qarshiligi yuqori bo‘lgan xolatda, og‘ir infeksion jarayon kuzatilsa
(sepsis, peritonit, tuberkulez), xamda suyak ko‘migiga metastaz bergan
xavfli o‘smalarda aniqlanadi.
Leykogramma o‘ngga siljiganda 5-8 segmentli yetilgan shakllar
ustunlik qiladi. 20 % sog'lom odamlarda xam o'ngga siljish uchrab
turadi. Infeksion kasalliklarda o‘ngga siljish kasallikning yaxshi sifatli
kechayotganidan dalolat beradi. Gipersegmentatsiya va tayoqcha yadroli
neytrofillaming kamayishi pemitsioz anemiyada xam kuzatilishi
mumkin.
Emotsional zo'riqishlarda, ovqat iste'mol qilgandan so‘ng,
gormonlar
yuborilganda
(katexolaminov,
glyukokortikosteroidlar
va,boshqalar.) qayta taqsimlanish leykotsitozi kuzatiladi, chunki
neytrofillar devor oldi (marginal) pulpadan, markazga yo‘naladi.
Neytropeniya
- neytrofillar sonining 1,8 x 109/1 dan kamayishi.
Neytropeniyaning qay darajada namoyon bo'lishi irqqa bogiiq bo‘lishi
mumkin: oq tanlilarda neytrofillaming 1,8 x 109/1 dan kamayishi, qora
tanlilarda esa 1,4 x 109/1 dan kamayishi neytropeniya deyiladi.
Neytrofillar sonining kamayishi -
absolyut neytropeniya
—
kuzatiladi:
• suyak ko‘migi funksiyasini kamaytimvchi bir qator mikrob
(qorin tifi, malyariya, tuberkulez, brutsellez, salmonellez, leyshmanioz
qo‘zg‘atuvchisi va x.k.) va virus toksinlari (gepatit, qizamiq, gripp,
qizilcha, suvchechak, OIT) ta'sirida;
• suyak
ko‘migi
funksiyasini
kamaytimvchi
ionizirlovchi
radiatsiya ta'sirida;
• suyak ko‘migi funksiyasini kamaytimvchi qator dori vositalari
ta'sirida (sulfanilamidlar, analgetiklar, talvasaga qarshi, antitireoidlar,
sitostatiklar
• revmatoid artrit, sistemali qizil yugurikda;
• aplastik va V12-tanqislik anemiyalar, agranulotsitozda;
• gipersplenizmda;
• nasliy shakllarida (Kostman sindromi, siklik neytropeniya ).
Alkogolizm, diabet, og‘ir shok xolati ham neytropeniya
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: