33
olinganda edi, balki, hozirgi kunga kelib bu hudud o„z faoliyatini samarali olib
borayotgan bo„lar edi.
Hozirgi davrda EIHlarni tashkil qilish siyosatining iqtisodiy nuqtai nazardan
maqsadga
muvofiqligi, zaruriy malaka va jahon tajribasidan to„laroq foydalanishni
qayta ko„rib chiqish zarurligida ko„rinadi. Hududlarning oyoqqa turishi va
rivojlanishining asosiy talablaridan biri – bu EIHlar to„g„risidagi qonunning qabul
qilinishi bo„lib, u EIHlarning faoliyatining
asosiy shartlarini belgilashi, jumladan,
hududning tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi tartibi, hududlar turlari, infratuzilma
obyektlarini moliyalashtirish tartibi, xo„jalik faoliyati mexanizmi,
chet el
investorlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar, boshqaruv funksiyalari, hududlar
faoliyatini kordinatsiya qiluvchi idoraning tuzilishini qamrab oladi.
Ushbu qonun boshqa mamlakatlarning shunga o„xshash
qonunlariga nisbatan
raqobatbardosh bo„lishi lozim, chunki, so„nggi keyingi yillarda yaqin va uzoq
mamlakatlar o„z hududlarida EIHlarni tashkil etishga faol harakat qilayotganliklarini
inobatga olish lozim. Qolaversa, jahon iqtisodiyotida xalqaro kapital harakatida
pasayish tendensiyalari kechayotganligi xorijiy investitsiyalarni
jalb etishda EIHlar
jozibadorligini ta‟minlashda huquqiy asoslarning ham ahamiyatini yanada oshirish
talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: