda;
31
• glyukokortikosteroidlar ta'siri natijasida yuzaga kelgan, aplastik
anemiyalar
• og‘irseptikxolatlar;
Leykotsitar formula xisoblanganda faqatgina
miqdoriy siljishiga
emas, shaklli elementlaming sifatiy o ‘zgarishlariga xam e'tibor berish
kerak.
Boshqa xujayra elementlaridan ahamiyatga ega:
Dostları ilə paylaş: